Vodorod va uning xossalariga oid masalalar



Download 98 Kb.
bet2/9
Sana29.12.2021
Hajmi98 Kb.
#74670
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
киме маруза матн

Galogenlar

1. 4,48 l (n.sh. da o’lchangan) gaz ajralib chiqishi uchun necha gramm natriy xlorid 70 % li sulfat kislota eritmasi bilan qizdirilmasdan reaksiyaga kirishganligini hisoblang.

2. 14,6 % li xlorid kislotasidan 50 gr tayyorlash uchun etarli miqdorda vodorod xlorid olish uchun qancha gr natriy xloridni konsentrlangan sulfat kislota bilan qizdirilgan holda ishlash kerak?

3. Osh tuzi sulfat kislota bilan qizdirilganda ajralib chiqqan gaz kaliy dixromat bilan reaksiyaga kirishdi. Alralib chiqqan gazning 11,2 gr temir bilan reaksiyaga kirishishi uchun eterli miqdorda gaz hosil bo’lishida kaliy dixromat va natriy xloriddan qanchadan olish kerak?

4. 15,85 g xrom xlorid olish uchun etarli miqdorda xlor ajralib chiqishida qancha gr kaliy permanganat va 1M xlorid kislota eritmasidan necha ml olish kerak?

5. 2,3 hajm xlor 20°C da 1 hajm suvda eriydi. To’yingan eritma hosil qilish uchun 100 ml suv orqali qancha gr xlor o’tkazish lozim? Eritma yorug’da qoldirilsa nima sodir bo’ladi?

6. 200 g kaliy brimid eritmasidan xlor yordamida 16 g brom siqib chiqarilgan. Kaliy bromid eritmasining konsentratsiyasini aniqlang. Bunda qancha hajm xlor sarflangan?

7. 100 ml kaliy yodid eritmasi kaliy dixromat eritmasi bilan ishlanganda (kislotali muhitda) 76,2 g yod ajralib chiqishi malum bo’lsa, kaliy yodid eritmasining konsentratsuyasini aniqlang.

8. 100 ml yangi tayyorlangan xlorli suv solingan kolba quyosh yorug’ida qoldirildi. Eritmadan ajralib chiqqan gaz qizdirilgan mis to’r ustidan o’tkazildi, natijada uning massasi 3,2 g ga ko’paydi. Gazning hammasi ajralib chiqqandan keyin eritmaning hajmi o’zgarmagan bo’lsa, eritmada qolgan moddaning konsentratsiyasini aniqlang.

9. Laboratoriyada kaliy xlorid, kaliy permanganat, kaliy gidroksid, 98% li sulfat kislo va suv bor. Ulardan foydalanib, qanday qilib javel suvi olish mumkin?

10. Kaliy gidroksidning qaynoq eritmasi orqali xlor oqimi o’tkazildi. So’ngra eritma bug’latildi, hosil bo’lgan kristallar quritildi va doimiy massaga kelguncha qizdirildi. Agar kristallarning massasi qizdirilguncha 49,45 g, qizdirilgandan keyin 44,65 g bo’lsa, 10 n. kaliy gidroksid eritmasidan qancha sarflanganligini aniqlang.

11. Xlor, vodorod va vodorod xloriddan iborat 1 l aralashma kaliy yodid eritmasidan o’tkazildi, bunda 2,54 g yod ajralib chiqdi, gazning qolgan hajmi esa 500 ml ni tashkil etadi. Dastlabki aralshmaning tarkibini (% larda) aniqlang.

12. Laboratoriyada natriy xlorid va natriy yodid aralshmasi bor. Bu aralshmaning 104,25 grami suvda eritildi va hosil qilingan eritma orqali mo’l xlor o’tkazildi, songra eritma quriguncha bug’latildi va qoldiq doimiy massaga kelguncha 300°C haroratda qizdirildi. Quruq moddaning massasi 58,5 g. Dastlabki aralshmaning tarkibini (% larda) aniqlang.

13. Kaliy nitrat, kaliy yodid va kaliy xloriddan iborat aralashmaning 68,3 grami suvda eritildi va xlorli suv bilan ishlandi. Natijada 25,4 g yod ajralib chiqdi. Huddi shunday eritma kumush nitrat bilan ishlandi. 75,7 g cho’kma hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmaning tarkibini aniqlang.

14. Ishqor eritmasiga xlor shimdirilganda eritmada hosil bo’lgan xlorid va gippoxlorid ionlarining massa farqi 0,8 g ni tashkil qilsa, reaksiga kirishgan gaz hajmini aniqlang.

15. Qaynoq ishqor eritmasi orqali xlor o’tkazilganda, eritmada 8,35 g xlorat anionining borligi aniqlandi. Reaksiyaga kirishgan gaz massasini aniqlang.




Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish