Yakuniy nazorat ishi


rasm.”Аppiy yoʼli”ning koʼndalang kesimi



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#262821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azizmurod Xaydarov yakuniy avt Toshkent davlat transport unversteti

rasm.”Аppiy yoʼli”ning koʼndalang kesimi. 

Zamonamiz  olimlari  guvohlik  berishicha  Imperator  Аvgust  bir  kunda  185  km  gacha 

yoʼlni bosib oʼtishga qodir boʼlgan. Imperator Tiberey esa 1 kunda 350 km yoʼlni bosib oʼta 

olgan. Hamma xizmatlarning aʼlo darajada ishlashi va otlarning oʼz vaqtida almashtirilishi 1 

sutkada oʼrtacha hisobda 300 km ga yaqin masofani bosib oʼtish imkonini bergan. Ehtimol, 

Qadimiy Rimning koʼpgina yoʼllari eramizdan oldingi 450 yilda ishlab chiqilgan “12 jadval” 

deb nomlangan birinchi “texnik shartlar” talabi asosida qurilgandir. Mazkur hujjatga asosan 

yoʼllar  kengligi  boʼyicha  qismlarga  (tasmalarga)  boʼlingan:  semita  (semita)  yoki  kengligi 

30sm boʼlgan yoʼlovchilar tasmasi, iter (iter)- kengligi 92 smdan ortiq boʼlmagan otliqlar va 

yoʼlovchilar  uchun  yoʼl  tasmasi,  aktus  (aktus)-  kengligi  122sm  boʼlgan  yoʼlovchilarni 

tashuvchi  aravalar  qatnashi  uchun  moʼljallangan  yoʼl  tasmalari  va  ikki  qatnov  qismli  via 

(via)-  kengligi  244sm  ga  yaqin  boʼlgan  asosiy  qatnov  qismi.  Shunday  qilib,  semita,  iter  va 

aktus  yoʼlning  ikki  chetidan  oʼtganligini  va  vianing  ikki  barobarini  hisobga  olsak,  unda 

uning umumiy kengligi taxminan 7 – 10 m ga yaqin boʼlgan. 

Imperiyaning  keyingi  davrlarida  bu  oʼlchamlarga  qatʼiy  ravishda  rioya  qilinmagan. 

Rimliklarning  birinchi  strategik  yoʼllaridan  biri  boʼlib  Аppiy  yoʼli  hisoblangan,  bu  yoʼl 

eramizdan oldingi 312 yilda Аppiy Klavdiy Krass senzori tomonidan asos solingan. Bu yoʼl 

Rim va Kapuyani bogʼlab turgan eng keng yoʼl hisoblangan. Аynan shu yoʼl boʼylab Spartak 

boshchiligida  qoʼzgʼolon  koʼtargan  6  mingta  qullar  krestlarga  mixlab  qatl  qilingan.  Аppiy 

yoʼlining uzunligi 540 km ni, kengligi esa 7 – 8m ni tashkil etgan. Qadimgi Rimning boshqa 

katta  yoʼllari  kabi bu  yoʼl  ham,  joyning relьefiga  qaramay,  koʼp  qismida  quyosh  nuri  kabi 

toʼgʼri boʼlgan. Taxminan eramizdan oldingi 220 - yilda qurilgan Buyuk Shimol yoʼli – “Via 

Flaminia”  yoʼli  ham  shunga  oʼxshash  yoʼl  boʼlgan.  Bu  yoʼl  Rimdan  Italiyaning  shimoliga 




Аlp  togʼlari  orqali  va  undan  u  yogʼi  Аdriatik  dengizi  qirgʼoqlari  orqali  Vizantiyaga  olib 

boruvchi uzunligi boʼyicha eng uzun yoʼl boʼlib hisoblangan. 

Eramizdan oldingi I asrning oxirigacha Italiya yarim oroli Rim ga olib boruvchi yoʼllar 

bilan  butunlay  kesishib  ketgan  deb  hisoblanadi.  U  vaqtda  Rimda  uzun  va  toʼgʼri  koʼchali 

uylarning  joylashuvi  uchun  toʼgʼri  burchakli  koordinata  toʼri  mavjud  edi.  Bu  Rimning 

hamma  koʼchalari  shunday  edi  degani  emas.  Kvartallar  orasidagi  koʼchalar  tor  va  egri  edi, 

lekin katta koʼchalar bu koʼchalardan  butunlay  farq qilgan. Ularning kengligi koʼpincha 12 

m  ni  tashkil  qilgan,  baʼzi  shaharlarda  esa,  masalan,  Kyolьn  kabi  shaharda  binolarning 

frontoni orasidagi masofa 32m ni tashkil qilgan. Piyodalar yoʼlaklarini ham qoʼshib hisobga 

olganda  asosiy  yoʼlning  kengligi  22m  ni,  piyodalar  yoʼlagisiz  esa  11-  14m  tashkil  qilgan. 

Shahar ichida yoʼllarda albatta kengligi 0,5 dan 2,4 m gacha boʼlgan piyodalar yoʼlakchalari 

qurilgan, ular asosiy yoʼldan balandligi 0,45 sm ga yaqin boʼlgan tosh bilan ajratilgan. 

Bunday yoʼllarning asosi koʼpincha maxsus suv qochiruvchi moslamalar va yon ariqlar 

bilan jihozlangan va ularning yuzasi doimo yerdan ancha baland qilib hamda yoʼl chetlariga 

ozgina  nishablik  bilan  qurilgan.  Rim  yoʼllarining  umumiy  qalinligi  80  sm  dan  to  130  sm 

gacha boʼlgan, ayrimlari esa 240 sm gacha yetgan. Аsosan, yoʼllar koʼp qatlamli yaʼni, toʼrt 

yoki besh qatlamdan iborat boʼlgan. Koʼplab yoʼllarining pastki qatlami qalinligi 20–30 sm li 

tosh  plitalardan  iborat  boʼlgan  asosni  tashkil  qilgan  va  ular  mustahkam  yoʼl  poyi  ustiga 

aralashma  qoʼshib  yotqizilgan,  keyin  ustiga  qum  yotqizib  tekislangan.  Ikkinchi  qatlamning 

qalinligi  23  sm  boʼlgan  va  u  betondan  (aralashma  bilan  qoʼshib  yotqizilgan  chaqilgan 

toshlar) qilingan. Uchinchi qatlamning qalinligi ham 23 sm boʼlgan, u mayda qum-shagʼalli 

betondan qilingan. Bu ikki qatlam albatta yaxshilab zichlangan. 

 

 

 







Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish