394
XULOSA
Mazkur o’quv qo’llanmada bayon qilingan juda katta materiallarni o’rganish,
shuningdek, ilova qilingan mavzuli kartalar, jadvallarni tahlil etish Yer shari
geografik qobig’ining hududiy bo’linishi asosiy qonuniyatlari haqida ba’zi bir
xulosalar qilishga imkon beradi.
Yer sharidagi har bir geografik kompleks murakkabligi
va tabiiy geografik
rayonlashtirish birligi tizimida tutgan o’rnidan qatiy nazar ikki asosiy shartga javob
beradi. Birinchidan, u geografik xususiylik belgilariga, qaytarilmaslik xususiyatiga
ega, ikkinchidan, o’xshash sharoitda tarkib topgan boshqa tabiiy-hududiy birliklar
bilan o’xshash belgilarga ega, ya’ni geokomplekslarning biror tipiga kiradi. Bunda
bir-biridan alohida joylashgan geokomplekslar iqlimining quyosh radiasiyasi,
atmosfera sirkulyasiyasi va antropogen omillari o’xshash hamda yer po’stining kelib
chiqishiga ko’ra bir xil qismlarida joylashgan, ya’ni geotekturasi va
morfostrukturasi o’xshash bo’lsagina tipologik belgilari vujudga keladi. Geografik
xususiylik, geografik qobiqning asosiy komponentlari - yer po’sti va atmosfera
o’zaro mustahkam aloqada bo’lsa ham, lekin
turli qonuniyatlar asosida
rivojlanayotgan hamda yer yuzasining u yoki bu tipining joylashishi, ularning hajmi
va geografik o’rni, iqlim sharoitining joylashishi bilan bevosita o’zaro
aloqadorligiga bog’liq. Shuningdek, bir-biriga o’xshash geogarafik tarkibiy
elementlari bir xil iqlim mintaqalari va iqlim oblastlari doirasida joylashgan, ammo,
landshaftlarning zonal tiplar kompleksi o’xshash bo’lganda ham, ular bir-biriga
to’liq o’xshamaydi. O’z navbatida geokomplekslarning o’ziga xoslik xususiyatlari
kelib chiqishi bir xil bo’lgan hududlarning kattaligi va qiyofasi,
quruqlik va suv
havzalarining nisbati, orografik elementlarning joylashishi va organik dunyo
turlarining tarkibida xilma-xillikni vujudga keltiradi. Bunday tabiiy tafovutlar bir-
biridan alohida joylashgan materiklarda ularning ekologik sharoiti to’liq bir xil
bo’lganda doimiy ravishda kuzatiladi.
O’quv qo’llanmadan foydalanishda yana shuni qayd qilish lozimki, geografik
komplekslar qanchalik murakkab bo’lsa va taksonomik birliklar tizimida yuqori
pog’onada joylashgan bo’lsa, unda o’ziga xos xususiyatlar tipologik xususiyatlarga
qaraganda ko’p rivojlanadi.
Yer sharining landshaft qobig’i doirasida eng yuqori pog’onadagi
geokomplekslar materiklar va okeanlar hisoblanadi. Bularning har biri paydo
bo’lishi va rivojlanishi jarayonida tarkib topgan, kattaligi, qiyofasi, tuzilishi, iqlim
mintaqalari va tabiat zonalarga nisbatan joylashishi hamda nisbati aniq ifodalangan
va takrorlanmaydigan xususiyatlarga ega. Har
bir materik aniq ifodalangan,
geografik qobiqda unga to’liq o’xshaydigan boshqa materik yo’q. Materiklarning
umumiy xususiyatlarini o’rganish, ularni bir-biriga taqqoslash va guruhlarga
ajratishga asos bo’ladi. Masalan, Shimoliy Amerikaning Yevrosiyoga
o’xshashligiga sabab shuki, bu ikkala materik ham shimoliy yarimsharning barcha
mintaqalari doirasida joylashgan, binobarin, quyosh
radiasiyasi va atmosfera
sirkulyasiyasi hamda ulardan kelib chiqadigan barcha oqibatlarga nisbatan bir xil
sharoitda rivojlangan. Ikkala materik geologik taraqqiyot jarayonida bir necha
marta tutashib va ajralib turgan hamda yer po’sti yirik komponentlarining
395
joylashishida, ularning tuzilishida bir-biriga o’xshashliklarga ega (Yevropa va
Amerika platformalari, paleozoy hosilalari o’lkalari va h.k.). Afrika, Janubiy
Amerika va Avstraliya materiklari tabiiy sharoitiga ko’ra yaqin bo’lgan
materiklarning ikkinchi guruhini tashkil etadi. O’xshash belgilari ularning qadimgi
Gondvananing bir qismi ekanligi va asosiy qismi tropiklar oralig’ida joylashganligi
bilan belgilanadi. Materiklarni bir-biriga taqqoslash bilan bog’liq bo’lgan masalalar
umumta’lim maktablarda fanni o’qitishda ham geografik fikrlashni rivojlantirish,
o’tgan materiallarni takrorlash va fanga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish uchun katta
ahamiyatga egadir.
Shuni ta’kidlash
lo zim ki, har bir m ateri k doirasi da aj ratiladigan tabiiy geografik ray onlar ham aniq ifodalangan o’ziga x os belg ilari bi lan aj ralib turadi. Bu ray onlarning har biri m azkur m aterikda bos hqa ta krorlanm ay di va shu asosida bosh qalardan aj ralib turadi. Masalan, G’arbiy Yevropa, Marka ziy , Balan d va Sharqiy Osiy o, Shim ol iy Am erikaning Kordi lerali G’arbi va shu kabi lar dastavval ularnin g aniq ifo dalangan xusu siy atlariga ko ’ra aj ratilgan ham da m azkur m ateriklarni ng bos hqa qism laridan kes kin farq qiladi. Shu ningde k, Sh im oliy Am erikaning Kord ilerali G ’arbini Janu biy Am erikaning An dli G ’ar bi bilan, Janubiy Afrikan i Avstral iy a bilan, Marka ziy Am erikani Janu bi-Sharqiy Osiy o bilan taqqoslas h m aqsadga m uvofiq.
Materiklardagi o’xshash o’lkalarning bir materikda takrorlanishi ikki
shimoliy va janubiy yarimsharlarning bir xil iqlim mintaqalarida joylashgan hollarda
kuzatiladi. Yer sharida uchraydigan tropik cho’l va platolarning tabiiy geografik
o’lkalari
Yevrosiyoda
(Arabiston yarim oroli), Afrikada (Sahroi Kabir va Janubiy
Afrika yassi tog’ligi), Avstraliyada (G’arbiy Avstraliya yassitog’ligi), ya’ni tropik
iqlim mintaqaning ichki va g’arbiy qismlarida qadimgi platformalarning katta qismlari
joylashgan materiklarda mavjud. Bu iqlimning keskin kontinentalligi, tekislik-
platforma morfostrukturalarning ustunligi, rel’efning qoldiq-erozion, eol va denudasion
shakllari, yer usti oqimining
kamligi yoki rivojlanmaganligi, organik dunyosining
kambag’alligi xosdir.
Shu bilan birga har bir tabiiy geografik o’lka mazkur tipdagi
boshqa o’lkalarga xos bo’lmagan indivudial xususiyatlarga ham ega. Janubiy
qismlari toraygan va sharqda nam havo oqimlariga ochiq bo’lgan g’arbiy
yarimshardagi materiklar (Shimoliy va Janubiy Amerika)da bu tipdagi o’lkalar
tarkib topmagan.
Materiklardagi subtropik mintaqalarning g’arbiy sektorida tog’li rel’ef bo’lsa,
bir xil tipli geokomplekslar rivojlangan. Bular Yevrosiyo va Afrika materiklarining
O’rta dengiz sohilida yaxshi ifodalangan va keng tarqalgan. Bu yerda
geokomplekslarning tarkib topishi uchun juda qulay sharoit mavjud. Shimoliy va
Janubiy Amerika, Avstraliya va Janubiy Afrikada meridian yo’nalishiga
yaqin
yo’nalishdagi tog’ tizmalari O’rta dengiz tipidagi iqlimning materik ichkarisiga kirib
borishiga to’sqinlik qiladi. Yer yuzasida geokomplekslar asosiy tiplarining
joylashish qonuniyatlarini to’g’ri tushunish bo’lajak geografiya o’qituvchisi uchun
bilim olishda va amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, dars berish jarayonida
o’qituvchilarning tushuntirish imkoniyatlarini kengaytiradi, kartografik va
taqqoslash usullaridan keng foydalanishiga, o’quvchilarning fanni yodlab olish yo’li
bilan emas, balki amaliy tushunish yo’li bilan o’zlashtirib olishlariga va geografik
bilimlarini egallashga imkon beradi.