«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

ikkilamchi distrofiya
ketoz kasalligiga sabab bo’ladigan 
omillar oqibatida kelib chiqadi va rasionda kalsiy, fosfor va boshqa 
mineral moddalar hamda protein, uglevodlarning yetarli bo’lmasligiga 
bog’liq emas. Hayvonlarning 
enzootik 
osteodistrofiya
bilan 
kasallanishiga tuproq va oziqalar tarkibida marganes va kobalt 
elementlarining kam miqdorda bo’lishi hamda nikel, magniy, stronsiy va 
bariyning ortiqchaligi sabab bo’ladi. Ayrim hududlarda kasallikning 
sabablarida oziqalar va suv tarkibida yod, kobalt, rux, mis, marganes, 
molibdenning tanqisligi hamda xrom, nikel va vanadiyning ortiqcha 
bo’lishi asosiy ahamiyatga ega. 
Rivojlanishi.
Organizmga kalsiy, fosfor, uglevodlar va proteinning 
ehtiyojlardan kam miqdorda tushishi oqibatida suyak to’qimasida 
assimilyasiya 
va 
dissimilyasiya 
jarayonlari 
izdan 
chiqadi. 
Osteomalyasiya, osteoporoz va osteofibroz rivojlanadi. 
Uglevodlar, 
oqsilli 
komponentlar, 
mineral 
moddalar 
va 
vitaminlarning yetarli darajada tushmasligi oqibatida suyak to’qimasi 
organik 
moddasining 
hosil 
bo’lish 
jarayonlari, 
kollogen, 
mukopolisaxaridlar sintezi izdan chiqadi. Suyak to’qimasi organik 
matrisasining kalsiy ionlari, fosfor va boshqa elementlar bilan to’yinishi, 
kristal gidroksilapatit to’ri shakllanishi jarayonlari buziladi. Qonning 
elektrolit tarkibini ma’lum bir darajada saqlab turish uchun zarur 
elementlar suyakdagi zahiralaridan o’ta boshlaydi. Minaral moddalar 
oziqalar bilan organizmga uzoq muddat davomida kam miqdorda 
tushganda yoki ularning ichaklar orqali qonga so’rilishi qiyinlashganda 
hamda suyaklarda to’planishi yomonlashganda suyaklarning kalsiy, 
fosofr va boshqa elementlarga nisbatan kambag’allashishi, suyaklar 
demineralizasiyasi (osteomalyasiya) kuzatiladi. Bu jarayon tayanch 
ahamiyatga ega bo’lmagan suyaklardan boshlanadi. Shuningdek, 
osteoporoz va osteofibroz jarayonlari rivojlanadi. Suyak to’qimasi 
o’zining fizikaviy xususiyatini yo’qotib, mo’rt, yupqa, ba’zi joylari 
(fibroz to’qimaning o’sishi hisobiga) yuzasi notekis bo’lib qoladi. 
Raxit paytida suyaklar egiluvchan bo’lsa, osteodistrofiya paytida 
sinuvchan bo’lib qoladi. D - vitamini va uninig metabolik faol 


121 
turlarining yetishmasligi kalsiyni biriktiruvchi oqsillar sintezining 
buzilishi, oziqalar tarkibidagi kalsiy va fosofr hazmlanishini, ularni 
suyaklarga yetkazib berilishi va gidroqsilapatit hosil bo’lishining 
yomonlashishiga sabab bo’ladi. A vitaminining yetishmasligi oqibatida 
suyaklarda mukopolisaxaridlar va oqsil - uglevod komponentlarining 
biosintezi izdan chiqadi. S vitaminining tanqisligi kollogen va 
kristallanish yadrosi sintezining buzilishiga olib keladi. 
Marganes, rux, kobalt va boshqa mikroelementlarning yetishmasligi 
suyak to’qimasining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, fermentativ 
tizimlarning zo’riqishi oqibatida osteodistrofiyaning kelib chiqishini 
ta’minlaydi. Suyaklarning mineral moddalarga nisbatan kambag’allashib 
qolishi suyaklar bufer xususiyatlarining, gomeostaz mexanizmlari va 
kislota - ishqor muvozanatining buzilishiga sabab bo’ladi. Qondagi 
umumiy va ionlashgan kalsiy, anorganik fosfor, magniy, ishqoriy zahira 
miqdorlari kamayadi. 
Qondagi kalsiy va magniy miqdorining kamayishi gavda va silliq 
muskullar tonusining pasayishi, oshqozon oldi bo’limlarining 
gipotoniyasiga sabab bo’ladi. Kasallik og’ir kechganda qondagi 
kalsiyning miqdori 1,875 mmol/l gacha kamayadi, nerv - muskul 
qo’zg’alish jarayonlari izdan chiqadi, muskullar falaji kuzatiladi. 
Ketoz va boshqa kasalliklar oqibatidagi ikkilamchi osteodistrofiya 
paytida qalqonsimon, qalqonoldi va boshqa ichki sekresiya bezlarining 
funksiyalari buziladi, tireokalsitonin sintezining kamayishi oqibatida 
osteoblastlar faoliyati kuchayib, osteoklastlar faoliyati susayadi, 
osteosintez susayib, osteolizis jarayonlari tezlashadi. Osteoblastlar 
funksiyasining susayishi oqibatida ishqoriy fosfotaza fermentining 
faolligi pasayib, giroqsilapatit sintezi izdan chiqadi. Qalqonoldi bezining 
gipofunksiyasi tufayli qondagi kalsiy miqdorini, hazm trakti orqali 
mineral moddalarning so’rilishini boshqarib turadigan paratgormonning 
ishlab chiqarilishi kamayadi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish