Xo‘jalik subyektlarining mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va vazifalari


Xo‘jalik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va vazifalari



Download 0,78 Mb.
bet2/10
Sana31.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#520571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
курс иши молия

Xo‘jalik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va vazifalari.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona ishlab chiqarishi ko‘zda tutgan mahsulotlar hajmi iste’molchilarning ko‘lami hamda korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boyliklarning chegaralanganligi mo‘l-ko‘l tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda korxona o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri belgilay olishi muhim ahamiyatga ega.
Korxona faoliyatini tahlili mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va uni sotish tahlilidan boshlanadi, chunki ishlab chiqarish va sotish hajmlari faoliyat yuritishning asosiy ko‘rsatkichlaridir. Ishlab chiqarilgan va sotiladigan mahsulotning hajmi, assortiment, sifatiga xarajat, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Tahlil natijalari asosida aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi, jumladan:

  • mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab shakllanadi;

  • ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda aniq hajmdagi mahsulot miqdori belgilanadi;

  • ishlab chiqarish xarajatlari smetasi tuziladi;

  • moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalari shakllanadi;

  • mehnat resurslariga talab baholanadi.

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari korxona tomonidan bozor kon’yunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda rejalashtiriladi.
Mamlakatimizda oqilona va samarali iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi va hayotga izchil ravishda tatbiq etilishi, barqaror rivojlanishni asosiy manba, omillarining to‘g‘ri tanlanishi va ularga ustuvor ahamiyat berilishi keyingi yillarda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanishiga imkoniyat yaratmoqda.
Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda mo‘l-ko‘lligi, raqobatchilarning imkoniyatlari va iste’molchilarning ixtisoslik tovarlarga bo‘lgan talablarining o‘zgarib turishi ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar turi, miqdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar o‘rtasida kelishiladi, demak, mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi iste’molchilarning talab va istaklariga bog‘liq bo‘ladi.
Ichki imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda korxonadagi barcha mavjud boyliklardan to‘liq foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kerakli me’yorda, ya’ni foyda olishni to‘liq kafolatlangan sharoitini ta’minlashni ko‘zda tutib ishlab chiqarish tashkil etiladi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejada mo‘ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati, sof pul mablag‘larining hisobot davri oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir.
Boshqaruv hisobotida ishlab chiqarish ko‘rsatkichi natura va qiymat shakllarida aks etadi. Jami korxona bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmat qiymat shaklida aks ettiriladi. Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assortimentda sifatli bajarishi lozim. Hozirgi sharoitda mahsulotni ishlab chiqarish hajmi korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va rejalashtiriladi.
Mahsulot mo‘l-ko‘lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar bilan ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini kuzatar ekanmiz, rivojlanish darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar chet el sarmoyasi kiritilgan mamlakatlar iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlanib, salmoqli yutuqlarga erishayotganligining guvohi bo‘lamiz. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra bir yilda qariyb 400 mlrd. AQSh dollari hajmidagi xorijiy sarmoya bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, bir mintaqadan boshqa mintaqaga olib kiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar barcha firma va kompaniyalarda mahsulotlarni eng avvalo sotish uchungina ishlab chiqarishni tashkil etadilar, faqatgina buyurtmachi talabi asosida va iste’molchilarning didini mo‘ljallab, barcha talabni qondirish maqsadida sifatli tovarlar ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Mahsulotlarning o‘z muddatida sotilishi ishlab chiqarishni maromida davom etishini ta’minlaydi, boyliklarning aylanishini tezlashtiradi. Mahsulot sotish orqali qilingan doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar qoplanadi va firma foyda ko‘rishni mo‘ljallaydi. Sotish hajmi ishlab chiqarish jarayonining so‘nggi bosqichidir. Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona birinchi galdagi to‘lovlarni amalga oshiradi. Bu hisob-kitoblarning o‘z vaqtida bajarilishi turli xil jarima, iqtisodiy ogohlantirishlar va penyalar to‘lashdan korxonani qutqaradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida sotilishi korxonaning ijobiy moliyaviy natijaga erishishi, dividend to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi, mulk va mablag‘larning uzluksiz hamda samarali aylanishi kabi ko‘pgina moliyaviy ahvol munosabatlarini yaxshilash imkoniyatini tug‘diradi. Sotish jarayonini muddatida bajarilishi korxonaning ishlab chiqarish va ta’minot jarayonlarini ham tezlashishiga ta’sir etadi, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartiradi, pul oqimlarini ijobiy bo‘lishini ta’minlaydi. Bu fikrlarni oddiy ifodalash maqsadida quyida mablag‘larning korxona va firmalardagi harakat qilishini chizma shaklida keltiramiz.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish