topilgan ganchlardan yasalgan haykallar va devor bezaklari, qadimiy Afrosiyobdagi naqshli ganch panellar va Tuproqqal’adagi topilmalar ganchkorlik kasbi uzoq tarixiy an’anaga ega ekanligini isbotlaydi. Xiva ganchkorlarining о‘yma nozik mahsulotlari hozirgacha saqlanib kelgan kо‘shklarda mavjud. Ular katta ganch taxtalarda va tokchalarda, devor va shiplarda turli gullar va geometrik naqshlar bilan bezatilgan ajoyib san’at namunalarida о‘z ifodasini topgan”. Amaliy san’atining noyob turi-yog‘och о‘ymakorligi ham О‘zbekistonning
barcha viloyatlarida qadimdan keng tarqalgan va yuksak darajada e’zozlangan. Zо‘r
mahorat bilan yasalgan, turli naqshlar bilan bezatilgan eshik va darvozalar, ustun va
shiftlar, sandiq va qutilar, xontaxta va kursilar, javon va idish-tovoqlar, har xil
42
quticha, qalamdonlar о‘zining tabiiyligi, nafsligi va murakkabligi bilan hozirgacha
kishilarni hayratda qoldiradi.
“Buxoro yog‘och о‘ymakorligi naqshning jozibadorligi, jimjima