III bo‘lim
ORTOPEDIYA
1-mavzu. Hayvon tuyog‘ining tuzilishi va ularda
uchraydigan kasalliklar
Turli xil hayvonlarda normal tuyoq tavsifi, tuyoq mexanizmi.
Hayvonlar yurib juda muhim va xilma xil ishlarni bajaradi, shuning
uchun ularda ko‘pincha tuyoq kasalliklari uchraydi. Bu kasalliklar
hayvonlarni ishlata bilmaslik yoki haddan tashqari qattiq
ishlatish,ba’zida turli mexanik (travmalar), fizik (kuyish), kimyoviy
va boshqa sabablarning ta’siridan paydo bo‘ladi. Bunda oyoq
muskullari, suyak-bog‘lam yoki paylar jarohatlanadi. Ayrim vaqtlarda
har ikkala apparat – muskul hamda suyak-paylar birdaniga
kasallanadi. Bundan tashqari, kasallik jarayoni asab tizimiga ham
ta’sir qiladi, natijada hayvonning ish faoliyati buzilib, ularda
oqsoqlanish paydo bo‘ladi. Oyoqni oldinga ko‘tarib tashlash yoki
uning havoda ko‘tarilib turishi muskul to‘qimalari yordamida oyoqni
yerga qo‘yish, bosish esa suyak-bog‘lam va paylar yordamida
bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |