Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik xodimlarning javobgarligi
Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitini yaratish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni oldini olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat korxonada mustaqil tizimiy bo`linma bo`lib, bevosita boshliqqa yoki bosh muhandisga bo`ysunadi. O`z ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi tasdiqlagan reja bo`yicha boshqa bo`linmalar ya`ni, davlat nazorati mahalliy organlari texnik inspektsiyalari hamkorligida amalga oshiradi.
Mehnat muhofazasi xizmati quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
1. ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va sabablarini tahlil etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklarni oldini olish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishi haqida maslahatlar beradi;
2. korxona bo`linmalari ish joylaridagi sanitar texnik holatni portlashni amalga oshirish bo`yicha ishlarni tashkil etadi;
3. korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini, mehnat muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini, tuzadi, ko`rib chiqadi sanitariya sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi.
4. saqlash qurilmalarini va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoyalovchi boshqa vositalarini konstruktsiyalarini qayta ishlash va joriy etish bo`yicha korxona rahbariyatiga takliflarini kiritadi;
5. mehnat muhofazasi bo`yicha ilmiy ishlanmalar va mehnat xavfsizligi standartlarini amalga kiritish ishlarida ishtirok etadi;
6. korxonani tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda va kasaba qo`mita faollari ishtirokida binolar, inshootlar, uskunalarining texnik holatini tekshiradi (yoki tekshirishda qatnashadi), shamollatish sistemalari ishi samaradorligini sanitar-texnik qurilmalar va sanitar maishiy xonalar holatni tekshiradi;
7. maxsus kiyimlar, maxsus uskunalar va boshqa shaxsiy himoya vositalari hamda mehnat muhofazasi bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur materiallar va uskunalarga o`z vaqtida to`g’ri buyurtmalar tuzilishini nazorat qiladi;
8. korxona bo`linmalariga ishlab chiqarishda atrof muhit holatini nazorat qilish bo`yicha yordam ishlarini tashkil etadi;
9. ishlab chiqarishga mo`ljallangan ob`ektlarni, uskuna va mashinalarni rekonstruktsiyadan so`ng qabul qilish ishlarida ishtirok etadi, sog’lom mehnat sharoitini taminlash bo`yicha talablarni bajarilishini tekshiradi;
10. kirish yo`riqnomasini o`tkazadi va mavjud me`yoriy hujjatlar va mehnat muhofazasi masalalari bo`yicha ishlovchilarni o`qitishni tashkillashtirishga yordam beradi;
11. attestatsiya komissiyasi va mehnat muhofazasi qoidalari va me`yorlari texnika xavfsizligi yo`riqnomalari bo`yicha mutaxassislarni bilimini tekshirish komissiyasida ishtirok etadi.
Mehnat kodeksida bo`linmalarda mehnat xavfsizligini taminlashni tashkil etish ularning rahbarlariga yuklatilgan. Ish joylarida mehnat muhofazasi bo`yicha umumiy javobgarlik korxona rahbariga, uning yo`g’ida esa bosh muhandisga yuklatiladi. Korxona kasaba qo`mitalari tarkibida mehnat muhofazasi bo`yicha komissiyalar mavjud bo`lib, har bir kichik guruhda mehnat muhofazasi bo`yicha jamoatchi instruktor saylanadi. Mehnat muhofazasi bo`yicha komissiyalar ishlab chiqarish madaniyati va mehnat muhofazasi ahvolini jamoat tartibida ko`rib chiqadi, mehnat muhofazasi bo`yicha ma`muriyat va kasaba uyushmasi o`rtasidagi shartnoma loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi, ma`muriyat tomonidan ushbu shartnomasi va mehnat haqidagi qonunchilikni nazorat qiladi. Bo`linmalarni jamoatchilik inspektorlari mehnat muhofazasini bevosita ish joylarida nazoratini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |