Yangi davr arab adabiyoti


Abd  ar-Rahmon  al-Kavokibiy



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

Abd  ar-Rahmon  al-Kavokibiy  (1849-1902)  Halabda  tug‘ilgan.  U ko‘pgina  olim  va 
davlat  arboblari  yetishib  chiqqan  kadimiy  Suriya  urug‘laridan.  Kambag‘al  va  tahqirlanganlarga 
xayrixohligi uchun u  «Abu ad-duafo»  («Bechoralar otasi») laqabini olgan. Mahalliy amaldorlar 
bilan  kelishmovchilik  tufayli  adib  1900  yilda  Misrga  ketishga  majbur  bo‘ladi  va  u  yerda 
musulmon  modernistlarining  «Al-Muayd»  gazetasida  ishlaydi.  1901 yilda  al-Kavokibiy  Makka 
ziyoratiga boradi, Afrikani kezadi, Hindistonda bo‘ladi. 1902 yilda Kohiraga qaytgach, to‘satdan 
vafot  etadi.  Ba’zi  manbalarda  aytilishicha,  sulton  buyrug‘i  bilan  uni  zaharlashgan.  Al-
Kavokibiyning  adabiy  merosi  «Umm  al-kura»  («Shaharlar  onasi»)  va  «Tabia  al-istibdod» 
(«Istibdod tabiati») nomli ikki kitobdan iborat. «Umm al-kura» musulmon modernizmi ruhidagi 
utopiya  bo‘lib,  unda  turli  mamlakatlardan  kelgan  musulmonlarning  Makkadagi  yashirin 
kongressi  tasvirlanadi.  Kitobda  musulmon  olamidagi  siyosiy,  ijtimoiy  va  axloqiy  muammolar 
keng  miqyosda  o‘z  aksini  topgan.  Al-Kavokibiy  Jamoliddin  al-Afg‘oniyning  izchil  shogirdi 
sifatida  musulmon  olamidagi  kamchiliklar  sababini  din  inqirozidan  qidiradi,  ularning  davosini 
keng  xalq  ommasini  ma’rifatli  qilishda  deb  biladi.  Bu  yo‘ldagi  ilk  qadam  sifatida  «Yakka 
xudoga  sig‘inuvchilarining  ma’rifiy  assotsiatsiyasi»ni  tuzishni  taklif  etadi.  Kitobda  arab 
mamlakatlarida  tobora  kengayib  borayotgan  Usmonli  imperiyasidan  mustaqil  bo‘lish  harakati 
ham tasvirlangan.  Al-Kavokibiy arab millatchiligining birinchi mafkurachilaridan edi.  Bu narsa 
uning fojiali o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham ajab emas. 
«Istibdod  tabiati»  kitobi  asosida  ham  rasionalistik  diniy  dunyoqarash  yotadi:  inson 
yagona Ollohga bo‘ysunadi, ozodlik va tenglik uning tabiiy va daxlsiz huquqidir. Al-Kavokibiy 
tadqiqoti  markazida  asosiy  yovuzlik-bu  diniy  ta’limotlarning  mohiyatini    buzib  ko‘rsatuvchi, 
millatning moddiy, ma’naviy boyliklarini nobud  qiluvchi siyosiy istibdoddir, degan fikr  yotadi. 
Kitobda mavjud tuzumning tanqididan tashqari, istibdodga qarshi kurashish yo‘llari haqida xam 
fikr yuritiladi. Muallif o‘zining ideali — mu’tadillik va boyliklardan oqilona foydalanish asosiga 
qurilgan jamiyat va davlat to‘g‘risidagi tasavvurlarini bayon etadi. 


 
11 
Al-Kavokibiy, barcha arab ma’rifatparvarlaridek, qurolli kurash tarafdori emasdi. Uning 
fikricha,  istibdodga  qarshi  faollik  va  izchillik  bilan  kurashmoq  lozim.  Faqat  xalqning  o‘zi 
o‘zgalar  ko‘magisiz  istiqlolini  qo‘lga  kiritish  va  istibdod  ustidan  g‘alaba  qozonishi  mumkin. 
Binobarin  al-Kavokibiyda  xalq  ommasini  ma’rifatli  qilish  salaflarnikiga  nisbatan  siyosiy 
keskinroq  ma’no  kasb  etadi.  Al-Kavokibiy  xalq  ommasining  roliga  katta  ahamiyat  beruvchi, 
ularda real siyosiy kuchni ko‘ruvchi birinchi arab siyosiy arbobi va sotsiologi edi. 
Zamondoshlar  Al-Kavokibiyni  o‘z  davrining  yirik  vatanparvar  publisisti  sifatida 
qadrlashar,  barcha  arab  milliy-ozodlik  harakati  tarixchilari  uni  arablar  milliy  tuyg‘usining 
birinchi himoyachisi deb ataydilar. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish