Tibbiy mol-mulk ta ’minotini bevosita olib borisltadi:
-
respublikada bosh dorixona boshqarmasining boshlig‘i va
“Tibtexnika” birlashmasi boshlig‘i;
- viloyatlarda viloyat dorixona boshqarma rahbari va viloyat
“Tibtexnika” boiim i rah bar i;
- shahar va qishloqlarda shahar, qishloq dorixona boshliqlari;
- FMTX tuzilma va muassasalarida dorixona rahbarlari.
Tibbiy mol-mulk ta’minoti organlarining asosiy vazifalari
quyidagilar:
-
ommaviy qirg‘in, tabiiy ofat o‘choqlarida ishlovchi FMTX
tuzilmalarini, muassasalarini kerakli mollar bilan ta’minlash;
242
- zamonaviy ommaviy zararlanish qurollaridan mollami himoya
qilishning effektiv tadbirlarini o‘tkazish;
- tuzilma va muassasalarda tibbiyot mollarining t o ^ r i saq-
lanishini, sarflanishini, toidirilishini nazorat qilish;
- FMTX tuzilma va muassasalarini tabiiy va texnogen halokatlar
hamda harbiy holatlarda tibbiy mol-mulk ta’minoti rejasini ishiab
chiqarish;
- FMTXda qoMlanilishi mumkin bo‘lgan mahalliy resurlarni
topish va tayyorlashni olib borish;
- tibbiy mollami o‘z vaqtida toidirish, ratsional tejab sarflash;
- o‘rnatilgan hisob va hisobotni olib borish.
Tinchlik davrida tibbiy buyumlarga bo‘lgan talab zararlanish
o‘chog‘idagi sanitar yo‘qotishni hisobga olgan holda FMTX rejasiga
asosan aniqlanadi.
Tibbiy mol-mulk ta’minotini boshqaruv organlari umumiy tibbiyot
ta’minotining faqat bir qismini amalga oshiradilar. Ular tibbiy
mollar harakat boshqarmasining operativ (o‘z vaqtida) ta’minotchi
funksiyasini bajarishadi, ammo o‘zlari mol qabul etish va ko‘paytirish
ishi
bilan shug‘ullanishmaydi. Bu ish bilan ta’minot bazalari,
omborxonalar, dorixona, texnika va tibbiy ta’minot do‘koni va
boshqalar shug‘ullanishadi. Shu ishning sifati ta’minot organlarining
operativ ishlashiga bogiiq.
Tinchlik davrdagi sogiiqni saqlash tizimidagi boshqaruvchi
organlar va tibbiy mol-mulk ta’minoti muassasalari FMTXning
tizimida to‘liqligicha saqlanadi.
FMTX boshlig‘i jami tuzilmalar, muassasalar talabining o‘z
vaqtida qondirilishini, mollardan to‘g‘ri foydanishini, sarflanishini,
ommaviy qirg‘in qurollari ta’siridan himoya qilishni nazorat qiladi.
FMTX tuzilmalarini samarali ta’minlash maqsadida, tinchlik
davrida tibbiy xizmat asosiy korxonalaming ishiab chiqarish,
texnologik qobliyatini doimo o‘rganib borishi talab qilinadi.
Masalan, limonad chiqaradigan korxonadan biroz o‘zgarish kiritish
orqali qon tomiriga quyuluvchi suyuqliklar ishiab chiqarish uchun,
243
quriiish korxonalari uchun texnik kislorod chiqaruvchi stansiyadan
tibbiyot uchun kislorod olish uchun, kimyoviy sanoatning
ba’zi mahsulotlaridan (kislota, oksidlar, ishqorlar, erituvchilar,
yuvish vositalari)
dezinfeksiya uchun foydalanish, dam olish
pansionatlarining, mexmonxonalarning mol-mulklaridan davolash
muassasalarini joylashtirishda fbydalansa bo'iadi.
Har bir tibbiyot ta’minotchisi shu manbalami yaxshi bilishi va
bulardan FMTX tuzilmalarini, muassasalarini o‘z vaqtida tibbiyot
mollari bilan ta’minlashda oqilona foydalanishi kerak. FMTXning
tuzilmalarini, muassasalarini tibbiyot mollari bilan ta’minlash va
toMdirishning asosiy manbalari:
1. Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan harakatchan tuzilmalar
uchun to‘liq hajmda va tartibda (tabel bo‘yicha) tashkil etilgan
tibbiyot mollari zaxirasi.
2. Davolash muassasalarida ma’lum nomenklatura asosida
kamaymaydigan tibbiyot mollari zaxirasi.
3. Sog‘liqni saqlash muassasalaridagi kundalik ishlatilayotgan
tibbiyot mollari.
4. Dorixona, baza, “Tibtexnika” do‘konlaridagi normali zaxiralar,
5. Joylardagi xalq xo‘jalik resurslari asosida tayyorlanadiganjami
mahsulotlardan foydalanish.
Tabiiy ofat ta’sirini yo‘qotishda qatnashuvchi tuzilmalarni,
muassasalami tibbiyot, sanitar-xo'jalik va maxsus mollar bilan
ta’minlash tartibi va ta’minlash manbaiarini viloyat (respublika) FMTX
boshlig‘i o‘matadi va o‘z vaqtida kasalxonalar bazasi boshqarmasiga,
shahar, tuman tibbiy xizmat boshliqlariga xabar yetkazadi.
FMTX tuzilmalari va muassasalarining tibbiy ta’minoti yo‘lida
asosiy o‘rinni mahalliy resurslardan, boshqa xizmatlar resurslaridan
foydalanish egallaydi.
Fuqaro muhofazasi boshlig'ining qaroriga asosan FMTX uchun
boshqa xizmatlarning hayvonlar va o‘simliklarni himoyalash, savdo-
sotiq, ovqatlanish, kommunal-texnik, intematlar, mehmonxonalar va
boshqalarning zaxira buyumlari va vositalaridan foydalanishga ruxsat
beriladi.
244
FMTX shtabi va tibbiy mol-mulk ta’minoti organlarining vazifasi
FMTX uchun kerakli mollar olishni o‘z vaqtida rejalashtirishi va
aniqlashi kerak. Tibbiy mol-mulk ta’minoti rejasi yuqori lavozimli
FMTX boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Tibbiy mol-mulk ta’minoti
rejasi aslida tibbiy mol-mulk ta’minoti organlarining ish rejasi bo‘lib
hisoblanadi.
Tibbiy mol-mulk ta’minoti rejasi asosiy hujjat hisoblanib, bunda
har qaysi bajaruvchi shaxslaming harakat tartibi, bajarish vaqti va
boshqalar ko‘rsatiladi.
Hamma harakatchan
tuzilmalar
va muassasalar
uchun
tayyorlanadigan ashyolar tibbiyot, sanitar-xo‘jalik va maxsus
ashyolarga bo‘iinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |