Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/206
Sana01.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#422513
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   206
Bog'liq
veterinariya mikrobiologiyasi

Patogenligi.
Leptospiralarning patogenlik doirasi juda keng. Qishloq xo‗jalik 
hayvonlari va odamlar jalb etilmagan tabiiy o‗choqlarda qumsichqonlar, og‗maxonlar, 
kalamushlar, hasharotxo‗rlar, juft tuyoqlilar kasallanadi. Tabiiy o‗choq-qo‗zg‗atuvchi 
yashaydigan va har xil yo‗llar bilan organizmga o‗tadigan hudud. O‗choqlarda 
kemiruvchilarning alohida turlarida leptospiralar topilib, 60% gacha populyatsiyasini 
zararlaydi. Barcha turdagi qishloq xo‗jalik hayvonlari, uy hayvonlari va odamlar 
kasallanadi. 
Laboratoriya hayvonlari moyilligi bo‗yicha quyidagicha joylashadi: tillarang 
og‗maxonlar, dengiz cho‗chqalar, quyon bolalari (sut emadigan yoshlari). 
Infeksiya qo‗zg‗atuvchisi shtammining virulentligi kasallikning og‗ir kechishini 
ifodalovchi faktordir. 
Yangi ajratilgan leptospira shtammlarining virulentligi serotiplararo juda 
o‗zgaruvchandir. Oziq muhitlarda o‗stirilganda ular nisbatan tezroq virulentligini 
yo‗qotadi. Moyil hayvonlarga yuqtirib uning virulentligini kuchaytirish va uzoq vaqt 
saqlash mumkin. 
Leptospira kulturalarida gemolizin topilgan, uning aktivligi kavsh qaytaruvchilar, 
ayniqsa qo‗y eritrositlariga nisbatan yaxshi namoyon bo‗ladi. Gemlizin 56
0
C da 10 
daqiqada parchalanadi, quritilgan holda esa - 4 oy saqlanadi. 7,4-8,0 pHda, 37
0
C da 
aktivligini ko‗proq namoyon qiladi. Organizmga gemolizin yuborilganda antitelo hosil 
qilmaydi, lekin immun zardob qo‗shilganda u neytrallanadi, ya‘ni gaptenga o‗xshaydi. 
Toksigenligi. 
Ko‗pgina fermentlari: gemolizin, lesitinaza, fibrisillin va boshqalar 
patogen ta‘sir etadi. Leptospiralarning o‗lishi natijasida undan endotoksin ajraladi va 
to‗planib-gemorragik, gemolitik va neyrotoksik ta‘sir etadi. Toksikoz – hayvon o‗limiga 
sabab bo‗lishi mumkin.
Infeksiya patogenezida organizmda leptospiralarning 
yemirilishidan hosil bo‗lgan endotoksinlar muhim ahamiyatga ega. 
Patogenezi. 
Qo‗zg‗atuvchi ko‗pincha organizmga shikastlangan shilimshiq 
pardalar va teri orqali kiradi. 12 soatdan keyin ularni jigarda topish mumkin, u yerda 
leptospiralar isitma paydo bo‗lgunicha to‗planadi. Isitma 
chiqqan
davrda leptospiralar 


83 
qonda paydo bo‗lib, ularning miqdori nafaqat jigarda, balki buyraklar, buyrak usti 
bezlarida, kamroq hollarda yurak mushaklari, o‗pka va limfa tugunlarda nihoyatda 
ortadi. Sarg‗ish paydo bo‗lishi bilan harorati tushadi va leptospiralar sekin-asta qon 
jigar, o‗pkadan yo‗qoladi, ammo buyrak, siydikda ularning miqdori ortadi. Bu esa kasal 
hayvonning qonida antitelolarning to‗planish fazasiga to‗g‗ri keladi. Leptospirozda 
intoksikatsiya natijasida asab tizimi shikastlanadi, oqibatda har xil organlarning 
me‘yorda ishlashi buziladi. 
3-16 kunlik inkubatsion davrdan keyin qisqa vaqtli isitma gematuriya, ba‘zida 
(10%) sarg‗ayish paydo bo‗ladi. Homila tashlash ham kuzatilishi mumkin. Toksinlar 
ta‘sirida jigarda distrofiya paydo bo‗ladi. Buyraklarda-nekroz o‗choqlari, qon 
quyilishlar. Buyrak koptokchalari va kanalchalarida leptospiralar antitelolar ta‘siridan 
chetda bo‗ladi. Shuning uchun ular u yerda faol rivojlanadi va siydik bilan ajraladi. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish