Yangi va eng yangi davrda chet mamlakatlarida jismoniy tarbiya


Fransuz gimnastika tizimi



Download 65,07 Kb.
bet8/14
Sana16.01.2022
Hajmi65,07 Kb.
#372551
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
YANGI VA ENG YANGI DAVRDA CHET MAMLAKATLARIDA (2)

Fransuz gimnastika tizimi. Fransiyada hukumat tomonidan mamlakatda gimnastika joriy qilish ishlari polkovnik Frantsisko Amorosga (1770-1848) yuklatilgan edi. Frantsisko Amorosga 1817-yilda harbiy gimnastika maktabini tashkil qilgan. Uning «Jismoniy, gimnastika va axloqiy tarbiyaga doir qo’llanma» (1830) kitobi barcha maktablarga joriy etilgan.

«Sokol» gimnastika tizimi. Chexiyada XIX asrning 60-yillarida «Sokol» (Lochin) gimnastika harakati vujudga kelgan. Ular o’z milliy ozodligiga intilib, «Sokol» harakatini yaratdilar. Bu yoshlarning «Sokol» jami­yati tuzilishiga olib kelgan edi. 1871-yilda chexiyada 130 ta «So­kol» jamiyati mavjud bo’lgan. Jamiyatda chex jismoniy tarbiyasining milliy tizimi tarkib topib, ayrim jihatlari nemis gimnastikasiga o’xshagan. Tizimda mashqlarning gavdaga ta’siri emas, balki bajariladigan harakatlarga ko’proq e’tibor berilgan. Keyinchalik gimnastika mashqlarining odam sog’ligiga va uning irodasiga bo’lgan ta’sirini e’tirof etib, kitoblar yozishgan. Lekin ularda o’qitish usullari o'z ifodasini topmagan. Nemis gimnastikasiga nisbatan ancha boy va uslubiy jihatdan ancha mukammal bo’lgan. O’qituvchilar ba’zi mashqlarni o’n martalab takrorlash o’rniga murakkab mashqlar majmuini bajartirish yo’llariga o’tganlar. Chexlar saf mashqlari va kiyimlarga juda katta e’tibor berishgan. Gavda hamda oyoqlarning nozik, aniq va tashqi ko'rinishi go’zal harakatlarigina amalda qo’llanilgan. Gimnastikani juda ham ziynatli qilish uchun har xil buyumlardan: tayoqlar, sharflar, qadimiy qurol turlari nayzalar, qalqonlar va h.k.dan foydalanishgan. Turnik, bruss, konda bajariladigan mashqlar, shuningdek, erkin mashqlar musiqa jo’rligida bajarilib, turli buyumlar yordamida ijro etiladigan mashqlar, piramidalar, akrobatika mashqlari sinchiklab ishlab chiqilgan. Ular quyidagi to’rt guruhga ajratilgan: asboblarsiz bajariladigan mashqlar - erkin mashqlar va h.k.; asboblarda bajariladigan mashqlar - buyumlar bilan va asboblar ustida bajariladigan mashqlar; guruh bo’lib bajariladigan mashqlar - piramidalar, o’yinlar; harbiy mashqlar - qilichbozlik, kurash, mushtlashish mashqlari.

«Sokol» gimnastikasining asosiy muallifi, mashqlarning asosiy texnikasi va usullarini ishlab chiqqan kishi estetika professori Miroslav Tirsh (1832-1884) edi. Shunday qilib, yangi davrda gimnastikaning pedagogik, uslubiyat va tashkiliy asoslari yuzaga kelgan.

Sport o’yinlari tizimi. Sport o'yinlari tizimi gimnastika tizimi qatorida jahondagi juda ko’p mamlakatlarda tashkil topgan. Ularning tash­kiliy va uslubiy shakllari o’ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida musobaqalar uchun mo’ljallangan va yaxshi natijalaiga erishishni kozda tutgan mashqlar ifodalangan edi. Tizim turli mamlakat xalqlarining turmush sharoitida uchraydigan xilma-xil mashqlar va o’yinlarni o’zida mujassamlagan. Shahar va qishloqlarda o’tkaziladigan bayramlarda kurashchilar, mushtlashuvchilar, akrobatlar, qilichbozlar, yugurish va sakrash ustalari, polvonlar o’z mahoratlarini namoyish qilganlar. Shimoliy mamlakatlarda chang’ida va konkida uchish musobaqalari o’tkaziladigan.

Shahar va qishloqlarning aholisi orasida otda yurish, qilichbozlik, golf o’yini, kriket, kamon va to’pponchadan o’q otish, turli xil ovlar keng rivojlangan. Ko’pgina davlatlarda o’quv yurtlari - universitetlar maktablar, kollejlar tashkil qilinib, ularda akademik sport va sport o’yinlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.






Download 65,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish