Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana19.09.2021
Hajmi8,11 Mb.
#178374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
psh 15 uzb web

5. Tadrijiy bo‘ling

Bolalar tartibni va bo‘ladigan ishni oldindan bilishni 

yoqtiradi. Bu ularga o‘ziga ishonch va xavfsizlik hissini 

taqdim etadi. Shuning uchun tadrijiylikka rioya qiling 

va muloqot qobiliyati yetishmasligi bolalar hayotini 

qat’iy doimiylik asosida tashkil etishga harakat qiling. 

Bu mebelni qayta joylashtirishdan tortib, taomlanadi-

gan joyini o‘zgartirishga tegishlidir. 

Qulay hayot tartibini belgilab olishga urinib ko‘ring. 

Ammo, yodda tuting, tuzatishlar har doim mos keladi. 



6. Bolaning ko‘nikmalarini 

mujassamlashtiring

Bolakay qandaydir mahoratga ega bo‘lgani haqidagi 

so‘z amaliyotda isbotini topishi kerak. Ya’ni, mittivoy 

buyumlarni rangiga ko‘ra ajratib yig’a oladi, u buni 

nafaqat uydagi o‘ziga tanish buyumlar orasida ba-

jara oladi, balki istalgan boshqa joyda ham uddalaydi. 

Bunday bolalarning muvaffaqiyati psixologlar tomo-

nidan aynan shunday baholanadi. Kichkintoyni sinab 

ko‘rishdan qorqmang: unga o‘ynashi uchun yangi buy-

umlar, joylar taklif qiling. Bu uning ko‘nikmasini mus-

tahkamlaydi. 

Har qanday mashg‘ulot va hatto 

o‘yinni oxirigacha yetkazish zarur. 

Masalan, bolajonlar nimanidir oxiriga 

yetkazishni rad etishadi. Bu holda ishni 

uning o‘rniga o‘zingiz tugating.

Bolakay qandaydir mahoratga ega 

bo‘lgani haqidagi so‘z amaliyotda 

isbotini topishi kerak. Ya’ni, mittivoy 

buyumlarni rangiga ko‘ra ajratib yig’a 

oladi, u buni nafaqat uydagi o‘ziga 

tanish buyumlar orasida bajara oladi, 

balki istalgan boshqa joyda ham 

uddalaydi. 

Bolalar tartibni va bo‘ladigan ishni 

oldindan bilishni yoqtiradi. Bu 

ularga o‘ziga ishonch va xavfsizlik 

hissini taqdim etadi. Shuning uchun 

tadrijiylikka rioya qiling va muloqot 

qobiliyati yetishmasligi bolalar 

hayotini qat’iy doimiylik asosida 

tashkil etishga harakat qiling. 

O ‘ Z I G A   X O S   B O L A L A R

O ‘ Z I G A   X O S   B O L A L A R




18

19

IYUL 2020



"QOBILIYATLI, AMMO BIROZ DANGASA". BUNDAY SO‘ZLARNI OTA-ONALAR 

KO‘P ESHITADI. BU VAZIYATDA KIMNI AYBLASHNI HAM BILMAYSAN: 

YALQOVLIK QILAYOTGAN BOLAMI, DANGASALIK ALOMATLARINI VAQTIDA 

ANIQLAMAGAN OTA-ONA YOKI ZIMMASIDAN BARCHA MAS’ULIYATNI SOQIT 

QILISHNI ISTAYOTGANDEK, BOLANI TO‘G‘RI YO‘NALTIRIB, MAQBUL USULNI 

TOPISH O‘RNIGA ENG YOQIMSIZ HOLNI UQDIRAYOTGAN TARBIYACHI/

O‘QITUVCHIMI AYBDOR? 

Keling, yaxshisi muammoni hal etaylik. 

Bola va dangasalik birlashgani ko‘rinib tu-

ribdi. Yoqimsiz, ammo hal qilsa bo‘ladigan 

muammocha. Bolalar yalqovligining 

sabablarini ko‘rib chiqamiz. 



Ishtiyoq yo‘qligi

Bolakay bolalar bog‘chasidalik vaqtida, 

tarbiyachi uni turli harakatlarga ruhlantirib 

turadi. Bolalar o‘ynaydi, bahslashadi, bun-

ing uchun ularni rag‘batlantirishadi, xonada 

ham bolalarga xos bo‘lgan bahslashish 

ruhiyati kezadi. Uyda-chi? Ota-onalarning 

bir ohangdagi buyruqlari boshlanadi: "o‘yin-

choqlarni yig‘ishtir, kiyimingni to‘g‘rila" ka-

bilar. Har qanday majburiyat farzandingiz 

uchun qiziq bo‘lmagan vazifa hisoblanadi. 

Tabiatan tortinchoqlik 

Bolalar har xil bo‘ladi. Ehtimol, farzandin-

giz biroz tortinchoq va kamtardir. Uning 

biror narsani boshlashiga ota-onasining 

jahlini chiqarishdan qo‘rqishi yoki omadsi-

zlikka uchrashidan xavotiri sababdir. Axir, 

ba’zida kattalar ham biror ishni boshlash-

dan qo‘rqishadi-ku. 



Temperament

Har bir insonning o‘ziga xos bo‘lgan tem-

peramenti bor. Shuning uchun tabiatan 

flegmatik yoki xolerik bo‘lgan bolalar bir 

qarashda dangasa ko‘rinadi. Ular nimanidir 

bajonidil bajarsa, nimadir ularga zerikarli 

tuyuladi. 

Haddan ortiq charchash 

Ota-onalar yonlarida mitti dahoni ko‘rishni 

xohlar ekan, farzandlarini rasm solish

futbol, gimnastika kabi turli xil qo‘shimcha 

mashg‘ulotlarga yozdiradi. Hammasi joyida 

ko‘rinishi mumkin, ammo bola organizmi 

bunday yuklamaga dosh bera olmasligi 

ham bor. Bunda, bola uyga kelgach, hech 

narsani bajarishni istamaydi. 

Haddan ortiq g‘amxo‘rlik

Mittivoy poyabzal bog‘ichini uzoq bog‘lashi, 

tishini tez yuva olmasligi, o‘yinchoqlarini 

imillab yig‘ishtirishi asabingizga tegadi. Siz 

asabiylashib, hammasini o‘zingiz bajara 

boshlaysiz. Bola bunday tartibga o‘rganib, 

o‘z majburiyatlarini mustaqil bajarishni 

istamasa, hayron qolmasa ham bo‘ladi. 



Tayyor xizmatchi

Bolakay bolalar bog‘chasiga borib, uyga 

vazifa ola boshladi: onasining suratini 

chizish, mayda-chuyda buyum yasash 

kabilar. Siz esa, do‘mboqchangiz hamma 

yoqni rasvosini chiqarmasligi uchun 

barchasini o‘zingiz qilishga qaror qilasiz. 

Oqibatda, bolaning nimadir mustaqil qilish 

istagi yo‘qoladi. Nima uchun o‘zi yasasin? 

Axir ota-onasi yordam beradi-ku.

Sabablar ma’lum bo‘lgach, ularni bartaraf 

etish zarur. Psixologlarning qayd etish-

laricha, bola 3 yoshga to‘lganida barcha 

narsani o‘zi mustaqil bajarishni xohlay-

digan davrni boshdan kechiradi. Aynan shu 

vaqt yordam berish va yengil uy ishlarini 

bajarishga o‘rgatish eng qulay onlardir. 

Bolalar dangasaligini yengishning 7 ta 

usulini tavsiya qilamiz. 

1-MASLAHAT



Shaxsiy o‘rnak 

Ona ishdan charchab qaytadi va kechki 

ovqatdan keyin idish-tovoqni istar-

istamas yuvishni boshlaydi. Bunga guvoh 

bo‘layotgan kichkintoy ham hech narsa 

qilishni xohlamasligi aniq. Unga o‘zingiz 

misolingizda mehnat qilish ajoyib ekanini 

ko‘rsating. Bola ilhomlangan va xush-

chaqchaq ota-onalarni ko‘rsin.

2-MASLAHAT



Yoshga doir majburiyatlar

Yoshga mos kelmaydigan topshiriq va vazi- 

falar bolada qo‘rquv uyg‘otishi mumkin.  

Unga tanbeh bermang, aksincha kichikro-

g‘idan boshlang. Boshlanishiga faqat yum-

shoq o‘yinchoqlarni yig‘ishtirsin, vaqti 

kelib xonani tozalashda yordam beradi. 

Bekorga ozgina-yu, sozgina deyishmagan. 

3-MASLAHAT

Musiqa qutqaradi

Musiqa — murakkab vaqtlarda kattalarni 

ham qutqara oladigan, ularni vaqtincha 

bo‘lsin muammolarni unutishlariga sabab 

bo‘ladigan vositadir. Kichkintoylar ham 

istisno emas. Sizning biror topshirig‘ingizni 

bajarar ekan, o‘zining sevimli musiqasini 

tinglasin. Barchasini xursandchilik bilan 

juda tez bajarganiga guvoh bo‘lasiz. 

4-MASLAHAT



Urinishlar va xatolardan saboq 

usuli 

Kichkintoy 4 qator she’rni yodlashi kerak, 

ammo dangasalik qilmoqda? O‘z holiga 

qo‘ying. Bolalar bog‘chasiga tayyorlanmay 

borgach, tarbiyachisi va guruhining ishon-

chini oqlamaganini anglaydi. Uyga kelgach, 

xotirjam holda vujudga kelgan vaziyatni 

muhokama qiling. Dangasalik yomonligini, 

buning oqibati albatta yaxshi bo‘lmasligini 

tushuntiring. 

5-MASLAHAT

Rag‘batlantirish va qo‘llab-

quvvatlash

Kichkintoylar dorda turgan toza kiyim-

larni onasiga uzatib turishni yoqtiradi. 

Bu yordamni rad etmang, balki jilmayib, 

olqishlang, tashakkur bildiring. U, shun-

ingdek, siz dasturxonni bezatar ekansiz, 

qoshiq, sanchqini berib turishni xohlashi 

mumkin. U biror narsani tushirib yuborsa, 

koyimang. Siz-ku anjomni qayta olasiz, 

bola esa, xafa bo‘lib, tashabbus ko‘rsatishni 

istamasligi mumkin. 

6-MASLAHAT



Turli usullarni taklif qiling

Agar farzandingiz mehnatsevarlik 

ostonasida turgan bo‘lsa, uni turli 

xil yoqimsiz ishlar bilan yuklab tashlash 

yaramaydi. Unga nima qilishni tan-

lashiga imkon bering. O‘zingiznikini 

ma’qul qilib turib olmang. Uning 

tashabbusini so‘ndirmang. 

7-MASLAHAT

O‘ynab yig‘ishtiring

Bolalarni nima qilishni ko‘proq yoqti-

radi? To‘g‘ri, o‘ynashni! Har kungi bir xil 

mashg‘ulotlarni qiziq o‘yinga aylantirish, 

shu bilan nafaqat xonada tartib o‘rnatish, 

balki ota-ona hamda bolaning kayfiyati 

chog‘ bo‘lishini ta’minlash mumkin. 


Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish