Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
ma’rifat va madaniyat borasida olib borilayotgan islohotlarni mustahkamlashda
asosiy omillaridan biri sanaladi. Ma’naviyatsiz, ma’rifatsiz jamiyat rivojlana
olmaydi.
Insoniyatning, millatning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat
qiladigan ilmiy bilimlar, falsafiy, ahloqiy, huquqiy, estetik, badiiy g‘oya va ideallar
yig‘indisi, xalq ma’naviy merosi, qo‘shiqlari, maqollari, xikmatli so‘zlari,
termalari, laparlari, matallari, she’riyati millatning ma’naviy qadriyatlaridir. O‘rta
maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari va Xalq ta`lim vazirligi ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimi ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi shaxsining axloqiy-
ruhiy mohiyatini shakllantiradi. Ma’nan, axloqan, ruhan barkamol inson o‘z
Vatani, xalqi oldidagi burch va mas’uliyatini teran anglab yetadi, xalqi uchun,
uning moddiy va ma’naviy madaniyati kelajagi uchun qayg‘uradi.
O`zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.Karimov tomonidan
ishlab chiqilgan konsepsiya mamlakatimiz va xalqimiz taraqqiyotini
ta’minlashning asosiy omili sifatida milliy-ma’naviy tiklanish ustuvor o‘rinni
egalladi. Bu albatta, bejiz emas. Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va
shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi,
chunki ma’naviyat rviojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu o‘z
navbatida shaxsnng barkamol rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan zamin bo‘lib xizmat
qiladi. Buni chuqur his qilgan vа o‘z qalbidan o‘tkazgan O`zbekiston
Respublikasining birinchisi Prezidenti
I.Karimov mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ona
zaminimizda demokratik jamiyatni qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar
ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishni milliy-ma’naviy tiklanish
bilan uyg‘un holatda bo‘lishi kerakligini ham ilmiy asoslab berdi. U o‘zining hajmi
jihatdan kichik bo‘lsa, ham, ammo, mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning
ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur
bo‘lgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida
mustaqillikdan keyin O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy sohasidagi
strategik vazifalarni ham belgilab berdi. Umuman bu asar O‘zbekistonda yangi
jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Chunki unda iqtisodiy va
ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgai surilgan barcha g‘oyalar o‘tgan
davrda o‘zining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ishning maqsadi va vazifalari:
“ Humatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini , soha
faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi , deb bilamiz , - dedi
Prezidentimiz . Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham
mablag`ni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun
millatimiz, xalqimiz , davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog`lik ”.
Shundan kelib chiqib maqsadimiz maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
rejalashtirish , tashkil etish va mavzuning dolzarbligini yoritish.
1. Mavzuga oid manbalarning tahlil qilish va umumlashtirish.
2. Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish va tashkil
etishning pedagogik-psixologik jihatlarini yoritish.
3. Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirishning mavjud
holatini o‘rganish.
4. Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish va tashkil
etishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini va tashkiliy
jihatlarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |