«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

NA’MATAK HAQIDA QO‘SHIQ
To‘lqin Ilhomov
Tog‘larda 
quyoshning 
uyg‘onish 
manzarasini 
chizmoq chiman. Men buni anchadan buyon o‘ylab yur
-
gandim. Shuning uchun bo‘yoqlarim, mo‘yqalamlarim 
solingan sumkamni yelkamga ildum-u, «hayyo-huv» 
deb Chimyonga otlandim. Avtobusda odam siyrak. Yo
-
nimdagi ayol kulimsirab so‘rab qoldi:
— Shaharda rosa zerikibsiz-a? Qayerliksiz o‘zi, uka?
http://eduportal.uz


8
— Shahardanman… zerikkanim yo‘g‘-u, endi tog‘lar 
boshqacha-da. Tog‘larning rasmini chizmoqchiman. 
Shunday manzaralar chizib kelayki, Vatanim qandayligi
-
ni hamma ko‘rsin.
Avtobusdan tushiboq o‘zimni tabiat qo‘ynida ko‘rdim.
— Yuring, sizga bir joyni ko‘rsataman, — taklif qildi 
o‘sha ayol.
— Anavini qarang, — ayol menga qoya tomonni 
ko‘rsatdi, — chiroyli-ya?
Qoyaning shundoqqina labida allaqanday buta op
-
poq gulga burkanib turardi.
— Na’matak, — shivirladi ayol.
Men ham yolg‘iz na’matakka hayrat bilan tikilib qoldim. 
— Bu yerga sizni o‘zimdan-o‘zim boshlab kelganim 
yo‘q, — ayol qoyadan ko‘z uzmay gap boshladi. — 
Bu joylar menga nihoyatda qadrli. Bu tog‘-u toshlarda 
bolaligim izlari bor. 
Bir kuni echkilarimni o‘tlatgani shu tomonlarga hay
-
dab keldim. Xuddi mana shu toshda ko‘zlari katta-kat
-
ta, sochi jingalak, oq yaktak kiygan bir kishi qoyaga 
tikilgancha qotib o‘tirardi. Bolalar qiziquvchan bo‘lishadi, 
bilasiz, shu amaki bilan juda-juda gaplashgim keldi. 
— Amaki, nima yozyapsiz? — tizzalaridagi daf
-
tar-qalamni ko‘rsatdim. — Dars qilyapsizmi?
Amaki jilmayib qo‘ydilar, sochlarimga barmoqlarini 
tekkizib turib:
— She’r yozyapman, qizalog‘im, — dedilar. — 
Qani, ayt-chi, qo‘shiq bilasanmi?
— Bilaman. Oymoma chiqqanda unga qarab:
http://eduportal.uz


9
Oymoma pilla,
Qanotlari tilla,
— deb ashula aytaman.
Amaki xursand bo‘lib ketdilar:
— Barakalla, ona qizim, barakalla. She’r ham ana 
shunaqa, qo‘shiqqa o‘xshagan bo‘ladi. Men anavi 
na’matak haqida qo‘shiq — she’r to‘qiyapman. Chiroyli
-
ligini qara!..
Nafis chayqaladi bir tup na’matak
Yuksakda, shamolning belanchagida…
— Keyin nima qilasiz, amaki?
— Nimani? — birdaniga savolimni anglamay ajabla
-
nib qoldilar ular.
— O‘sha yozgan she’ringizni-da?
— Ha, unimi?.. O‘ziga o‘xshagan boshqa ko‘p 
she’rlarimga qo‘shib kitob qilaman. Odamlar o‘qisha
-
di, keyin sening tog‘laringda shunaqa chiroyli na’matak 
o‘sishini bilib olishadi, havaslari keladi…
— Men o‘zim ham o‘qiymanmi?
— Bo‘lmasam-chi, hali o‘qishni o‘rganib olgin, al
-
batta o‘qiysan. She’rlarni o‘qib-o‘qib ularning orasidan 
na’matak haqidagi bu qo‘shiqni birdan tanib qolasan…
Shunda mening tezroq katta bo‘lgim, amakining 
na’matak haqidagi she’rini tezroq o‘qigim kelib ketdi.
Yillar o‘tdi. Bu voqea esimdan ham chiqib ketgandi. 
Yuqori sinfda adabiyot o‘qituvchimiz:
— Adabiy kecha o‘tkazamiz. Mana bu kitoblar ichi
-
dan istagan she’ringizni yod olinglar, — dedilar.
Men olgan kitobimga ko‘z yugurtirdim. «Na’ma
-
tak». «Qiziq, na’matak haqida ham kitob bo‘larkanmi?» 
— xayolimdan dastlab shu o‘tdi. Muqovasini avayla

http://eduportal.uz


10
ochdim. Ochdim-u, judayam tanish, mehribon chehraga 
ko‘zim tushdi. Na’matakni she’r qilaman deb aytgan oq 
yaktakli kishini aniq ko‘rganday bo‘ldim. Oybek!
— Men shoir Oybekni ko‘rganman, — dedim sinf
-
doshlarimga. Ko‘rib turibman, hech kim ishonmadi.
— Qishlog‘imiz qayoqda-yu, Toshkent qayoqda! — 
dedi partadoshim. — Oybek poytaxtda yashaydilar.
Men bolalik xotiralarimni o‘rtoqlarimga aytib berishga 
shoshildim. Shunday katta shoirning mendek yalang-
oyoq qizcha bilan gaplashganlariga baribir ishongilari 
kelmasdi.
— Ha, — dedilar muallimimiz, — buyuk odam
-
lar shunaqa sodda, samimiy, mehribon bo‘ladilar. Sen, 
qizim, tarixiy voqeaga shohid bo‘lgan ekansan-u! Buni 
hecham esingdan chiqarma!..
Men kitobni ochib, o‘sha she’rni ovozimni chiqarib 
o‘qidim. Satrlar orasidan Oybek domla: «Yana uchrash
-
dik-a!» — deb menga jilmayib qarab turgandek edilar. 
Vatan — ulug‘ onadir, aziz,
Biz emganmiz uning quyoshin.
Mehri bilan to‘lib ko‘ksimiz
Erkalaymiz, quchamiz boshin.
1. Rassom yigit tog‘ga nima uchun boradi?
2. U suhbatdoshidan Oybek haqida nimalarni bilib oldi? 
Siz-chi?
3. Vatanga muhabbat insonning tug‘ilgan joyidan boshlanishi
-
ni «Na’matak» she’rining yaratilishi bilan bog‘lab tushunti
-
ring.
4. Shoir she’rda Vatanni nimalarga o‘xshatadi?
http://eduportal.uz



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish