Yengil sanoat


Elektr toki ta`siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari



Download 3,72 Mb.
bet83/156
Sana31.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#160857
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   156
Bog'liq
Мажмуа ТЖБ

5. Elektr toki ta`siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari.

Agar inson tanasining har qanday qismi elektr tarmog’iga tushib qolsa, unda uni toq urish xavfi paydo buladi. Bunday holatni chizma ravishda tasvirlab toqka tushib qolishni ikki faza orasiga tushib qolish va bir fazali toqka tushish bilan belgilash mumkin.

Odam bir fazali toqka tushib qoldi deb faraz qilaylik. Unda toqning oqish yo`li fazadan odam tanasi orqali erga o`tib ketishi mumkin.

Sanoatda qo`llaniladigan elektr toqi asosan 380 V kuchlanishga ega buladi. Bunday toq uch fazadan iborat bo`lib, har bir fazadan erga nisbatan 220 V kuchlanishga ega buladi. Bunday toqka tushgan odam tanasidan oqib o`tgan toq miqdorini Om qonuni asosida aniqlash mumkin.



I=U/R

Bunda I - odam organizmi orqali oqib o`tgan toq miqdori; U - fazaning kuchlanishi;



R - toq oqib o`tishiga ko`rsatiladigan qarshilik. Bir fazaga tushib qolgan odam uchun kuchlanish 220 V ni tashkil qiladi. R esa qator qarshiliklar yig’indisidan tashkil to-padi

R = Rt + Rn + R0 + R1

Bunda Rt-odam tanasining qarshiligi, texnik hisoblarda 1000 Om qabul qilinadi; Rn-odam turgan polning qarshiligi, agar yog’ochdan bulgan pol bulsa, uning qarshiligi 20000 - 60000 Om oralig’ida buladi; R0 - oyoq kiyim qarshiligi, bu qarshilik ham oyoq kiyimining materialiga qarab 20000 - 50000 Om atrofida; R1-sim (neytral) erga ulangandagi qarshiligi (odatda umuman har qanday erga ulagich qarshiligi 4 Omdan katta bulmasligi talab qilinadi).

Agar biz elektr toqi ta`sirida bulgan odam o`tkazgichdan iborat polda tursa, oyoq kiyimi xam elektr o`tkazuvchi bulsa, unda

Bu miqdordagi elektr toqi inson uchun xavfli hisoblanadi (fibrilyatsiya toqiga nisbatan 2,2 marta ko`p)

Bunday holatda elektr toqiga tushib qolganda ba`zi bir omillar bunday toqning zararlash natijasini o`zgartirib yuborishi mumkin. Masalan elektr toqiga tushib qolgan odam quruq yog’och polda va oyog’ida toq o`tkazmaydigan rezina oyoq kiyimi bulsin. Unda uning tanasidan o`tib ketgan toq miqdori

buladi. Bu esa inson tanasi uchun uzoq muddat ta`sir ko`rsatganda yo`l qo`yiladigan miqdordan kam.


Elektr dvigatellari, ularni ulovchi o`tkazgichlarning muhofaza qobiqlari, toq o`chirish qurilmalari va saqlovchi qurilmalar hamda ularni o`rnatish va foydalanishda maxsus talablar qo`yiladi.

Elektr qurilmalarining elektr o`tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta`minlash muhim rol’ o`ynaydi.

a) Ko`p miqdordagi elektr toqini yo`qotishdan saqlaydi.

b) Ishlayotgan xodimni elektr toqi ta`siriga tushib qolishga yo`l qo`ymaydi.

v) elektr tizimlarining o`zgaruvchi kuchlanishlaridan uchqunlar chiqishi bilan paydo buladigan yong’in xavfini yo`qotadi.

Elektr qurilmalarini o`rnatish qoidalariga asosan ikki saqlovchi qurilma o`rtasidagi, elektr tizimlaridagi yoki oxirgi saqlovchi qurilma bilan har qanday o`tkazgich orasidagi muhofaza qobig’i qarshiligi 0,5 M Om dan kam bulmasligi talab qilinadi.

Xavfli xonalarda bu qarshilik miqdori 20-50 foiz ortiq bulishi kerak.

Elektr qurilmasining muhofaza qobig’i qarshiligi uni o`rnatgandan keyin o`lchab ko`riladi va ishlatish davrida yiliga kamida 1 marta, xavfli xonalarda kamida 2 marta o`lchab, tekshirib turiladi.

Muhofaza qilinmagan ochiq simlardan foydalanilganda, ularni kamida 3,5 m balandlikda o`rnatish tavsiya etiladi, agar simlar uzilib ketgan taqdirda, ularni avtomatik o`chirish tizimlari bulishi shart.

Elektr tizimlarining saqlovchi qurilmalari juda oddiy tuzilgan bo`lib, agar tizimda elektr quvvati nominal (25 foiz) miqdordan ortib ketganda, avtomatik ravishda toqni uzib qo`yadi.

Agar toq kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, eruvchi qism 0,2 s davomida erib ketadi. eruvchi qismning standart sifatidagisini qo`llash kerak, uning o`rniga, mis simlardan qilingan yasama qurilmalarni qo`llashga ruxsat etilmaydi. CHunki bunday yasama qurilmalar o`z vaqtida ishlamay, tizimdagi mavjud boshqa qismlari va o`tkazgichlari qizib ketishiga hamda muhofaza qobiqlarining yonib ketishi natijasida, yong’in chiqishiga sababchi buladi.

Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari mavjud bo`lib, ularning hammasi ham eruvchi qismni o`zgartirish imkoniyati bor.

Saqlovchi qurilmalarni almashtirish uchun, albatta, elektr toqini o`chirib qo`yish tavsiya etiladi, aksariyat hollarda shaxsiy muhofaza aslahalar qo`llaniladi.


Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish