Xalqaro oldi-sotdi shartnomalariga qo'llaniladigan huquq haqida konventsiya (Gaaga konventsiyasi deb ham nomlanadi). Bu konventsiya xalqaro oldi-sotdi shartnomalarini imzolash va bajarish tartibini unifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Yangi Gaaga konventsiyasi 1985 yil oktyabrda tuzilgan xalqaro shaxsiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasining favqulotda sessiyasida imzolash uchun taqdim etilgan va ochilgan. Sessiya ishida 62 ta mamlakat ishtirok etgan: SSSR, barcha sharqiy Evropa mamlakatlari, SFRYu va XXR. Ularning barchasi deyarli rivojlangan mamlakatlar, 30 tasi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlaridir. 1985 yildagi Gaaga konventsiyasi 1955 yildagi Gaaga konventsiyasini qayta ko‘rib chiqish maqsadida o‘tkazildi. Oldingi konventsiya 9 mamlakatda xarakatlandi va uni ingliz-sakson huquqi tizimidagi mamlakatlar konventsiyasi deb atay boshlashdi. Bundan tashqari, 1955 yildagi Gaaga konventsiyasi xarakatdagi barcha «xalqaro xarakterga ega» faoliyatlar oldi-sotdisi uchun qo‘llanilgan edi. Yangi Gaaga konventsiyasi 1980 yildagi Vena konventsiyasiga qo‘shimcha ravishda ishlab chiqildi. U huquqni aniqlovchi ayrim kollizion qonunlarni unifikatsiya qilish haqidagi Nizomni ishlab chqdi. Yangi Gaaga konventsiyasi universal xarakterga ega. Unda ko‘p mamlakatlar qonunchiligida qo‘llanilib kelinayotgan ma‘lum holatlar ham aks etgan. Masalan: - Rossiya savdo hamkorlariga tegishli qonunlarda belgilangan huquqiy me‘yorlardan unumli foydalanish milliy tashqi iqtisodiy manfaatlarni himoyalashni ta‘minlashi mumkin. Gaaga konventsiyasining asosiy nizomlari quyidagilardan iborat:
tovarlar oldi-sotdi shartnomalarining Vena xalqaro konventsiyasiga o‘xshash xarakterini aniqlash;
xalqaro oldi-sotdi tovarlari alohida ko‘rinishlarini iste‘mol doirasidan chiqarish (shaxsiy ehtiyoj tovarlari);
auktsion, birja va elektroenergiya tovarlarini (Vena konventsiyasidan farqli ravishda) kiritish;
Shartnomani tartibga solishda qo‘llaniladigan qonun-qoidalarni aniqlash. Oldi-sotdi shartnomasi tomonlar tanlangan qonunlar bilan tartibga solinadi. Bunda tomonlarning kelishuvi to‘g‘ri aks ettirilishi va shartnoma shartlarining ochiq-oydin ko‘rsatib berilishi hamda tomonlarning intizomi to‘g‘ri belgilanishi kerak. Bunda tomonlar shartnomaning barcha qoidalariga bo‘ysunishi lozim. Konventsiyada umumiy qonunlar ham o‘rnatilganki, agar tomonlar ma‘lum qonunlarni qabul qilmagan bo‘lsalar, oldi-sotdi shartnomasi davlat qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Bunda sotuvchi shartnoma imzolanishi davrida o‘z tijorat korxonasiga ega bo‘lishi lozim. Xaridor mamlakati qonunlaridan foydalanishda shartnoma quyidagi holatlarni nazarda tutadi: agar muzokaralar o‘tkazilgan va shartnomani xaridor mamlakatida ishtirok etmayotgan tomon imzolangan bo‘lsa; agar shartnomada sotuvchining xaridor mamlakatiga tovar etkazib berish bo’yicha majburiyatlarni bajarishi shartligi ko‘rsatilgan bo‘lsa; agar shartnoma savdo xaridorlari e‘lonlari natijasida imzolangan bo‘lsa.
Oldi-sotdi shartnomasida qo‘llaniladigan qoidalar Gaaga konventsiyasiga muvofiq qolda quyidagilarni nazorat qiladi:
da‘vo muddati va shartnomaning haqiqiy emasligi natijasi;
majburiyatlarni qoplash usullari;
bunday shartnomalar uchun kollizion me‘yorlardan foydalanilgan boshqa xalqaro bitimlar ishtirokchi-davlatlariga tegishli tomonlar o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomalari munosabatlarida Konventsiyani qo‘llamaslik.
Kontragentlarning xalqaro tijorat operatsiyalari sub'ektlari sifatidagi tasnifi
Xalqaro savdodagi kontragentlar tovarlar oldi-sotdisi yoki ko‘rsatilgan turli xizmatlar bo‘yicha shartnomadagi tomonlar hisoblanadi. Jahon bozorida ishtirok etuvchi kontragentlar faoliyatning maqsadi va xarakteridan qat‘iy nazar to‘rt toifaga bo‘linadi:
BMT xalqaro iqtisodiy tashkiliy tizimi tashkilotlari.
Xalqaro tijorat operatsiyalarining eng ko‘p qismi firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Jahon amaliyotida firmalar Jahon amaliyotida «firma» atamasi tijorat maqsadini ko‘zlovchi kontragentlarga nisbatan shartli ravishda qo‘llaniladi. Firma deganda, daromad olish maqsadida savdo, qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqalar doirasidagi xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxona tushuniladi. Har bir firma o‘ziga ma‘lum bir nom tanlaydi va shu nom ostida o’z mamlakati savdo reestridan ro’yhatdan o’tadi. Firma nomi bir kishi yoki bir necha firma egalarining ismi- familiyasi bilan atalishi mumkin. Firmalarning nomlanishi xatlar, hisobotlar, muhrlar, savdo belgisi va reklamalarda aks etadi. Firma nomiga firmaning huquqiy holati aks ettirilgan ko‘rsatma qo‘shib ko‘rsatilishi shart. Masalan, aktsionerlik jamiyati bo‘lgan firma nomiga albatta, «aktsionerlik jamiyati» degan nom qo‘shib yozilishi shart. Jahon bozoriga kirayotgan firmalar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
xo‘jalik faoliyati ko‘rinishi va bajargan operatsiyalari bo‘yicha;