Xususiy shaxslar. Jismoniy shaxslar xorijiy turizm, ish haqi, pensiyalar, gonorarlar, naqd valyutani sotib olish va sotish borasida nosavdo operatsiyalarning keng turkumini amalga oshiradilar.
Valyuta birjalari. O’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan ayrim mamlakatlarda valyuta birjalari faoliyat ko’rsatadi. Ularning asosiy funktsiyalari yuridik shaxslar uchun valyuta almashuvini amalga oshirish hamda bozor valyuta kursini shakllantirishdan iboratdir. Davlat odatda birja bozorining ixchamligidan foydalangan holda ayirboshlash kursining darajasiga faol ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |