Vzu davlat va huquq asoslari


§. Tabiatni muhofaza qilish prinsiplari (qoidalari)



Download 395,4 Kb.
bet84/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

§. Tabiatni muhofaza qilish prinsiplari (qoidalari)

Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabat shakllari va konsepsi- yalaridan kelib chiqadigan hamda ekologik qonunlarni maqsadi va mohiyatini belgilab beradigan uchinchi qadam — kishilarning jamiyatdagi ekologik munosabatlarida amal qilishi kerak bo'lgan asosiy prinsiplari yoki qoidalari. Bu prinsiplar tabiat qonuniyatlariga asoslangan bo'lib ular quydagilardan iboratdir:

  1. Tabiiy hodisa va jarayonlar ko'pqirralikdir. Shuning uchun ham ular har tomonlama obyektiv baholanishi kerak. Bu degan so'z har bir tabiiy hodisa yoki obyektga xalq xo'jaligining sohaviy zaruriyatiga qarab yondashish kerak. Lekin bu sohaviy yondashuv avvalambor, ekologik tizimlarni saqlab qolish va ularni qayta tiklash nuqtai nazaridan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'rta Osiyo sharoitida o'rmon — qurilish yoki kimyoviy xom ashyo manbai emas, balki ekologik tizim yoki landshaftlarni bir me’yorda ushlab turuvchi element sifatida qaralishi kerak. Chunki bu mintaqada bor yo'g'i umumiy maydonning bir foizidan oshmaydigan siyrak daraxtzor va butazorlar suv va tuproq muhofazasida «yashil qalqon», iqlimni mo'tadillashtiradigan komponent, aholini madaniy dam olishini ta’minlaydigan obyekt sifatida qarashni taqozo etadi.
Suv fondidagi daryolar 0‘rta Osiyo sharoitida sug‘orish yoki rekratsiya manbai emas, avvalambor, ichimlik suvi va aholini maishiy xizmati uchun mo‘ljallanishi kerak. Chunki issiq iqlimli arid (quruq) sharoitda suv aholi uchun hayot manbaidir. Sibir, Uzoq Sharq kabi sovuq yoki nam iqlimli mintaqalar uchun daryolar avvalambor, aholini transport xizmatini bajaruvchi va arzon energetika manbaidir. Daryolar insonlarning hayoti uchun bilvosita qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, tog‘-kon sanoati, kimyo kabi suvni ko‘p talab qiluvchi xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun xizmat qiladi. Asosiysi tabiat komponentlari turli chiqitlar yoki axlatlar tashlaydigan tabiiy obyekt bo'lib qolmasligi kerak.
Xulosa qilib aytganda, tabiiy hodisa va jarayonlarning ko'pqirralik prinsipi xalq xo‘jaligi sohalarida ulardan foydalanishni inkor etmaydi, lekin foydalanishda ekologik tizimlarni saqlab qolish yoki tiklash nuqtai nazardan ustuvor (prioritet) sohalarni belgilashni taqozo qiladi.

  1. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish mintaqaviydir, ya’ni mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda ekologik tadbirlarni olib borish kerak. Mam- lakatimiz iqtisodiy rivojining tayanchi bo‘lgan tabiat boylik- laridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ularni har tomonlama (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy) baholashni, istiqbolli yo'nalishlarini aniqlashni, mahalliy va ekologik sharoitlarini inobatga olgan holda amalga oshirishni talab qiladi. Chunki O'zbekiston Respublikasida (umuman Yer kurrasida) tabiiy obyektlarning son va sifat ko'rsatkichlari maydon va makon bo'yicha bir tekisda joylashmagan. Biron- bir mintaqada ma’lum bir tabiiy obyekt yoki resursning mo'lligi ikkinchi bir mintaqada uning yetishmasligini qoplab bera olmaydi yoki biron-bir mintaqada ekologik xavfsiz muhit sharoiti ikkinchi bir mintaqaning ekologik inqirozini bartaraf etishga asos bo'la olmaydi.

  2. Tabiiy hodisalar va jarayonlar o'zaro uzviy bog'langandir. Birinchi ekologik mintaqaviy prinsipni davomi sifatida shuni aytish kerakki, tabiatning ma’lum bir obyektini muhofazalash yoki uni buzish qolgan tabiiy obyektlarga o'z ijobiy yoki salbiy ta’sirini albatta o'tkazadi, ya’ni «zanjir reaksiyasi» usulida ishlaydi.

Tabiatda daryo va ko'llarni muhofazalash o'z-o'zidan undagi baliqlarni va suvo'tlarini muhofazalashga olib keladi. O'rmon- larni asrash avvalambor, ulardagi hayvonot dunyosini saqlashga, so‘ngra atmosfera havosining va suvlarning tozaligini ushlab turishga, tuproqning unumdorlik xususiyatlarini saqlab qolishga imkon beradi. Aksincha, tuproq unumdorligini yo‘qotish, o'simlik dunyosini siyraklashuviga va so'ngra, ularda yashovchi va oziqlanuvchi hayvonot dunyosini kamayishiga yoki qirilib ketishiga olib keladi. Ekologik tizim bir obyekt muhofazasini ikkinchisi orqali amalga oshirish qonuniyatini shakllantiradi.

  1. «Zanjir reaksiyasi» qonuniyatining davomi, lekin uchinchi tabiat prinsipiga qarama-qarshi bo'lgan qoida — biron-bir tabiiy obyekt muhofazasi ikkinchi bir tabiiy obyektning zarari boiishi ham mumkinligi. Masalan, Afrika qit’asidagi milliy bog'larda tashkil etilgan qo'riqxonalarda fillar sonining ko'payib ketishi u yerdagi o'simlik dunyosini siyraklashuviga va tuproq unumdorligini pasayishiga olib kelmoqda. Shuning uchun ham maium bir obyekt muhofazasiga qaratilgan ekologik tadbirni qolgan tabiiy obyektlar imkoniyatlariga monand ravishda va ilmiy asoslangan tarzda amalga oshirishni taqozo qiladi.

  2. Yuqorida zikr etilgan to'rt ekologik prinsip bizlardan tabiat muhofazasiga kompleks yondashuv talab etadi. Tabiatni muhofaza qilish va shu bilan bir qatorda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni biron-bir soha yoki yo'nalish bo'yicha to'liq amalga oshirib boimaydi, balki kompleks sohalararo boshqaruv va nazorat asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasining faoliyati xuddi shu komp- lekslilik prinsipiga asoslangandir.

Umuman olganda, tabiatni muhofaza qilish bir qaraganda tabiiy resurslardan foydalanishga qarama-qarshi yo'nalishga o'xshaydi. Lekin ekologik tizimdagi katta yoki kichik doiradagi modda va energiya almashuvi ham tabiiy obyektlarning biri ikkinchisiga ta’sir etishi, ya’ni foydalanishi va muhofaza qilishi asosida bo'ladi. Hech qaysi bir tirik mavjudot (hayvonot dunyosi, o'simliklar, insonlar) atrof-tabiatdan foydalanmasdan turib hayot kechira olmaydi. Ma’lum bir ekologik me’yordagi bu harakatlar ekologik tizimlarni ushlab turuvchi zaruriy hodisa va jarayonlar turkumiga kiradi. Bundan bir vaqtning o'zida tabiatni muhofaza qilish va foydalanish prinsipi kelib chiqadi.
Shunday qilib, jamiyatning tabiatga nisbatan yo'naltirilgan harakatlari ekologik prinsiplarga uyg'un va chuqur ilmiy asoslangan boiishi lozim.


  1. Download 395,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish