Shvetsiya gimnastika tizimi. Per Ling (1776-1839) Shvetsiya hukumatining taklifiga ko’ra, Germaniya va Daniyada jismoniy tarbiyaning ahvoli bilan tanishib chiqqib, o’z mamlakatida shved gimnastika tizimi asoslarini yaratgan. Per Ling 1813-yilda Stokgolmda gimnastika institutini tashkil etgan. Gimnastikaning to’rt turini - harbiy gimnastika, pedagogik gimnastika, davolash gimnastikasi va estetik gimnastikani alohida ajratgan. Bu turlar maktablarda ham o’rgatila boshlangan. Per Lingning o’gli Yalmar Ling (1820-1886) boshchiligida gimnastika asboblari takomillashtirilgan, gimnastika devorchasi, gimnastika skameykasi, uzun kursilar, langar cho’plar, gimnastika narvonlari, arqonlar va boshqa turli xil yangi jihozlari yaratilgan. Shvedlarning gimnastika tizimi ko’pgina Yevropa mamlakalari, hatto Amerikada ham keng qo’llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |