Xalqaro valyuta bozori



Download 0,64 Mb.
bet81/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

Xususiy shaxslar. Jismoniy shaxslar keng ko’lmada nosavdo operatsiyalarni, Xususan, turizm, ish haqi, pensiya, gonorarlarni o’tkazish va naqd valyuta oldi - sotdisini bajarishadi. 1986 yildan boshlab esa, marja savdosi kiritilishi bilan jismoniy shaxslar FOREX bozorida bo’sh pul mablag’larni investitsiyalash imkoniga ham ega bo’lishdi.
9-mavzu. Valyuta bozorining fundamental tahlili mexanizmi

Reja

4.6. Tahlil metodlari. Fundamental omillar tahlili

Fundamental omillar milliy iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Bu omillar valyuta bozori ishtirokchilarining bozor to’g’risidagi o’rta muddatli istiqboli haqidagi kutishlariga ta’sir qiladi.

Odatda mazkur makroiqtisodiy statistika ma’lumotlari tegishli davlat milliy statistika organlari (O’zbekiston Respublikasida Davlat statistika qo’mitasi) tomonidan hisoblab chiqiladi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Turli axborot agentliklari, shuningdek, Reyter agentligi ham eng so’nggi statistik ma’lumotlar chop etilgan zahoti ularni o’z foydalanuvchilariga tezkor tarzda yetkazib berishni ta’minlaydilar.

Odatda, jahon valyuta bozorlarida, qaysiki ulardagi chayqovchilik operatsiyalarining 80% dan ortig’i Amerika dollarida amalga oshirilar ekan, AQSh iqtisodiyotining asosiy ko’rsatkichlari katta ta’sir kuchiga egadir, bu esa o’z navbatida dollar kursining boshqa valyutalarga nisbatan ko’tarilishi yoki pasayishiga olib keladi. Valyuta kursiga ta’sir qiluvchi fundamental omillarning ikki muvaqqat jihatini ko’rsatib o’tish mumkin:



  • uzoq muddatli ta’sir, ya’ni fundamental omillarning muayyan majmuasi milliy iqtisodiyotning holatini aniqlab beradi, demak, valyuta kursining bir necha oylar va hatto yillar davomidagi o’zgarishi trendini ham belgilaydi. Kurs o’zgarishining bunday o’rta muddatli bashoratlanishi strategik pozitsiyalarni belgilashda qo’l keladi. Masalan, AQSh savdo balansining Yaponiya bilan ko’p yillardan beri manfiy qoldiqqa ega bo’lishi dollar kursining yapon ienasiga nisbatan doimiy ravishda pasayib borayotganligi sabablidir (1985y. 250 dan 2001y. 120 gacha). O’rta va uzoq muddatli ta’sirni aniqlashda bir oydan ko’p bo’lgan muddatdagi (chorak, yil) statistik ko’rsatkichlardan foydalaniladi.

  • qisqa muddatli, ya’ni chop etilgan statistik ko’rsatkichning valyuta kursiga ta’sir etishi va bu ta’sirning bir necha soat yoki hattoki bir necha daqiqa davom etishidir. Masalan, o’tgan chorak davomida AQShning Yaponiya bilan savdo balansi defitsitining kamayganligi haqidagi ma’lumotlar bir necha soat davomida dollarning yapon ienasiga nisbatan kursining ko’tarilishiga olib kelishi mumkin (118,20 dan 119,45 gacha). Nisbatan qisqa davrlarda (hafta yoki oy) hisoblangan ko’rsatkichlar valyuta kursiga qisqa muddatli ta’sir qiladi.

Valyutani sotish yoki sotib olish to’g’risida qarorlarni qabul qiluvchi valyuta dilerlari tegishli ko’rsatkichlar haqida yangi ma’lumotlar chop etilganidan so’ng darhol bir necha savollarga javob berishlari kerakki, ularning to’g’ri yoki noto’g’riligiga qarab bankning oladigan foydasi yoki zarari miqdori o’zgarib turadi. Masalan:

  1. Bu raqamlar bozor tomonidan kutilgan raqamlarmi yoki aksincha, kutilmagan o’zgarishlarmi?

Banklar dilerlari iqtisodiy ko’rsatkichlarning o’zgarish prognozini avvaldan bilganlari uchun, bu ko’rsatkich chop etilganidan keyin dastlabki soniyalardayoq prognoz qilingan va haqiqiy ma’lumotlarni solishtiradilar. Agar bu ma’lumotlar bir-biriga mos kelsa, valyuta kursi sezilarli o’zgarmaydi. Bu holatda aytiladiki, bozor avvaldan mazkur ko’rsatkichning qiymatini valyutaning joriy kursiga “kiritgan” yoki “diskontlagan” (discounted yoki priced in) va uning harakati kutishlarga mos ravishda o’zgargan. Chop etilgan ko’rsatkich yoki kutilayotgan xabarga qarab, valyuta kursining o’zgarish xarakteri bozor ishtirokchilarining (qaysiki ular mazkur ko’rsatkichning qiymatini allaqachon joriy valyuta kursiga kiritganlar) bozordagi ulushiga (salmog’iga) bog’liq bo’ladi.

Masalan, AQSh YaMM ning o’sish ko’rsatkichining chorak davomida 1,2% dan 0,4%ga pasayishi prognoz qilinayotganligi ma’lum bo’ldi. Bu hali faqatgina prognoz ma’lumotlar bo’lishiga qaramasdan, ko’pgina dilerlar avvaldan o’z dollarlarini ienaga sotishni boshlaydilar, bu esa o’z navbatida kursning pasayishiga olib keladi. Agar bu dilerlarning bozor umumiy hajmidagi ulushi salmoqli darajada bo’lsa, ma’lumotlarning chop etilish vaqtida (chorshanba kuni GMT bo’yicha soat 13-30 da) bozorning harakati ko’rsatkichning aniq raqamiga bog’liq bo’ladi:



  • Agar YaMMning o’sishi ko’rsatkichi 0,4% ni tashkil qilsa, kurs darajasi deyarli o’zgarmaydi;

  • Agar YaMM ning o’sish ko’rsatkichi kutilgan qiymatdan oshsa, masalan, 0,9% bo’lsa, dollar kursi biroz ko’tarilishi mumkin;

  • Agar YaMMning haqiqiy o’sishi 0,1%, ya’ni kutilganidan past bo’lsa, demak dollar kursi yanada pasayadi;

  • Agar YaMM o’sishi juda ham yuqori va bozorning umuman kutmagan darajasigacha ko’tarilsa, bu joriy iqtisodiy vaziyatni o’zgartirib yuboradi va valyuta kursi ko’tarilib ketadi.

  1. Mazkur ma’lumotlar ijobiymi yoki salbiy?

Ijobiy ma’lumotlar valyuta kursining oshishiga, salbiy ma’lumotlar esa uning pasayishiga olib keladi. Ma’lumotlarning ijobiylik darajasi to’g’risidagi savolga javob berishda diler avval nominal va real ko’rsatkichlarni farqlashi kerak. Masalan, YaMM ning nominal o’sish ko’rsatkichi bir yilda quyidagilarni tashkil qildi: yil yakunida YaMM 5%ga ortdi, biroq iqtisodiyotning haqiqiy holatini aks ettiradigan ko’rsatkich bu YaMM ortgan qismining inflyatsiya darajasiga nisbatidir, bu ko’rsatkich esa ma’lum darajada past bo’lishi mumkin.

Diler shuningdek, mavsumiy sikllilik (seasonally adjusted) ko’rsakichini ham hisobga olishi kerak. Masalan, yil davomidagi bandlik ko’rsatkichi mavsumga qarab sezilarli darajada o’zgarishi mumkin (qishloq xo’jaligida bahor va kuz fasllarida dala ishlari avjga chiqib, vaqtinchalik band bo’lgan ishchilar soni ortadi), shuning uchun iqtisodiyotdagi bandlik darajasining aniq qiymatini aniqlash uchun unga qishloq xo’jaligida band bo’lganlarni aks ettiruvchi ko’rsatkichini kiritishmaydi.

Valyuta kursining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi quyidagi fundamental omillarni ajratib ko’rsatish mumkin:

Xarid qobiliyati pariteti (Purchasing Power Parity Rate – PPP Rate)

Xarid qobiliyati pariteti bo’yicha aniqlangan kurs valyuta ayirboshlashning eng ideal (haqiqiy) kursi hisoblanadi, zero u ikki mamlakat standart savatidagi sanoat, iste’mol va boshqa tovar va xizmatlarning o’rtacha hisoblangan narxlarining nisbati sifatida aniqlanadi. Faqatgina ikki mamlakat o’rtasidagi savdo narxlari asosida shakllanadigan kursning ideal modelida, sub’yektiv psixologik omillarni hisobga olmagan holda, real valyuta kursi xarid qobiliyati pariteti kursiga teng bo’lar edi.

Eng oddiy ko’rinishda, savdoning haqiqiy hajmi va iste’mol tarkibidagi turli tovarlar ulushini mavhumlashtirgan holda, dollarning ienaga nisbatan kursini xarid qobiliyati pariteti bo’yicha hisoblash formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

,

bu yerda:



va - Yaponiya va AQSh dagi tovar va xizmatlarning mos ravishda yapon ienasi va dollardagi narxlari, bu tovarlar va xizmatlar mazkur mamlakatlardagi sanoat va xususiy iste’molning standart savati tarkibiga kiradi;

- mazkur tovar va xizmatlarning sanoat va xususiy iste’mol tarkibidagi ulushi (YaMM yoki milliy daromaddagi ulushi);

- savatga kiritilgan tovarlar soni. Tanlov qanchalik kengroq bo’lsa, valyuta kursining natijasi ham shunchalik aniq bo’ladi.

Valyuta kursini aniqlash va uni korrektirovkalashni valyutalarning xarid qobiliyati paritetiga asosan aniqlash usuli fiksirlangan valyuta kurslari tizimiga xos xususiyat hisoblanadi (oltin standart, Bretton-Vuds tizimlari). Sobiq Ittifoq davrida ham valyuta sohasidagi islohotlarning boshlanishiga qadar dollarning rublga nisbatan kursi xarid qobiliyati pariteti usuli bo’yicha aniqlangan va har hafta dollarning boshqa valyutalarga nisbatan kursining o’zgarishiga qarab korrektirovka qilib turilgan.

Uzoq muddatli davrda (bir necha yillar) real valyuta kursi xarid qobiliyati paritetining qiymati atrofida tebranib turish tendensiyasiga egadir, biroq paritetning o’zini solishtiriladigan mamlakatlardagi narxlar darajasining o’zgarishiga qarab doimiy tarzda qayta hisoblab turiladi.

Yalpi Milliy Mahsulot – YaMM (Gross National Product - GNP)

Yalpi milliy mahsulot milliy iqtisodiyot holatini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichdir va o’z ichiga bir qancha iqtisodiy ko’rsatkichlarni qamrab oladi. YaMMning tarkibini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish