Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


-§. Avestoda ijtimoiy tizim va siyosiy g’oyalar



Download 1,83 Mb.
bet36/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

2-§. Avestoda ijtimoiy tizim va siyosiy g’oyalar
Avestoning eng qimmatli tomonlaridan biri – u O’zbekiston xalqlari qadimgi tarixi o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Avestoni to’plam holda to’plagan olim Anketil Dyupperon ( Frantsiya) bo’lib, u XVIII asrning o’rtalarida bu muqaddas kitobni Hintistondagi Gujarat viloyatidan keltiradi va frantso’z tilida chop ettiradi. Tadqiqotchilar uni qo’yidagi qismlardan iborat deb hisoblaydilar: - « Yasna» - «qurbonlik keltirish», «Yasht»- «qadrlash», «Videvdat» - «devlarga qarshi qonunlar», «Visprat» - «barcha hukmdorlar». «Yasna» dagi 72 ta bobdan 17 tasi payg’ambar Zaratushtraga tegishli. Ular – «Gota» lar nomli «muqaddas qo’shiqlar» yoki madhiyalardir.
Videvdatda O’rta Osiyodagi viloyatlar va davlatlar haqida qo’yidagicha mahlumotlar beriladi: «Men, Axuramazda eng yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida birinchi bo’lib Vanxvi Daiti bo’yida (ko’pchilik tadqiqotchilar uni Amudaryo deydilar – E.B. ) Aryanam Vayjoni yaratdim, shunda o’lim keltiruvchi Anxro Manyo… devlar va qishni yaratdi…Men Axuramazda yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida ikkinchi bo’lib Sug’diylar yashaydigan Gava makonida asos soldim». SHundan so’ng Mouru (Marg’iyona), Bahdi (Baqtriya) Nisaya (Parfiya), Xarayva (Hirot), Voixa- Girta (Qabul atroflari), Avrara (Tus), Xiyrman (Hilmend vohasi) kabilar eslatiladi. Hammasi bo’lib Avestoda 16 ta mamlakat-viloyat tilga olingan bo’lib ulardan Gava, Bahdi, Nisaya va Mouru aniq lokalizatsiyaga ega. Qolganlari esa hozirgi qaysi hududlar ekanligi taxmin qilinadi.
Bahzi olimlar, Aleksandr Makedonskiy qadimgi forslar sulolasini tor-mor etganidan so’ng Avestoning eski qismlari yo’q qilingan deb hisoblaydilar. Ammo, Parfiya podshosi Vologez I davrida (milodning 51-78 yillari) bu kitobning qolgan-qutgan qismlari to’planadi va keyinroq tahrir qilinadi.
Avestoning eng qadimgi qismlari keng hududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqida yozuvsiz zamonlarga oid tasavurlarni ham saqlaganlar. Avesto kitoblari turli xil mahlumotlarni o’z ichiga oladi. SHular jumlasidan - qadimgi geografik tushunchalar – daryolar, tog’lar, ko’llar nomlari, hududiy- etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlarning ro’yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy to’zum, diniy nasihatlar, zardo’shtiylarning falsafasi, Dune tarixi rivojlanishi haqidagi mahlumotlar va boshqalardir.
Olimlarning ehtirof etishlaricha, Avesto SHarq xalqlari qadimgi davrlarini tadqiq etishda hozirgacha muhim manba bo’lib, u o’zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoldi. Bu kitob dastavval ehtiqodlar, tillar va dinlar, bir so’z bilan aytganda, mahnaviyat va madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to’plam hisoblanadi. Tahkidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiyot rivojlanishining umumiy doirasida bo’lib o’tgan.
Avesto mahlumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o’rgangan olimlarning fikricha, mil. avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o’zgarishlar sodir bo’lib, davlatchilikning ilk ko’rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o’zlashtirishi natijasida chorvador ko’chmachilikdan o’troq dehqonchilikka o’ta bshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg’iyona, Parfiya, Sug’diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo’lgan edi. Misol uchun, Avestoning «Vandidod» kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o’n oltita mamlakat (o’lka ) ning hududiy – mahmuriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid mahlumotlar berilgan.
Ushbu mahlumotlarga ko’ra davlatni, kavi yahni, boshqaruv tizimi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug’ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. O’z navbatida davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo’lidan ikkinchisiga meros sifatida o’tishi diniy va dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan.
Avesto davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida mahlumotlar beradi. Bu mahlumotlarga ko’ra, mil. avv. VII-VI asrlarda O’rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lib, har bir oila o’rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila ahzolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar hayotida urug’chilik tuzumining ayrim xususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila ahzolari tomonidan xo’jalikni tashkil etish, yerga birgalikda egalik qilish va umumiy turar joyda – uy-qo’rg’onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir.
Davlatning boshqaruv tizimi oilalar yoki uy-joy birlashmasi – «nmana»yoki «dmana», katta oila oqsoqoli – «nmanapati», urug’ jamoasi boshlig’i – «vis», katta qishloq oqsoqoli «vispati», qabila boshlig’i – «zantupati», viloyat hokimi – «daxyupati», bir necha viloyatlar hokimi – «daxyusastar», mamlakat hokimi – «kavi» lardan tashkil topgan. Avestoda oila, urug’ va qabila boshlig’ini anglatish uchun «pati» so’zi ishlatilgan. «Kavi» yoki «sastar» mamlakatni idora qilgan shaxsga nisbatan ishlatilgan. Avestoning Yasht kitobida quyidagicha mahlumot bor: “Ko’p yaylovlarga ega bo’lgan Mitrani biz ulug’laymiz .Unga hech kim yolg’on gapiraolmaydi: uyda oila boshlig’i, urug’ oqsoqoli, qabila yo’lboshchisi va mamlakat hokimi ham yolg’onchi bo’lsa, g’azablangan Mitra butunlay oilani, urug’ni, qabilani, mamlakatni va ularning boshliqlarini ham tamoman yo’q qiladi.”
Ayrim tadqiqotchilar (H. Boboev, T. Do’stjonov, S. Hasanov, Ya. Ollamov) ilmiy tahlillarga asoslanib Avestoda tasvirlangan va O’rta Osiyo hududida shakllangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelish jarayonini quyidagi uch davrga ajratadilar:
Birinchi davr – eng qadimgi davr bo’lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo’lgan.
Ikkinchi davr – yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o’rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan.
Uchinchi davrda – aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo’lgan.
A. S. Sagdullaev uzoq yillik qiyosiy tadqiqotlar asosida Avesto davri davlat boshqaruvini quyidagicha izohlaydi:

Boshqaruv tizimi





Avesto tushunchalari



Uy qo’rg’on jamoasi

Uy egasi

«Nmanopati»


Qishloq jamoasi

Qishloq oqsoqoli

«Vispati»


Tuman – bir necha qishloq jamoalari

Oqsoqollar kengashi

«Xanjamana»


Viloyat (bir necha tuman)

Viloyat hokimi

«Dahyupati»


Mamlakat

Mamlakat hokimi

«Kavi»

SHuningdek, olimning fikricha, Avestoning Yasht kitobida keltirilgan mahlumotlar O’rta Osiyoda qabilalar siyosiy birlashmasining tarkib topgan davrlariga mansub bo’lishi mumkin. Avesto davrida xususiy mulk quyidagilardan iborat bo’lgan: uy-joy, chorva, tomorqa yerlari, ishlab chiqarish qurollari, barcha ro’zg’or va shaxsiy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari.
Avesto kitoblarida qadimgi chorvachilik va dehqonchilik hayoti haqida mahlumotlar turli qismlarda saqlangan bo’lib ularda shunday deyiladi: «Biz Axuramazdani ulug’laymiz, Axuramazda yaratgan barcha narsaning ichida eng muhim bo’lib, birinchi o’rinda chorva turadi. Biz chorvaga tinch o’tlov va yemish tahminlashga chaqiramiz». Yoki Videvdat kitobida dehqonchilik sabab ish ekanligi tahkidlangan: «Kim agar chap va o’ng qo’li, o’ng va chap qo’li bilan bu zaminga ishlov bersa, O. Spitama Zaratushtra, u yerga manfaat keltiradi».
Tahkidlash joizki, Avesto davri qabilalar va jamoalar ehtiqodlarining mukammal jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davri edi. SHuningdek, bu davr tub iqtisodiy o’zgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg’a siljishlar davri bo’lganligi bilan ham izohlanadiki, bu holat ierarxik to’zumga ega bo’lgan davlatchilik hamda urbanizatsiyaning yangi bosqichga ko’tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi galda metallurgiyaning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan edi.
Mis, bronza, keyinroq temirning paydo bo’lishi ishlab chiqarishdagi katta o’zgarishlarga, jumladan hunarmandchilikning maxsus tarmoqlarga ajralishiga va mahsulot ayirboshlashga olib keldi-ki, bu jarayon O’rta Osiyo qadimgi shahar va qishloqlarining rivojlanishiga, ziroatkor va chorvador aholi turmush tarzining tubdan o’zgirishiga olib keldi.
Avesto ko’pgina mahlumotlar qatori metallurgiya sohasida erishilgan yutuqlar haqida ham mahlumotlar beradi. Bunga Avesto xudolarining boy qurol – yarog’lari misol bo’la oladi. Masalan, zardo’shtiylarning ulug’ xudolaridan biri Mitra «oltin arava»da tasvirlanib, qo’lida «sariq mahdandan yasalgan, tilla bilan qoplangan, yuz tig’li va yuz zarbali, eng kuchli va eng zafarli» bolta ushlab turadi. Mitraning aravasida yoki qalqonida kumush va oltindan bezaklar solinadi. Mitraning aravasida «o’tkir, yaxshi charxlangan, ilohiy uchadigan va ilohiy kesadigan» minglab o’tkir o’qlar va nayzalar, minglab pichoqlar va cho’qmorlar tasvirlangan.
Avestoda tilga olingan viloyatlar ( o’lkalar ) – Aryanam Vayjo, Gava Sug’da, Mouru, Bahdi, Nisaya kabilar, O’rta Osiyo, Janubiy Uraloldi va Markaziy Qozog’iston hududlarida joylashgan bo’lib bu ulkan mintaqada muhim polimetallar bazasi, Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida keng yaylov hududlar, Baqtriya, Marv, Niso va Sug’dda urbanizatsiyalashgan markazlar mavjud edi.
Avesto madhiyalarida mahlum ijtimoiy bosqichlardagi izchillik va ierarxiyani ham ajratish mumkin. SHuningdek, Avestoda ilk shaharlar shakllanish bosqichlari Axuramazda farmoni bilan dastlabki odam Yima tomonidan mustahkamlangan «vara» bunyod etishi misolida ko’zatiladi. Bunday «vara» lardan biri arxeologlar tomonidan Janubiy Ural – Qozog’istondagi «shaharlar o’lkasi» dan topilgan bronza davrida oid Arkaim yodgorligida bo’lishi mumkin. Arkaim yodgorligi bir nechta mustahkamlangan manzilgohlardan iborat bo’lib, xandaqlar va qatorli mudofaa devorlari bilan o’rab olingan, kirish qismi himoyalangan. Yodgorlik murakkab va aniq tuzilishga ega. Yodgorlik hududlaridan, hunarmandchilikning avvalo, metall eritish va unga ishlov berishning izlari, bronzadan yasalgan buyumlar Avesto madhiyalarida eslatilgan «vara» shaklidagi bunyod etilishi shahar madaniyati belgilarini, ijtimoiy va madaniy tarqqiyotining yuqori darajasini, nom-davlatlar ko’rinishidagi shaharlar shakllanishini o’zida aks ettiradi. Bu jarayonning bosqichma –bosqich rivojlanishi esa, O’rta Osiyoning janubiy va markaziy hududlarida ko’zatiladi.

3-


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish