Xalqaro valyuta bozori



Download 0,64 Mb.
bet50/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi.

Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.




4-mavzu. Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari

Reja

4.1. Jahon valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari.

4.2. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari va uning xususiyatlari.

4.3. Evropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari.
Tayanch so’z va iboralar

Valyuta tizimi, valyuta savati, EKYu, oltin pariteti, Triffen dillemasi, oltin demonetizatsiyasi, oltin deviz andozasi, valyuta interventsiyasi.
4.1. Jahon valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari va elementlari
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida valyuta tizimining samarali tashkil etilishi va uning barqarorligi muhim o’rin tutadi. Valyuta tizimi deganda, valyuta munosabatlarini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakli tushuniladi. Valyuta tizimining holati mamlakatda valyuta munosabatlarini boshqarish va tartibga solish jarayoniga bevosita bog’liq bo’ladi.

Valyuta tizimining uchta asosiy shaklini ajratib ko’rsatish mumkin:



  • Milliy valyuta tizimi – ma’lum bir mamlakat hududida valyuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog’liq tadbirlar majmuasini ifodalaydi.

  • Mintaqaviy valyuta tizimi – muayyan bir mintaqa doirasidagi mamlakatlar tashabbusiga ko’ra tashkil etilgan valyuta tizimini ifodalaydi.

  • Jahon valyuta tizimi – mamlakatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan, instrumentlar, shartnomalar, tartib-qoidalar va tashkilotlarning majmuasidir.

Jahon valyuta tizimining asosiy vazifasi, xalqaro savdo jarayonida va turli valyutalardagi hisob-kitoblarda xalqaro valyuta likvidligini ta’minlash iborat.

Jahon valyuta tizimi quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:



  • tartibga solish – valyutalar o’rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko’rsatuvchi to’lov balansida yuzaga keladigan nomutanosibliklarni bartaraf etish;

  • likvidlilik – zahira birliklarini aniqlash hamda to’lov balansining nomutanosibliklarini qoplash uchun ularni qo’llash imkoniyatlari va tashkil etish shakllarini belgilash;

  • boshqarish – xalqaro moliyaviy institutlarni tashkil etish va ularning vakolatlari orqali hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlab borish.

Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash;

  • mamlakatlar milliy valyutasi barqarorligini ta’minlashni qo’llab-quvvatlash;

  • jahon xo’jaligining turli iqtisodiy tizimlari o’rtasida samarali mehnat taqsimotini ta’minlash;

  • jahon ishlab chiqarishi umumiy hajmining o’sishiga va aholi bandlik darajasining oshishiga erishish;

  • milliy iqtisodiyotlarda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash;

  • inflyatsiyani jilovlash va tashqi iqtisodiy muvozanatni ushlab turish va boshq.

Valyuta tizimlari muayyan elementlarni o’ziga qamrab olgan holda faoliyat yuritadi.

Milliy valyuta tizimi quyidagi elementlarni o’zida mujassamlashtiradi:



  • milliy valyuta;

  • milliy valyutaning almashinish rejimi;

  • milliy valyuta pariteti;

  • milliy valyuta kurs rejimi;

  • valyuta cheklovlari holati;

  • mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidligini tartibga solish;

  • milliy valyuta bozorida operatsiyalarni yuritish tartibi.

Jahon valyuta tizimiga esa quyidagi elementlar kiradi:

  • xalqaro to’lov vositasi;

  • valyuta kurslarini belgilash va saqlab turish mexanizmi;

  • valyutalarni konvertatsiyalash shartlari;

  • valyutaviy cheklashlarni davlatlararo tartibga solish;

  • xalqaro valyutaviy likvidlikni ta’minlash va tartibga solish;

  • xalqaro hisob-kitob shakllarini umumlashtirish;

  • oltin va valyuta bozorlarida ishlash rejimlari;

  • valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo institutlarning huquq va majburiyatlari.

Jahon valyuta tizimi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan omillar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  • mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi;

  • xalqaro mehnat taqsimoti jadallashuvi darajasi;

  • jahon bozori rivojlanish darajasi;

  • xo’jalik yuritishning tizimlari rivojlanish darajasi.

Mamlakatlar o’rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarning ko’p tomonlama munosabatlar sifatida rivojlanishi bilan jahon valyuta tizimining ahamiyati yanada orta boshladi. Chunki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro savdo, kredit, investitsiya va kapital harakati bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabatlar jahon valyuta tizimi doirasida belgilangan muayyan tamoyillar asosida amalga oshirilardi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish