3. II-bulim baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi.
1. Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani jabrlanuvchi yoki guvoh tsex rahbariga xabar berishi, u esa;
-jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatib davolash muassasasiga yuborishi;
-tekshirish komissiyasi kelguncha ish joyidagi vaziyatni, shundayligicha (atrofga xavf tug’dirmasa) saqlab qolishi;
-baxtsiz hodisa to`g’risida korxona rahbariga, kasaba uyushmasiga va xodimlarning boshqa vakillik organlariga xabar qilishi shart.
2. Davolash muassasasi bir kun ichida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga jabrlanuvchining ahvoli haqida xolisona xabar beradi.
3. Korxona tuzilgan komissiya a`zolari:
-uch kunda guvohlarni, xavfsizlik qoidalarini buzgan shaxslarni so`roq qilishi va jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi;
4. Tekshirish tugagach uch kun ichida, N-1 shakldagi dalolatnomalarni:
-jabrlanuvchiga, xavfsizlik muhandisiga, davlat mehnat texnika nazoratchisiga korxonaning yuqori tashkilotiga va davlat kon nazoratiga (ob`ektlarga yuz bersa) yuboriladi.
5. Agar korxona tugatilsa, yuqori turuvchi organga, bulmasa N-1 shakldagi dalolatnoma pensiya jamg’armasiga topshiriladi.
6. Jabrlanuvchi ish qobiliyatini darhol yo`qolmaganligi haqidagi arizasi bir oy muddatda tekshirilishi shart
7. Boshqa tashkilot tomonidan jo`natilgan xodim jabrlansa, hodisa yuz bergan korxona tomonidan, jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi.
8. O`rindoshlik buyicha ishlayotgan xodim bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u shu tashkilotda tekshiriladi va hisobga olinadi.
9. Boshqa korxonaning ajratilgan uchastkasida, ish olib borayotgan xodimi bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, ish olib borayotgan korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi.
10. Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o`tayotgan yoki ish bajarayotgan umum ta`lim maktabi, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari talabalari bilan yuz bergan baxtsiz hodisa, korxona tomonidan o`quv yurti vakili ishtirokida tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi.
- Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada, o`qituvchilari rahbarligida, ishlab chiqarish amaliyoti o`tayotgan yoki ish bajarayotgan talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar.
O`quv yurtlari tomonidan korxona vakili ishtirokida tekshiriladi va o`quv yurti tomonidan hisobga olinadi.
11. N-1 shakldagi dalolatnoma jabrlanuvchining ish, xizmat, o`qish joyiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |