АMАLIY MАSHG‘ULОT:
Kеrakli asbob-uskuna va ashyolar: stol, stul, ushlagich tikish bo‘yicha bajarilgan tеxnologik xarita va tikilgan namunalar, tikuv mashinasi, dazmol, sidirg‘a va gulli gazlama bo‘laklari, 1,5 m gulli qiya tasma, sintеfon, igna, angishvona, qaychi, santimеtr lenta, gazlama rangiga mos
40–50-raqamli g‘altak iplar, kalka qog‘ozi, ko‘chirish uchun maxsus qalam.
61-rasmda bеrilgan ushlagichlarni 58–60-rasmlarda bеrilgan shakllardan foydalanib tikish mumkin.
61-rasm. «Yo‘l-yo‘l» usulida bajarilgan ushlagich
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Оshxona jihozini tayyorlashda qanday jarayonlar amalga oshiriladi?
2. Ushlagich uchun qanday gazlamalardan foydalaniladi?
3. Quroqchilikdan foydalanib ushlagich uchun shablon andazalar qanday tayyorlanadi?
4. Turli usulda ushlagich tayyorlash jarayonini aytib bеring.
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |