79
7-MAVZU: Traktor va qishloq xo`jalik mashinalarining transmissiyalari.
Ilashish muftalari. Uzatmalar qutisi va tarqatish qutilari.
Reja:
1.Transmissiyaning vazifasi, xillari asosiy qismlari va ko`rsatkichlari
2.
Traktor va avtomobillarning ilashish muftasi va uzatmalar qutisi
3.Uzatmalar qutisi, taqsimlash qutisi vazifasi, qismlari, sxemasi.
7.1.Transmissiyaning vazifasi, xillari asosiy qismlari va ko`rsatkichlari
Transmissiya o`z navbatida bir necha yig`ma detallarni hamda uzatish
mexanizmlarini biriktirib ular yordamida dvigatel tirsakli valini aylanishlarini
yuritgichlarga (yetakchi g`ildirak yoki zanjirga), quvvat olish vallariga va qishloq
xo`jalik mashinalarini gidravlik yuritmalariga o`zgartirib, taqsimlab uzatib beradi.
Traktor va avtomobillarni yurish qismi ularga ilgarlama harakat berish uchun
mo`ljallangan. Traktor va avtomobillarni yurish kismi (ostov), yuritgich va
osmalardan iborat buladi.
Rul boshkarmasi traktor yoki avtomobilni xarakat yunalishini (chap va ung) va
traektoriyasini uzgartirish uchun xizmat qiladi.
Tormoz tizimi traktor yoki avtomobilni massasini kinetik energiyasini
kamaytirish yoki tula tuxtatish uchun xizmat kiladigan kismlar yigindisidan iborat.
Transmissiya traktor yoki avtomobilni joyidan ravon qo`zgatishda xarakat
tezligi va yunalishini uzgartirishida,dvigatelni o`chirmay uzoq vaqt to`xtab turishda
burishni yengillashtirishda hamda traktorga ulangan qishloq xo`jalik mashinalariga
aylanma harakatni o`zgartirib berish uchun hizmat qiladi.
Aylanma xarakatni o`zgartirib berish (transformatsiya) turiga qarab
transmissiyalar bosqichli yoki bosqichsiz (po`gonali-pog`onasiz)larga ajratiladi .
Xarakatlanish tartibiga qarab transmissiyalar «mexanik,gidravlik elektrik yoki
aralash gidromexanik-elektromexaniklarga ajratiladi».
Xar qanday turdagi transmissiyaning asosiy ko`rsatkichlari bu foydali ish va
transformatsiya qilish koeffitsientlari va uzatmalar nisbati.
Transformatsiya koeffitsienti
Ме
М
К
/
e
TP
Me
M
/
e
i
/
Bu erda k-transformatsiya qilish koeffitsienti;
- transmissiyaning FIK;
i – uzatishlar soni ;
M va Me –yetakchi g`ildirak (zanjir yulduzchasi)gi va tirsakli validagi burovchi
momentlar kN.M;
80
е
ва
.
- yetakchi g`ildirak (zanjir yulduzchasi) va tirsakli valni aylanishlar
chastotasi,rad/c.
Bosqichli (pog`onali) transmissiyalar o`zgarmas burchak tezliklarida bir necha
o`zgarmas uzatmalar nisbatini olishni ta’minlaydi. Bunday transmissiyalarni
kamchiliklari ba’zi bir rejimlarida dvigatelni to`la quvvatidan foydalanish
imkonini bermaydi. Bosqichsiz (pog`onasiz) transmissiyalar aylantirib beruvchi
momentini uzluksiz va avtomatik ravishda o`zgartirish imkonini beradi va
dvigatelni
quvvatidan
to`la
foydalanish
imkonini
beradi.
Kamchiligi
konstruksiyasi murakkab va F.I.K. kichik. a) Orqa ko`prigi yetakchi bo`lgan
g`ildirakli traktori transmissiyaning kinematik sxemasi (rasm).
b) Old va orqka ko`priklari yetakchi bo`lgan g`ildirakli traktor (rasm).
1-tishlashish muftasi
2-oraliq ulama
3-uzatmalar qutisi
4-bosh uzatma
5-differensial
6-oxirgi uzatma
7-taqsimlash qutisi
8-kardanli uzatma
v) Old ko`prigi yetakchi bo`lgan g`ildirakli mashina(rasm).
g) T-150 traktorining transmissiyasi sxemasi(rasm).
Mexanik transmissiya mexanik kurilma; uzatma va yig`ma detallar to`plamidan
iborat.Bunga tishlashish muftasi oraliq ulama, uzatmalar qutisi, bosh uzatma,
differensial va oxirgi uzatmadan tashkil topgan. Bundan tashqari qaysiki ikkala
ko`prigi xam yetakchi bo`lgan g`ildirakli traktorlarda taqsimlash qutisi va kardanli
uzatma shuning bilan birga oldingi ko`prik bosh uzatmasi,differensial va oxirgi
uzatma bo`ladi. Zanjirli traktorlarda qo`shimcha burish mexanizmi bilan
jixozlangan bo`ladi, zaruriyat tug`ilgan holatlarda burovchi momentni
kuchaytirgich,sekinlashtirgich va boshqalar bilan ta’minlangan bo`ladi.
Mexanik transmissiyalarda uzatmalar sonini uzatmalar qutisidan tishlar soni
xar xil bo`lgan tishli gildiraklarni tishlashishlari ta’minlash bilan amalga
oshiriladi. Bosqichli uzatmalar qutisi xar xil tishli g`ildiraklar to`plamidan iborat
bo`lib zamonaviy avtomobillarda 4-5 pog`ona traktorlarda esa 16 va unda ko`prok
uzatmalar sonidan iborat. Mexanik transmissiyalar yuqori FIK va nisbatan narxi
arzon. Aylanishlar chastotasi ularda bosqichli sozlanadi.
Elektrik transmissiya ichki yonuv dvigatelidan harakatga keladigan
generatordan iborat.
81
Bunday transmissiyalarda generator ishlab chikargan elektr energiya kabellar
orkali etakchi gildirak yoki yulduzchalarga urnatilgan elektr dvigatellarga
uzatiladi.Bunday
transmissiyalarda
energiyani
uzatish
engil,boskichsiz
sozlanadi,kamchiligi FIK kichik agregatlarni xajmi katta nisbatan narxi kimmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |