Xalqaro valyuta bozori



Download 0,64 Mb.
bet128/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

8.1 - jadval

London sertifikatiga muvofiq yombilar bilan nisbati13

Savdo muomalalarini o’tkazish joyi

Yombilar turi

Sinama rakami

London

Katta yombilar (400 untsiya)

999,9

London

Vazni 1 kg yombilar (32,148 untsiya)

999,9

Tsyurix

Katta yombilar

995

Tsyurix

Katta yombilar

999,9

Singapur

Katta yombilar

999,9

Tokio

Vazni 1 kg yombilar

999,9

Gonkong, Tayvan

Vazni 1,5 va 10 tael yombilar (1,203; 6,017 va 12,034 untsiyalar)

990

Xindiston, Yaqin Shark

Vazni 10 tol yombilar (3,73 untsiya)

999,9

Tailand

Baxt (0,47 untsiya)

995

Nyu-York

Varrantlar (100 untsiya)

995

Pert

Katta yombilar

995

1 kg kam bo’lgan yombilar xalqaro almashinuvida qatnashmaydi. Asosan ular ichki foydalanish uchun tayyorlanadi va tarqatiladi, shuningdek, talab bo’lgan joyda sotiladi. Turli mamlakatlarda umumiy qabul qilingan me’yorlardan farq qiluvchi qimmatbaho metalllar vazni ko’llaniladi, ular negizida jahon bozorining talablariga ko’ra, nostandart o’lchamlardagi yombilar tayyorlanadi. Bunday turdagi yombilar ichki bozorlar uchun mo’ljallangan.


8.2 - jadval

Oltining standart vaznini o’lchash birliklari14




Troy untsiyasi

Metrik vazn

1.

1 troyya untsiyasi

31,1034807 g

2.

32,148 tr.un.

1 kg, 999,9 sinama rakamli yombi

3.

100 tr.un.

3,11 kg

4.

32,148 tr.un.

116,64 g = 10 tol

5.

1,2 tr.un.

37,32 = 1 tael (Gonkong)

6.

0,47 tr.un.

14,62 =1 baxt (Tailand)

Bozorning asosiy qatnashchilari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: Oltin qazib chiqaruvchi kompaniyalar, kon, shaxta va qazilma konlari, oltin ishlab chiqaruvchilar uyushmasi.

Birlamchi oltinning asosiy miqdori bozorga oltin qazib chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan keltiriladi, ular bu faoliyat tufayli, bozorning muxim toifali qatnashchilarini tashkil qiladilar. Faoliyat miqyosi bo’yicha ular, bevosita brokerlik idoralari bilan ish yuritish imkoniyatiga ega bo’lmagan katta kompaniyalarga va oltin bozorining barcha sohalarida ish yurituvchi katta korporatsiyalarga bo’linadi. Korporatsiyalar o’z muomalalarini, narxlarni bir zumda o’zgara oladigan darajada katta miqdordagi operatsiyalarni o’tkazadilar, shuning uchun ularning faoliyati bozorning boshqa qatnashchilarini qat’iy nigohi ostida bo’ladi.

Kasb mahoratiga ega bo’lgan dilerlar va vositachilar, asosan, banklar va ixtisoslashgan kompaniyalardir. Ular oltinni o’z hisobidan sotib oladilar va keyin boshqa banklarga qayta sotadilar. Ba’zida banklar metallni o’z zaxiralarini to’ldirish uchun sotib oladilar. Angliya banki (Bank of England) mavjud bo’lgan dastlabki kunlaridan boshlab, ya’ni 1964 yildan, asl metalllarning savdo markazi bo’lib hisoblanadi. U hozirgi kungacha, oltin yombilarining London ulgurji bozorini nazorat qiluvchi bosh idora bo’lib qolmoqda. XIX asrning 50 yillarida oltin bozorida oltin yombilari bilan muomalalarga ixtisoslashgan brokerlik idoralari paydo bo’ldi. Ushbu davrda paydo bo’lgan birinchi idoralardan biri bo’lib, quyidagi firmalar bo’lgan:



  • Moccata & Goldsmith, uni keyinchalik Standard Chartered Bank bilan birlashib ketdi;

  • M.M. Rothschild and Sons;

  • Samuel Montague, uni keyinchalik Midland Bank PLC bilan birlashib ketdi;

  • Sharps Pixley, uni keyinchalik Deutsche Bank bilan birlashib ketdi.

Boshqa yangi turli nomlar bilan ular hozir ham faoliyat ko’rsatmoqdalar. Dastlab ularning faoliyati asosan, chet ellik oltin qazib oluvchi kompaniyalardan sotib olgan oltinni importidan va yombilarni Angliy bankiga sotishdan iborat bo’lgan. Bu firmalar oltin bozorida birinchi brokerlar bo’lib, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida vositachi - agentlar sifatida, tuzilgan bitimlardan komission mablag’larni ishlab olganlar.

Hozirgi paytda sanab o’tilgan kompaniyalar qimmatbaho metalllar savdosini amalga oshiruvchi banklarning bo’linmalaridir. Yombilardagi oltinni sotuvchi firmalar, xaridorlar uchun brokerlar sifatida, shuningdek birlamchi dilerlar sifatida amal qiladilar, narxlar dinamikasi hisobiga daromad olish maqsadida, asl metalllarning savdosida o’z o’rnini saqlagan holda. Ulgurji bozorda qatnashchilar manfaatlarini namoyon qiluvchi, Qimmatbaho metalllar bozorining London uyushmasi (London Billion Market Association - LMBA), har xil ko’rinishda bo’ladi: bozorni shakllantiruvchi qatnashchilar (“market-meyker” – market maker) va oddiy qatnashchilar. Market-meykerlar sifatida namoyon bo’luvchi firmalar, o’z mijozlari va boshqa market-meykerlar talabiga ko’ra, o’zining butun ish kuni davomida metallga narxni baholashlari shart. Bunda market-meykerlar bir vaqtni o’zida metallning sotuv narxi va xarid narxini baholaydilar (bid price and offer price). Oddiy dilerlar, odatda, faqat o’zlarining agentlari uchun narxlarni belgilaydilar bozor narxlarini shakllantirishga majbur emaslar.



Hozirgi kunda qimmatbaho metalllar xalqaro bozorida, TFS-Tradition Financial Services, LONDON va PREMEX AG, Zurich kabi kompaniyalar ishlaydi. O’z xizmatlari uchun brokerlar “Spot” bitimlari bo’yicha untsiyaga besh tsentdan vositachilik haqini oladilar. Mazkur bozorning ko’pchilik qatnashchilari xalqaro banklar tomonidan, valyuta tizimi doirasida oltinga bo’lgan narxlar dinamikasiga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektlar sifatida tan olinadi. Qimmatbaho metalllar xalqaro bozorida 1995 yildan faol ish boshlagan Rossiya banklaridan birinchi bo’lib, Rossiya manfaatlarini namoyon qilgan va Rossiya Hukumati topshirig’i bilan amal qiluvchi Vneshtorgbank bo’lgan.

Markaziy banklar hususidachi? Bir tomondan ular, metallning katta miqdoriga ega bo’lgan, yirik investorlar sifatida chiqadilar, boshqa tarafdan esa – ularning vazifasiga oltin va moliyaviy bozorlarda o’yin qoidalarini o’rnatish kiradi. Shu bilan birga, ular metalllarni eng yirik sotuvchilari va xaridorlaridir.

AQSh ning Markaziy banki – Federal zaxira tizimi (US Federal Reserve System yoki kiskacha FED) eng katta ta’sir kuchiga ega. Undan keyin Germaniya Markaziy banki – Bundesbank (Deutsche Bundesbank) va Buyuk Britaniya Markaziy banki – Angliya banki (Bank of England jumladan u yana Old Lady deb ataladi) keladi. Boshqa mamlakatlar Markaziy banklari ham qimmatbaho metalllar bozorida katta rol o’ynaydi, chunki o’z mamlakatlarining milliy zaxiralari aksariyat qismini oltin ko’rinishida saqlaydilar. Zaxiralarning katta hajmi tufayli, markaziy banklar harakati bozorga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Dastlabki, paytlarda markaziy banklar ulushiga, odatda, bozorga olib kelinadigan barcha oltin xaridining deyarli yarmisi to’g’ri kelar edi, biroq 1971 yildan boshlab, AKSh dollarlarini oltinga almashtirish imkoni yo’qolgandan so’ng, banklar sof sotuvchilarga aylandilar.

1960 – yillarda mavjud bo’lgan, “oltin puli” tugallanishi bilan, markaziy banklar harakatlarida kelishmovchiliklar kuzatildi, shunga qaramasdan, bir qator markaziy banklar oltin bozorining muntazam qatnashchilari bo’lib qolaveradi. Bir necha oltin qazib chiqaruvchi mamlakatlar Markaziy banklari, mahalliy qazib olingan oltinning bozor narxlarini shakllantiradilar. Ulardan eng muhimi – Janubiy Afrika zaxira bankidir, chunki Janubiy Afrika xanuzgacha eng yirik oltin qazib chiqaruvchi mamlakat bo’lib qolmoqda. Mazkur bank faqatgina oltinni sotish bozorida zudlik bilan etkazib berishda amal qilmay, ikkilamchi bozorlarda ham, qazib chiqariladigan oltinning sotuv narxini xejerlash maqsadida faollik ko’rsatadilar. Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, Filippinlar va Zimbabve Markaziy banklari ham ushbu mamlakatlarda qazib chiqariladigan oltinning sotuv narxini belgilashda faol ish yuritadilar.

Angliya banki kabi boshqa Markaziy banklarning olitn bozoridagi faoliyati ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: birinchidan, o’z hisobidan oltin bilan savdo qiladilar, va ikkinchidan, moliyaviy daromad olish maqsadida oltinni bozorga chiqaradilar. Angliya banki va Xalqaro hisob – kitoblar banki bozorda boshqa markaziy banklar nomidan ham amal qiladilar.

Qimmatbaho metalllarning ixtisoslashgan birjalari mavjud emas. Bir qator mamlakatlarda, birinchi navbatda AKSh da, oltinga va boshqa qimmatbaho metalllarga fyucherslar bilan savdoni amalga oshiradigan birjalar faoliyat ko’rsatadi. Bu savdoning asosiy vazifasi - qimmatbaho metalllarga narxlarni xejerlash.



Naqd qo’ymalarning sanoat iste’molidan tashqari, pensiya jamg’armalari va xususiy investorlar tomonidan investitsion talab yuzaga keladi. Yombilar va tangalarning muayyan turlari shunday operatsiyalarga asoslangan. Xususiy shaxslardan tashqari investorlar, etkazib beruvchilar ham bo’lishi mumkin. Ushbu holatda o’ziga xos rolni turli jamg’armalar va xalqaro tashkilotlar o’ynaydi. Investorlar – oltin bozori qatnashchilarining keng toifasi bo’lib, ko’pchilik guruhlarga bo’linishi mumkin. Oltindagi investitsiyalarning shakllari xilma – xildir: bu – tilla tangalar, yombilar yoki zargarlik buyumlarini sotib olish, naqd pulga sotuvlar bozorida noaniq shartlarda dilerlik olib borish, optsion yoki spekulyativ maqsadlarida oltinni sotib olish, hamda oltinga ega bo’lishi mumkin bo’lgan yoki oltinga investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan biron bir tashkilotlar va jamg’armalarning sotib olingan aktsiyalari. Bu investorlar faoliyati, zargarlik va sanoatning boshqa tarmoqlarini tabiiy ehtiyojlari minimal narxlar darajasida to’liq qondirilishiga qaramasdan 1971 yildan keyin oltinga bo’lgan narxlar keskin o’zgarishining sababi bo’ldi.

Shimoliy Amerika va Evropada investorlarning chayqovchilarga aylanish moyilligi bor, ular garov summasi hisobiga oltin savdosi, fyuchers bitimlari va optsionlarini savdosi kabi usullar yordamida, qisqa muddat oralig’ida foyda olishga urinadilar. Bunda ular oltinni sotib olmasdan yoki etkazmasdan, narxlarning tebranishidan foydalanishadi. Osiyo investorlari, amerikalik va evropaliklardan farq qilib, oltinni tabiiy turli shakldagi quymalarda yig’ishga urinadilar, hamda oltinga investitsiyalarni, havfli moliyaviy vaziyatlardan chiqishga imkoniyat beruvchi vosita sifatida ko’radilar15.

Sanoat iste’molchilariga zargarlik ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, hamda ko’pincha affinaj korxonalari ham kiradi. Oltinni tozalash bo’yicha korxonalar mijozlarining aksariyat qismini, muayyan turli ta’riflarga ega bo’lgan oltinni olishga muhtoj, sanoatning turli tarmoqlari tashkil etadi. Elektron sanoat ehtiyojlari uchun sofligi 999,99 (beshta to’qqiz) bo’lgan oltin talab qilinishi mumkin, zargarlarning ehtiyoji esa – keyinchalik qayta quyish uchun qum ko’rinishidagi oltin bilan cheklanishlari mumkin. Sanoat korxonalarining ko’pincha, konsignatsion omborlarda oltinga ega bo’lgan brokerlik firmalari orqali qimmatbaho metalllarni sotib olishiga qaramasdan, ba’zi hollarda ayni brokerlik idoralari, o’z mijozlari nomidan va ular topshirig’i bilan oltinni tozalash va asl holga keltirishni amalga oshiradi.
8.2.Oltin fiksingi
Londonda kuniga ikki marta banklararo bozorida oltinga joriy narx qayd qilinadi. Asos sifatida muayyan paytga vujudga keladigan, metallga bo’lgan talab va taklifning nisbati qabul qilinadi. Bu maqsadda beshta londonlik ishtirokchi tomonidan oltinga narxning fiksingi o’tkaziladi. Fiksing, tabiiy metallning etkazilmasdan savdosi amalga oshiriladigan banklararo bozor elementi bo’lib, “unallocated” hisob varaqlari yuritiladi.

Oltinning birinchi fiksingi 1919 yil 12 sentyabrda o’tkazilgan, o’shanda oltin narxi 4 funt sterling 18 shilling va 9 pens darajasida belgilangan (o’sha paytda bu tahminan 20,67 AKSh dollarini tashkil qilgan). Fiksingning dastlabki maqsadi bo’lib, Janubiy afrikalik oltinga nisbatan bozor narxini belgilash hisoblanadi. Hozirgi paytda fiksing 10 soat 00 daqiqada “N.M. Rotshild end Sans Ltd.” Kompaniyasi idorasida (ertalab yoki birinchi fiksing) o’tkaziladi, uning vakili raislik qiluvchining vazifalarini bajaradi.

Birinchi fiksing vaqtida, market-meykerlar mijozlarga, hamda boshqa ishtirokchilarga metall birja bahosini takdim etishlari majburiy emas.

Ikkinchi fiksing paytida bir vaqtning o’zida Nyu-Yorkdagi NIMEKS eng yirik birjalari ishlaydi. Bu erda oltin fyucherslarining savdosi o’tkaziladi. Ular fiksing bilan bir qatorda narx uchun mo’ljal bo’lib xizmat kiladi.

Fiksingda beshta doimiy a’zolar qatnashadi, ulardan har biri o’zining vakilini yuboradi. O’rtacha fiksing tahminan 15 daqiqa davom etadi, lekin 2 daqiqagacha qisqarishi mumkin. Eng uzoq davom etgan fiksing 2 soatu 26 daqiqada qayd qilingan. Hozirgi paytda fiksinglarda quyidagi kompaniya vakillari ishtirok etadilar:



  • H.M. Rothschild and sons;

  • Mocatta and Goldsmith (Standard Chartered Bank);

  • Samuel Montague (Midland Bank);

  • Sharps Picely (Deutsche Bank).

Belgilangan vaqtga fiksingning beshta qatnashchisi maxsus xonada yig’iladilar va telefon orqali o’z firmalarining amaliy zallari bilan bog’lanadilar. Ulardan o’z navbatida, fiksingda oltinning muayyan miqdorini sotish yoki xarid qilishni istagan firmaning har kanday mijozlari bilan aloqa o’rnatadilar. Bunday mijozlar bo’lib markaziy banklar, oltin qazib chiqaruvchi kompaniyalar, investitsion jamg’armalar, zargarlik sanoati korxonalari va fiksingda qatnashmagan boshqa bank va firmalar hisoblanadi. Bu mijozlar fiksing vaqtida telefon, teleks aloqasi yoki Reuter-diling bo’yicha aloqani o’rnatadilar. Buyurtmalarni olib, fiksing qatnashchilari buyurtmalarning miqdoriy nisbatini hisobga oladilar. Bu holda xarid qilinadigan va sotiladigan oltin miqdori «bar»larda ko’rsatiladi (inglizcha “bar” so’zidan - yombi). Vazni 400 untsiya bo’lgan standart barlar nazarda tutiladi. Reuter-diling bo’yicha muzokaralarning taklif qilinayotgan sahifasida, qatnashchilardan birining (Standard Chartered Bank banki tomonidan, Mokatta grupp) o’z mijoziga fiksingning izohlari ko’rsatilgan (8.3-jadvalga qarang).

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish