Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Darsda qo‘llaniladigan ko‘rgazma va boshqa didaktik qo‘llanmalarning rolini ko‘rsatish; 5



Download 11,02 Mb.
bet22/71
Sana12.09.2021
Hajmi11,02 Mb.
#172471
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
Matematika majmua 2021 to`g`rilangan

4. Darsda qo‘llaniladigan ko‘rgazma va boshqa didaktik qo‘llanmalarning rolini ko‘rsatish;

5. Dars natijasini baholash. Baholashning muhim belgilaridan biri shuki, darsda o‘z maqsadiga erishganligi, har bir o‘quvchi to‘laligicha mustaqil ish qilganligi, ularning barchasi o‘qituvchi rahbarligida amalga oshirilganligi ko‘rsatiladi. Dars tahlilini qilishda shu narsani tushunish zarurki, u holda dars to‘g‘ri baholanadi, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning pedagogik jaryonlari bir maqsadga qaratilgan bo‘lsa.

Boshlang‘ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo‘nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba’zi masalalari nazariy xarakterda bo‘lsa, boshlang‘ich maktabda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun amaliy faoliyat natijasida va amaliy faoliyat uchun kiritiladi. O‘quvchilarning to‘g‘ri to‘rtburchak tushunchasini o‘zlashtirishlari, ular endilikda to‘g‘ri to‘rtburchak ta’rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy keltirib chiqarishni va ba’zi xossalarini isbotlashni bilishlarini, ta’rifi, alomatlari va xossalaridan amaliy masalalarni yechish uchun foydalana olishlarini bildiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o‘lchash yo‘li bilan aniqlaydilar va to‘g‘ri to‘rtburchakni yasash, uning perimetri va yuzini o‘lchash va hisoblash uquvini egallaydilar.

O‘quvchilarda boshlang‘ich maktabda shakllanadigan amaliy uquvlardan ko‘pchiligi butun o‘rta maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, Masalan, son haqida 1 va 5 sinflar o‘quvchilari ega bo‘lgan tasavvurlar tubdan farq qiladi. Biroq, quyi sinflarda shakllanadigan arifmetik amallarni yozma va og‘zaki bajarish uquvlarini ham o‘zlashtirishsa, o‘rta sinflarda ham, yuqori sinflarda ham foydalaniladi.

Shunday qilib, o‘quvchilarda puxta amaliy uquv va malakalarni shakllantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda u o‘zaro bog‘langan ikkita metodik muammoni hal etishi kerak:

1) ma’lum amaliy ishlarning bajarilish jarayoni mazmunini detallashtirish va konkretlashtirish;

2) o‘quvchilarning bu ishlarni o‘zlashtirishlari metodikasini va o‘zlashtirish ustidan samarali nazoratni ishlab chiqish.

Aytaylik, biror jarayonni elementar ishlarning chekli, qat’iy ketma-ketligi sifatida tasvirlash mumkin bo‘lsin (elementar ish deb, bajarilish jarayoni ma’lum bo‘lgan ishni tushunamiz). Berilgan jarayonni amalga oshirish uchun qaysi elementar ishlarni va qaysi ketma-ketlikda bajarish lozimligini ko‘rsatuvchi buyruqni algoritm deb ataladi.

Agar biror ishni bajarish algoritmi ma’lum bo‘lsa, u holda uni amalga oshirish uquvini shakllantirish, umuman aytganda, o‘qitilayotgan bolaga uni yetkazishdan iborat bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, algoritmlarni ishlab chiqish muhim metodik ahamiyatga ega, algoritmlarning o‘zlari esa o‘qitish mavzulari bo‘ladi.

Algoritmlarni o‘qitish mavzusi sifatida tuzishda yuqorida ko‘rsatilgan asosiy talablardan tashqari yana bir qator didaktik shartlarni ham hisobga olish zarur. Bir xil ishlar sinfining o‘zi uchun turli algoritmlar tuzilishi mumkin bo‘lib, ular bir-biridan elementar ishlar soni va ularning lozimligi bilan farq qiladi. SHu sababli o‘rganilayotgan algoritm oqilona tarzda berilishi, ya’ni eng kam sondagi yetarlicha sodda elementar ishlardan iborat bo‘lishi lozim.

Boshlang‘ich sinflar o‘quv materialiga nisbatan bir necha variantdagi algoritmlarni ko‘rib chiqamiz.

Siniq chiziq uzunligini aniqlash algoritmini ko‘raylik.

A1: 1. Siniq chiziqning har bir bo‘g‘inini o‘lchash. 2.Olingan qiymatlar yig‘indisini topish.

A2: 1. Siniq chiziq bo‘g‘inlari uzunliklari yig‘indisiga teng kesma yasash. 2. Hosil bo‘lgan kesmani o‘lchash.

Ikki xonali sonni bir xonali songa bo‘lish algoritmlarini qaraymiz. Mazkur sinf amallarini o‘rganish vaqtiga kelib, o‘quvchilar bo‘lish jadvalini biladilar, nolь bilan tugaydigan ikki xonali sonni bir xonali songa bo‘lishni va yig‘indini songa bo‘lishni biladilar. Agar bo‘lishni ko‘zda tutadigan bo‘lsak, shunday amallar va faqat shulargina o‘quvchilar uchun elementar ishlar bo‘ladi.

A3: 1. Bo‘linuvchini ikkita qo‘shiluvchining yig‘indisi ko‘rinishida shunday ifodalash kerakki, ulardan biri maksimal sondagi yaxlit o‘nliklar bo‘lib, bo‘luvchiga bo‘linsin. 2. Yig‘indini bo‘luvchiga bo‘linsin.

A4:1. Bo‘luvchini ikkita qo‘shiluvchi yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash, bunda ulardan biri bo‘luvchiga bo‘linsin va nol’ bilan tugasin. 2.Agar ikkita qo‘shiluvchini bo‘linmaga bo‘lish jadvali bo‘lish bo‘lsa, u holda 3 - ishni bajarilsin; agar bunday bo‘lmasa, 1-ish bajarilsin. 3.Yig‘indini bo‘luvchiga bo‘linsin.











Hamma sinflar masalalari uchun ham algoritm tuzib bo‘lavermaydi. Masalan, arifmetik masalalar shartlari bo‘yicha ifodalar (tenglamalar) tuzish uchun, berilgan sonli ma’lumotlar, ifodalar (tenglamalar bo‘yicha matnli masalalar tuzish uchun, matnli masalalar shartlarini qisqa yozish uchun algoritm ishlab chiqish mumkin emas.

Ikkinchi tomondan, ko‘pchilik sxemalar, yo‘riqnomalar, buyruqlar tashqi tomondan algoritmlarga o‘xshasada, lekin aslida algoritmlar emas. Bu narsa,

xususan, o‘quvchilarga masalaning ustida ishlashlari bo‘yicha eslatmaga ham taalluqlidir .

1.Masalani diqqat bilan o‘qing va masaladagi har bir son nimani bildirishini o‘ylab ko‘ring. Masalada aytilayotgan holatni fikran tasavvur qilib ko‘ring.

2.Agar masala murakkab bo‘lsa, uning shartini qisqacha yozing, unga oid sxema yoki rasm chizing.

3.Masalani ikkinchi marta o‘qing va uni ichingizda so‘zlab bering.

4.Masalaning savoliga javob berish uchun nimani bilish kerakligini o‘ylab ko‘ring va h.k.

Darhaqiqat, 1-4 ishlardan hech biri elementar ish emas.

Boshlang‘ich sinflarda algoritmlashtirish mumkin bo‘lgan jarayonlarning eng muhim sinflarini sanab o‘tamiz: 1) “katta”, “kichik”, “teng” munosabatlarini o‘rnatish; 2) og‘zaki va yozma hisoblashlar; 3) tenglamalarni yechish; 4) geometrik shakllarni yasash; 5) sonning ulushini, sonning kasrini, sonning ulushi bo‘yicha uning o‘zini aniqlash.

Chizg‘ichdan foydalanib 1-sinfda o‘rganiladigan kesma va ularni o‘lchash, ikki nuqta orasidagi masofani o‘lchash kabi topshiriqlar algoritmi tuziladi.

Endi ikkinchi metodik muammoni qaraymiz, u o‘quvchilarga algoritmlarni o‘rgatishning umumiy qonuniyatlarini ochishdan iborat edi.

Yuqorida aytildiki, algoritmlashtirilishi mumkin bo‘lgan ma’lum amaliy faoliyatni o‘qitish tamoyilga ko‘ra ushbu bosqichlarga bo‘linadi: o‘qituvchi algoritmni ishlab chiqadi; o‘qituvchi algoritmning mazmuni bilan o‘quvchilarni

tanishtiradi; o‘quvchilar mazkur algoritmdan ko‘p marta foydalanib, uni o‘zlashtiradilar.

O‘rta maktab uchun matematika dasturlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich maktabning yuqorida ko‘rsatilgan algoritmik masalalarning sinflariga nisbatan vazifasi juda turlichadir. Masalan, og‘zaki va yozma hisoblash algoritmlarini o‘quvchilar avtomatizm darajasida o‘zlashtirishlari zarur. Bu narsa “katta”, “kichik”, “teng” munosabatlarini o‘rnatish algoritmlariga ham xosdir. Tenglamalarni yechish, geometrik shakllarini yasash, ulushlar va kasrlar ustida amallar bajarish usullarini o‘rganish esa o‘rta sinflarda yuqoriroq darajada davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari tenglamalarni yechish bilan arifmetik amallarning komponentlari va natijalari orasidagi bog‘lanishi, geometrik shakllarni yasash bilan geometrik shakllarning ta’rifi va tavsifini, ularning ba’zi xossalarini, sonning kasrini va ulushini topish bilan ulush va kasr tushunchalari ma’nosini o‘zlashtiradilar.

O‘quvchilarni algoritmlar bilan tanishtirishda ikkita metodik yondoshuv bo‘lishi mumkin.

1. Ilgari o‘rganilgan elementar ishlarni ma’lum ketma-ketlikda, tizimda bajarish mutlaqo yangi masalani hal etish imkonini berishini o‘quvchilarga aniq misollarda ko‘rsatiladi. o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida mazkur algoritmni qayta amalga oshiradilar. Bu tajriba sxema shaklida umumlashtiriladi va u yo individual (shaxsiy) kartochkalarda, yoki maxsus jadvalda qayd etiladi. Bu sxemadan foydalanayotganda, o‘quvchilar, dastlabki vaqtlarda har bir elementar ishning nomini, uning mazmunini tovush chiqarib aytadilar. Keyin ayrim o‘quvchilar elementar ishlarning bajarilishini Ba’zan tovush bilan sharhlaydilar, qolgan o‘quvchilar esa buni ichlarida bajaradilar. Algoritmdan foydalanish masalasining rivojlanib borishi bilan o‘quvchilar tegishli ishni sxemaga qaramasdan bajaradilar. Algoritmni shakllantirishga bunday yondoshuvda bu algoritmni tashkil etuvchi elementar ishlar va ularning bajarilish tartibi o‘quvchilarga endi tayyor ko‘rinishda beriladi.

2. Algoritmning shakllanishi sekin-asta va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ro‘y beradi, o‘quvchilarning faol ishtirokida elementar ishlar anglangan tarzda tanlanadi, ularning bajarilish ketma-ketligi aniqlanadi. Buning uchun tuzilish algoritmi ishlab chiqilayotgan ob’ektlarning ilgaridan ma’lum ta’riflaridan, xossalaridan foydalaniladi, “o‘xshash” ob’ektlar uchun endilikda ma’lum bo‘lgan algoritmlardan to‘laligicha yoki qisman foydalanish imkoniyatlari tekshiriladi. Bunday yondoshuvda o‘quvchilarning algoritmni tuzishdagi ishtiroki ulushi yetarlicha katta bo‘lishi mumkin, tuzish jarayonining o‘zi esa mazmuni bo‘yicha tadqiqot ishiga yaqin bo‘ladi. Bunday yondoshuvni amalga oshirishga oid bir necha misol keltiramiz.




Download 11,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish