OLTINGUGURT IKKI OKSIDINI OLTINGUGURT UCh
OKSIDIGA OKSIDLANISh STATIKASI.
Bu yerda oltingugurt uch oksidini chiqishiga ta'sir etuvchi omillar o'rganiladi. Oksidlanish jarayoni quyidagi reaksiya bo'yicha ketadi:
SO2(g ) Q 0,5O2(g ) = SO3(g) Q Q16 (1)
Bu reaksiya gomogen, ekzotermik va amaliy qaytardir, hamda hajm torayishi bilan ketadi. SO2 ni SO3 ga oksidlanish jarayoni hajm torayishi va xarorati oshishi bilan ketganligi uchun Le - Shatele prinsipiga asosan, oltingugurt uch oksidini chiqishini oshirish uchun bosimni oshirib, temperaturani kamaytirish kerak. 400-7000S oralig'ida oltingugurt ikki oksidini oltingugurt uch oksidga oksidlanish reaksiyasining bosim domiyligidagi issiklik effekti QP quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin:
QP = A - B T; yoki QP 1g'T (3)
ya'ni reaksiya issiqlik effekti temperaturaga teskari proporsional;
Reaksiyaning muvozanat domiysi KMD:
KMD = ___ RS03 _ = atm -0,5 = Pa-0,5; (4)
Pso2 *Po20,5
Bu yerdan: Kmd 1g't temperaturaga teskari proporsional.
LgKm.d.= AI VI; Bu yerdan Km.d 1 (5)
T T
Bu yerda:
T - temperatura, K; A, V, AI, VI – o'zgarmas miqdorlar;
RSO2, PO2, RSO3, - muvozanat sharoitidagi SO2, O2 va SO3 ulushli bosimlari.
MUVOZANAT ShAROITIDAGI OKSIDLANISh DARAJASI VA UNGA TEXNOLOGIK OMILLAR TAЪSIRI.
Sulfat kislota ishlab chiqarish texnologiyasida muvozanat sharoitidagi oksidlanish darajasi Xm.sh.o.d. tushunchasi ishlatiladi va u quyidagicha topiladi.
Pso3
Xm.sh.o.d.=----------------- 1 (6)
PSO3 Q PSO2
Muvozanat sharoitidagi oksidlanish darajasi bir qator omillarga bog'liqdir:
Xm.sh.o.d.= ------------------------------ (7)
Km.d. Q 100-0,5Хм.ш.о.л.
Р(в-0,5Хм.ш.о.л.)
Bu yerda: a - o'choq gazi tarkibidagi SO2 ning % miqdori;
v - o'choq gazi tarkibidagi O2 ning % miqdori;
R - o'choq gazining umumiy bosimi;
KMD - muvozanat doimiysi;
Bu tenglamadan kurinadiki:
Хм.Ш.О.Д. КМ.Д.; Р; В; -; -; 1 1 1 ------ (8)
Т а Хм.ш.о.д.
Bu yerdan ko'rinib turibdiki, muvozanat sharoitidagi oksidlanish darajasi bosim va o'choq gazi tarkibidagi kislorod miqdoriga to'g'ri proporsional, SO2ning %miqdoriga, temperaturaga (chunki Kmd(1g'T edi), Xmshod ga teskari proporsional. Ammo, bizga ma'lumki, sulfat kislota ishlab chiqarish uchun asosan SO2 kerak. O'choq gazi tarkibidagi O2 mikdori SO2 miqdori o'zaro bog'liqdir va ularni bir - birga bog'lanmagan holda o'zgartirib bo'lmaydi:
RO2(u.g) = 21 - Rso2 yoki V = 21 – a (9)
Shu munosabat bilan amaliyotda o'choq gazining optimal tarkibi sifatida 7% SO2 (birlamchi kontaklash apparatlari uchun) va 9-10% SO2 (ikkilamchi kontaktlash apparatlari uchun) qabul qilingandir. Bosim oshgan bilan Xm.sh.o.d.ning miqdori juda oz miqdorda oshadi. Shu tufayli sulfat kislota qurilmalarida yuqori bosim ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |