2.2. Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni kamaytirish uchun ularning sabablarini to‘g‘ri aniqlash va atroflicha tahlil qilish zarur. Ishlab chiqarishda yuz byergan baxtsiz hodisalarning sabablarini o‘rganish va baholashni quyidagi uslublar orqali amalga oshirish mumkin:
Monografik usul. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida, chuqur tahlil qilish, uning aniq sabablarini o‘rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan mashina, mexanizmlar va boshqa texnik jihozlarning mexanik holati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi, havo va suvning sanitar-gigiyenik holati kabi omillar tekshirilib o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |