«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

110
YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI
Ko‘klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda 
yolg‘iz o‘tiraverib, zerikib ketibdi. «Ancha vaqtdan beri 
Mir Alisherdan darak bo‘lmadi, borib holidan bir xabar 
olib kelay», deb, do‘sti yashaydigan mahallaga yo‘l 
olib di.
Borib qarasa, Mir Alisher yeng shimarib bog‘ida 
ishlayotgan ekan. Buni ko‘rgan Sulton Husayn otidan 
tushib, do‘sti bilan so‘rashgach:
— Hormang, do‘stim! Nega shoirlar majlisida ko‘rinmay 
qoldingiz desam, bog‘bonlikni pesh qilibsiz-da! — debdi.
Mir Alisher ham belbog‘i bilan peshanasidagi terini 
artar ekan:
— Ko‘klam kelsa, ko‘chat ek, degan ekan masho
-
yixlar. Shu bog‘dagi qurigan olmalarning o‘rniga uch-
to‘rt tup yong‘oq ekayapman, — deb javob beribdi.
— Ey do‘stim-ey, qarigan chog‘ingizda bog‘ qi-
lishning sizga nima keragi bor, axir? Siz bilan men 
yoshimizni yashab, oshimizni oshagan bo‘lsak, bu 
yong‘oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon 
mevasidan yeysiz? Oxir umringizda mana shu bog‘dagi 
mevalarning boriga qanoat qilib, soya-salqinda tinchgi
-
na g‘azal bitib o‘tiravermaysizmi?
— Do‘stim, yaxshidan bog‘ qoladi, degan naqlni 
eshi tganmisiz? Men bu ko‘chatlarni o‘zim uchun emas, 
mana shu mahallamiz ko‘chalarini chan gitib yurgan bo
-
lakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekyap
-
man. Bir kun kelib, shu ko‘chatlarning har biri azim 
daraxt bo‘ladi. Hosil bera boshlaydi. Shunda odamlar 
uning mevasidan totib: «Bu bog‘ Mir Alisherdan qol
-
http://eduportal.uz


111
gan!» — deyishadi. Shuning o‘zi menga har qanday 
ne’matdan lazzatliroqdur.
Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning 
saxovatiga qoyil qolib, unga hamyon to‘la tilla chiqarib 
beribdi. Mir Alisher tillaga qarab turib:
— Ana ko‘rdingizmi, do‘stim! Ekayotgan ko‘chatlarim 
hozirdanoq hosil bera boshladi, — deya kulib qo‘yibdi.
Sulton Husayn Mir Alisherning hozirjavobligiga yana 
bir bor qoyil qolgan ekan. 
1. Mir Alisher va Sulton Husayn o‘rtasidagi suhbatni rollar
-
ga bo‘lib, rivoyatni ifodali o‘qing.
2. Mir Alisher: «Ekayotgan ko‘chatlarim hozirdanoq hosil 
bera boshladi», — deganida nimani nazarda tutadi?
3. «Yaxshidan bog‘ qoladi» degan hikmatning ma’nosini 
izohlang.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish