Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari. 2 Yer fondi toifalari. Yerlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish


-modda. Yerlarni pay jamg‘armasiga berish. Qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida) mulkiy pay



Download 68,25 Kb.
bet23/40
Sana28.06.2022
Hajmi68,25 Kb.
#715062
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
zarnigor

50-modda. Yerlarni pay jamg‘armasiga berish. Qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida) mulkiy pay
Qishloq xo‘jaligi kooperativiga (shirkat xo‘jaligiga) doimiy egalik qilish uchun berilgan yer uchastkalari qiymati uning pay jamg‘armasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Pay jamg‘armasiga qo‘shiladigan yer uchastkalarining qiymat bahosi Davlat yer kadastri asosida va qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tabaqalashtirilgan qiymatni baholash koeffitsiyentlari asosida chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) pay jamg‘armasi yer uchastkalarining qiymat bahosini va asosiy jamg‘armalarning qiymatini hamda kooperativning (shirkatning) majburiyatlardan xoli boshqa aktivlari qiymatini o‘z ichiga oladi, bo‘linmas jamg‘armani shakllantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bundan mustasno. Pay va bo‘linmas jamg‘armalarning miqdori qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) ustavida belgilab qo‘yiladi.
Pay jamg‘armasi qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) a’zolari o‘rtasida mulkiy paylarga taqsimlanishi lozim.
Mulkiy pay qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) har bir a’zosining kooperativ (shirkat) pay jamg‘armasi qiymatidagi ulushini belgilaydi va kooperativ (shirkat) a’zosiga qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) yakuniy daromadidan (foydasidan) dividendlar tariqasida tegishli ulush olish huquqini beradi.
Mulkiy pay miqdorini aniqlash, paylar bo‘yicha dividendlar to‘lash tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) har bir a’zosi mulkiy payining aniq miqdori qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) a’zosiga uning mol-mulkning muayyan ulushiga hamda xo‘jalik oladigan umumiy daromadning (foydaning) tegishli qismiga bo‘lgan huquqini belgilab qo‘yuvchi, nomi yozilgan guvohnoma bergan holda qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) yuqori boshqaruv organi qarori bilan belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) daromadining (foydasining) paylar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun mo‘ljallangan qismi yil yakunlariga ko‘ra taqsimlanadi va mulkiy payning miqdoriga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Download 68,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish