X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


Radiatsion  vaziyatni  baholashda



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Radiatsion  vaziyatni  baholashda  tuzilmalar  harakatining, 
shuningdek,  xalq  xo'jaiigi  va  sog‘liqni  saqlash  obyektlarining 
radioaktiv  zararlanish  sharoitlarida  faoliyatning  turli  variantlarini 
analiz  qilish  va  odamlarga  radiatsiya  ta’sirini  inker  qiladigan 
maqsadga  muvofiq  harakatlar  variantini  (yo‘lini)  tanlash  nazarda 
tutiladi.  Masalan:
-   zararlangan  joyda  shaxsiy  tarkib  olishi  mumkin  radiatsiya 
miqdorini aniqlash;
-zararlangan zonalardatuzilmalarning bo‘lish muddatini aniqlash;
-  tuzilmalarning  zararlangan  zonaga kirish  vaqtini aniqlash;
-   radioaktiv  zararlangan  zonaning  maqsadiy  bosib  o‘tish yo'lini 
(variantini) aniqlash;
-  zararlangan o ‘choqdan tuzilmalarning chiqish vaqtini aniqlash;
-  ruxsat etilgan nurlanish dozasini  hisobga  olgan  holda o ‘choqda 
ishni boshlash vaqtini aniqlash va hokazo.
Radiatsion  sharoitni yadro quroli qo‘llanilishi oqibatlarini taxmin 
qilish  hamda  radiatsion  razvedka ma’lumotlari  yordamida  aniqlash 
va baholash mumkin.
28


Radiatsion  shariotni  taxmin  qilish  usulida  baholashda  muhit 
radiatsion  zararlanishning  miqyosi  (masshtabi)  va  darajasi 
to‘g ‘risida  taxminiy  ma’lumotga  ega  bo‘lamiz,  bu  haqiqiy 
ma’lumotdan  ancha  farqlanishi  mumkin,  chunki  taxminiy  usul 
yadro  zaryadi  portlatilishidan  keyin,  ammo  radioaktiv  zarrachalar 
yerga tushishidan oldin olib boriladi.
Taxmin  qilish  usulida  radioaktiv  bulut yo‘nalishini  va harakat 
tezligini, uning u yoki bu aholi yashaydigan punktlarga yetib kelish 
vaqtini,  radioaktiv  zarrachalar  tusha  boshlash  vaqtini,  radioaktiv 
zararlanish zonalari o‘ Ichamini va bu zonalaming hududda j oylashuv 
holatini yetarlicha aniq o ‘rnatish mumkin.
Zonalaming 
radioaktiv 
zararlanish 
jarayoni 
m a’lum 
vaqtni  egailaydi.  Bu  FM  va  FMTX  shtablariga  taxminiy  usul 
m a’lumotlaridan  foydalanib  aholini,  ishchi-xizmatchilarni,  FMTX 
tuzilmalari  va  muassasalarining  shaxsiy  tarkibini  oldindan  (ya’ni 
radioaktiv  bulut  u  yoki  bu  aholi  yashash  punktiga  etib  kelishidan 
oldin) himoya qilish tadbirlarini tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.
Bunday  tadbirlarga quyidagilar kiradi:
-  FMTX  muassasalarini radioaktiv  ifloslanish xavfi to ‘g ‘risida 
xabardor qilish;
-F M T X   muassasalarini radioaktiv ifloslanish  sharoitida ishlash 
rejimiga o ‘tkazish;
-   aholini joylashtirish  uchun  radiatsiyaga qarshi  pana joylarni 
tayyorlash;
-   nafas  a'zolarini  himoyalovchi  shaxsiy  himoya  vositalarini 
tayyorgarlikka olib kelish;
-   suv,  ovqat  mahsulotlarini  himoyalash  ishlarini  tugatish  va 
hokazo.
Radiatsion  sharoitni taxmin qilish  usulida  baholashda radioaktiv 
izning  hududda  aniq  joylashuvini  aytib  bo‘lmaydi,  balki  uning 
hosil  bo‘lish  tumani  ehtimol  qilinadi.  Bunda  zararlanish  maydoni 
tumanning  1/3  maydoniga teng keladi.
29


Radioaktiv bulut izida 4 ta zararlanish zonasi ajratiladi: А, В, V, G 
(1-rasmdagi).  Taxminiy  usul  uchun  bosh!ang‘ich  ma’lumotlar:  yadro 
portlashining  quvvati,  turi,  markaz  (epitsentri)  koordinati,  portlash 
vaqti,  o'rtacha  shamol  tezligi  va  yo‘nalishidir.  Radiatsion  vaziyatni 
baholash ma’lum tartibda o‘tkaziladi:
-  radioaktiv zararlanish zonasining o‘lchami aniqlanadi;
-  radioaktiv zararlanish zonasi kartaga (chizmaga) kiritiladi;
-  zararlanish  (radioaktiv  zarrachalar tushishi)  boshlang‘ich  vaqti 
aniqlanadi.
Radiatsion  zararlanish  zonalarining  (me’yorida,  kuchli,  xavfli, 
o‘ta  xavfli)  o ‘lchami  jadval  yoki  radiatsion  chizg‘ich  (lineyka) 
yordamida  aniqlanadi.  Bu  zonalar  kartalarda  (chizmalarda)  har  xil 
ranglarda ko‘rsatiladi: A zona -  ko‘k rangda, В zona -  yashil rangda,
V zona -  jigarrangda, G  zona -  qora rangda.
Radioaktiv  moddaiarning  tushish  vaqti  (radioaktiv  bulut  kelish 
vaqti) formulada aniqlanadi:
Tushish = R/V
Bunda:  R -  portlash  markazidan  egallangan hududgacha bo‘lgan 
masofa, km; V -  o ‘rtacha shamol tezligi, km/s.
Radioaktiv  moddalar tushgandan keyin haqiqiy radiatsion vaziyat 
hosil bo'ladi.
Haqiqiy  radiatsion  vaziyat  ma’lum  ma’muriy  hududda,  aholi 
yashaydigan  punkt  yoki  xalq  xo‘jaligi  obyektida  muhitning 
bevosita  radioaktiv  zararlanishi  natijasida  vujudga  keladi  va  bu 
aholini,  xalq  xo‘jaligi  obyektlaridagi  ishchi-xizmatchilarni,  FMTX 
muassasalaridagi  tibbiyot  hodimlarini  va  bemorlarni  radiatsion 
zararlanishining  oldini  olish  yoki  kamaytirish  maqsadida  m a’lum 
himoya choralarini o'tkazishni talab qiladi.
Haqiqiy  radiatsion  vaziyat  radiatsion  razvedka  ma’lumotiga 
binoan  baholanadi.  Bunda  fuqaro  muhofazasi  shtablaridan  olingan 
taxmin  qiiish 
usuli  ma’lumotlari  ham  qo‘llanilishi  mumkin. 
Radiatsion razvedka FM  boshlig‘i va shtab rahbarini o‘z vaqtida shu
30


obyekt  hududida,  joylashish  tumanlarida  yoki  FMTX  tuzilmalari 
va  muassasalarining  harakat  yo‘nalishidagi  radiatsion  zararlanish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan  ta’minlash maqsadida o ‘tkaziladi.
Hududda  o‘Ichangan  radiatsion  doza  quw ati  radiatsion  muhitni 
baholashda boshlang‘ieh m a’lumot hisoblanadi. Razvedka radiatsion, 
kimyoviy  kuzatish  postlari  va  maxsus  tayyorlangan  radiatsion  va 
kimyoviy  guruhlar orqali to‘xtovsiz olib boriladi.
Radiatsion  va  kimyoviy  kuzatish  postlarining  asosiy  vazifasi 
radiatsion  va  kimyoviy  zararlanish  o'choqlarini  o‘z  vaqtida  topish 
va  sog‘iiqni  saqlash  obyektlaridagi  (FMTX  muassasalaridagi) 
xizmatchilami,  obyektdagi  tuzilmalarning  shaxsiy  tarkibini  tezkor 
xabardor qilishdan iborat.
Razvedka  o ‘tkazish  uchun 
radiatsion  va  kimyoviy  kuzatish 
postidagi  shaxsiy  tarkib  shaxsiy  himoya  vositalari,  radiatsion  va 
kimyoviy  razvedka  asboblari,  to‘suvchi  belgilar  to‘plami,  shaxsiy 
dozimetrlar,  aloqa  va  xabar  berish  vositalari  va  vazifani  bajarish 
uchun kerakli  boshqa vositalar bilan ta ’minlanadilar.
Radiatsion  holatni  bu  usulda  baholashda  quyidagi  boshlang‘ich 
m a’lumotlar zarur:
1)  FMTX  obyektlarida,  harakat  yo‘nalishida  yoki  tuzilmalar 
va  muassasalar  joylashish  (dam  olish)  tumanlarida  radioaktiv 
zararianishni vujudga keltirgan yadro portlashi vaqti;
2)  fuqaro  muhofazasi 
obyektida,  harakat  yo‘nalishida, 
tuzilmalarining 
joylashish 
tumanlarida, 
obyektda 

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish