Vazirligi farg’ona politexnika instituti kimyo-texnologiya fakulteti mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi yo’nalishi



Download 2,62 Mb.
bet1/6
Sana14.12.2022
Hajmi2,62 Mb.
#885449
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi 2222


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
KIMYO-TEXNOLOGIYA FAKULTETI
MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVSIZLIGI YO’NALISHI
4-BOSQICH 94-19 GURUH TALABASI
NE'MATULLAYEV ASADULLO
TEXNOGEN RISK VA TEXNIK TZIMLAR ISHONCHLILIGI”FANIDAN TAYYORLAGAN



KURS ISHI

Mavzu: Mashina mexanizmlar uchun texnika xavfsizligi talablari keltiriladigan me'yoriy hujjatlar tizimi.
Tayyorladi: Ne’matullayev Asadullo
Qabul qildi: Mahmudov Sodirjon
Farg’ona – 2022


MUNDARIJA



I Kirish
II Asosiy qism
2.1 Mashina va mexanizmlar uchun texnika xavfsizligi talablari
2.2 Me'yoriy hujjatlar tizimi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

MASHINA VA MEXANIZMLAR fanining maqsadi — bir xil tipdagi mexanizmlarni analiz va sintez qilish bilan birga ular asosida yangilarini yaratishga qaratilgan.
MASHINA VA MEXANIZMLAR - mexanizmlar va mashinalar xususiyatlarini tadqiq qilishning umumiy metodlari, ularning sxemalarini loyihalashtirish to‘g‘risidagi fan.
Mashina – energiya, materiallar va axborotni qayta o‘zgartirish uchun mexanik harakatlarni bajaruvchi qurilma.
Energetik mashina – energiyani qayta o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan mashina (ichki yonuv dvigateli, elektrogenerator va b.).
Ish mashinasi – materialni qayta o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan mashina.
Transport mashinasi – material joylashuvini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan ish mashinasi (yuk ko‘tarish krani, transportyor va b.).
Texnologik mashina – material xususiyatlari, shakli yoki holatini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan ish mashinasi (metall qirqadigan stanok, prokatlash stani va b.).
Axborot mashinasi – axborotni olish va qayta o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan mashina (arifmometr, buxgalteriya mashinasi va b.).
Kibernetik mashina – odamga xos bo‘lgan ayrim mexanik, fiziologik yoki biologik jarayonlar o‘rnini bosuvchi yoki imitatsiya qiluvchi mashina (mashina-avtomat, manipulyator, robot).
Mashinalar tarkibiga turli mexanizmlar kiradi.
Umumiy holda, mexanizm deb, bir yoki bir necha jismlar harakatini boshqa jismlarning talab etiladigan harakatiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan jismlar tizimiga ataladi. Mexanizmlar zvenolardan tashkil topgan.
Sxemalarda zvenolar arab raqamlari 1,2,3... va h.k. bilan belgilanadi.
Kirish zvenosi – ushbu zvenoga boshqa zvenolarning talab etiladigan harakatlarini mexanizm tomonidan o‘zgartirish uchun harakatlar beriladi.
Chiqish zvenosi – ushbu zveno mexanizm qaysi harakatni bajarishga mo‘ljanllangan bo‘lsa ushbu harakatni amalga oshiradi.
Mashina tarkibiga kiruvchi mexanizmlar xilma-xildir. Ulardan biri absolyut qattiq (richagli, tishli, kulachokli mexanizmlar va sh.k.) jismlardan, boshqalari suyuq yoki gazsimon (gidravlik yoki pnevmatik mexanizmlar) jismlardan iborat.
Mexanizmlarning xilma-xilligiga qaramasdan ularni turli alomatlari orqali tasniflash mumkin.
Funksional vazifasi bo‘yicha mexanizmlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) dvigatellar va o‘zgartirgichlar mexanizmlari (ichki yonuv dvigatelining mexanizmi, nasos mexanizmi)
b) uzatish mexanizmlari (reduktor)
v) ijro mexanizmlari (press mexanizmi)
g) boshqarish, nazorat mexanizmlari (rostlagich mexanizmi, o‘lchash mexanizmi)
d) surish, transportlash mexanizmlari (chiviqli materiallarni surish mexanizmi, vintli shnek mexanizmi).
Konstruktiv bajarilish bo‘yicha mexanizmlar richagli, kulachokli, friksion, ponasimon, vintli, gidravlik, pnevmatik, elektr mexanizmlarga bo‘linadi.
Yagona funksional yoki konstruktiv alomat bo‘yicha guruhlarga birlashtirilgan mexanizmlarni tahlil qilish va loyihalashtirishda taklif etilgan mexanizmlarning tasnifidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday yondoshish «Mashinalardetallari», «Loyihalashtirish asoslari», «Mashinalar va mexanizmlar detallari va uzellarini loyihalashtirish» kabi injenerlik fanlarini o‘rganishda o‘z o‘rniga ega.
Mashina va mexanizmlarda yagona yondashish bilan mexanizmlarni tuzilmaviy, kinematik, va dinamik tadqiq qilishga imkon beradigan, L.V.Assur (1876-1920 yillar) tomonidan taklif etilgan tuzilmaviy tasnifdan foydalanilgan.
Mashina va mexanizmlar nazariyasi — mashina va mexanizmlar uchun umumiy boʻlgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy usullari haqidagi fan. Mexanizmlar nazariyasi va mashinalar nazariyasi deb ataladigan qismlarga boʻlinadi. Mexanizmlar nazariyasi da mashina, asbob yoki apparatning barcha mexanizmlar (yoki mexanizmlar guruhi) uchun umumiy boʻlgan xossalar oʻrganiladi. Mashinalar nazariyasi da — texnikaning turli sohalaridagi mashinalar uchun umumiy boʻlgan usullar oʻrganiladi. Bu ikki qism bir-biri bilan chambarchas bogʻliq, chunki istalgan mashinaning asosini mexanizmlar tashkil qiladi.
M. va m. n.ning vazifalarini, asosan, uch boʻlimga ajratish mumkin: mexanizmlar sintezi, mashina va mexanizmlar dinamikasi, avtomatmashinalar nazariyasi. Mexanizmlar sintezi maʼlum harakatning bajarilishini taʼminlaydigan sxemani tanlash va shu sxema parametrlarini topish bilan shugʻullanadi. Avtomatmashinalar nazariyasi da — ayrim mexanizmlarning bir-biriga monand ishlash sxemasini tuzish hamda mashinalarning optimal unumdorligi, anikligi va puxtaligiga erishish usullari ishlab chiqiladi. Mexanizmlar sintezi masalalarini hal qilish tartibini uch bosqichga keltirish mumkin. Birinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni va shartlarini tanlash, yaʼni qoʻyiladigan talablarni shakllantirish. Bunda texnologik va konstruktiv masalalar matematik masalalarga aylanadi. Ikkinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni qiymatini ifodalovchi funksiyaning analitik ifodasini aniqlash. Asosiy mezon mexanizmning vazifasiga karab tanlanadi. Baʼzi mexanizmlar uchun uning analitik ifodasi juda murakkab. Uchinchi bosqich — cheklash shartlarini hisobga olgan holda asosiy mezonni optimallash shartlaridan foydalanib, mexanizmning doimiy parametrlarini hisoblash. Bunda bir yoki bir necha tenglama va tengeizliklar tizimini yechishga toʻgʻri keladi. Avtomatmashinalar nazariyasida mantiqiy algebrani qoʻllashga asoslangan usullar keng tarkaldi. Bu usullar boshqarish tizimlarining mantiqiy sintezi deb ataladi. Boshqarish tizimlarida elektr elementlar bilan birga pnevmatik elementlar qoʻllaniladi. Robotlarnn loyihalash usullarini ishlab chiqish avtomatmashinalar nazariyasining eng soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi.
Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash bo’yicha ish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uni doimiy ravishda texnik jihatdan qurollantiruvchi, kimyoviy va mikrobiologik vositalardan foydalanishi, mobillashgan jarayonlarning keng qo’llanilishi bilan xaraktyerlanadi. Bunday sharoitlarda xavfsizlik talablarining buzilishi, baxtsiz hodisalarga olib keladigan xavfli holatlarni keltirib chiqaradi.
Mehnat xavfsizligi-bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo’ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi.
Ishlab chiqarishning xavfli fizikaviy omillari harakatlanayotgan mashinalar, uskunalarning himoyalanmagan ko’zgaluvchan elementlari, harakatlanuvchi buyumlar, materiallar, uskunalar yoki materiallarning sirtidagi yuqori yoki pastki haroratlar, elektr setidaga xavfli kuchlanishlar, qisilgan havoning, gazning energiyasi, portlashlar, to’lqin zarbi va shunga o’xshashlar hisoblanadi. Odamlarning sog’ligi uchun ayniqsa ishlov berilayotgan materiallardan va instrumentlardan uchayotgan qismlar jiddiy xavf tug’diradi. Ishlab chiqarishning xavfli kimyoviy omillari inson organizmiga achchiq, zararli va og’rituvchi moddalarni ta’siri bilan xaraktyerlanadi.
Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo’lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o’xshashlarga bog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqarishning xavfli omillari namoyon bo’lish xarakteri bo’yicha ochiq va yopiq turlarga bo’lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari mavjudligi bilan xaraktyerlanadi. Bunga mashinalarning harakatlanayotgan qismlari, yong’in, ko’tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi.
Yopiq xavflar mashina, mexanizm, jihoz va asboblardagi ko’zga ko’rinmas nukson va kamchiliklar yoki ma’lum avariya va xavfli holatlarda paydo bo’ladigan kamchilik ko’rinishda bo’ladi.
Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari. Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo’l qo’yib bo’lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog’ligiga va hayotiga xavf tug’diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo’lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo’ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi.

Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar


Ishlab chiqarish bunday muammolarni oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni, baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib bo’lmaydi.
Insonni xavfli ishlab chiqarish omillardan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo’ladi.
Aktiv himoya xavfli omil hosil bo’lishini yo’qotishga yoki uning xavflilik darajasini kamaytirishga yo’naltiradi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta’sirini oldini oluvchi kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli zonada bo’lmasligi uchun sharoit yaratish bilan yerishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruksiyalarini yaxshilash orqali ta’minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligi to’laligicha ta’min etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko’z oynaklar, respiratorlar va boshqalar) qo’llanilishini taqoza etadi.
Himoya vositalarini ish jarayoniga shunday jihozlashkerakki, aksincha holatda himoya vositalari bilan ish jarayonini bajarish mumkin bo’lmasin. Himoyalovchi qurilma xavf paydo bo’lishi bilan ishga tushishi va xavfli yoki zararli omilining ta’siri to’xtamaguncha o’zini ishchi holatini to’xtatmasligikerak. Himoyalovchi qurilmalarning konstruksiyasi shunday bo’lishikerakki, uning biror alohida elementining ishlamasligi, boshqa himoya vositalarining ishini to’xtamasligi va qo’shimcha xavf tug’dirmasligikerak.
To’siq qurilmalari. To’siq qurilmalari o’zining oddiyligi va ishonchliligi bilan mashina, mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zonalarni izolyasiya qilishda juda keng qo’llaniladi. To’siq qurilmalari inson bilan xavfli omillar orasida devor bo’lib, insonni qanday harakat qilishidan qat’iy nazar uni xavfdan ishonchli himoya qiladi. To’siqlar shu bilan birga insonga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va jihozlar qismlarini otilidan himoya qiladi. Zarur hollarda to’siq qurilmalari ish joylarini changlanish va gazlanishini oldini oladi. To’siq qurilmalari konstruktiv formalarini va belgilanishini har xilligi bilan farqlanadi. Ular doimiy va vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Doimiy to’siqlar mashinalarni uzatish mexanizmlari va boshqalarini ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Doimiy to’siq qurilmalar qo’zg’aluvchan yoki qo’zg’almas ko’rinishlarda tayyorlanadi. Qo’zg’almas to’siqlar mexanizmlar ishlaganda, ularning xavfli zonalarini ishonchli himoya qiladi va ular mexanizmlarga texnik xizmat yoki ta’mir ishlari o’tkazilayotganda mexanizmlar ishlayotganda, xavf bo’lmaganda olib qo’yilishi mumkin. Bunday to’siqlar konstruksiyaga ko’ra qo’zg’almas to’siqlarni o’rnatish mumkin bo’lmagan hollarda qo’llaniladi.
Ishlov berilayotgan detallardan otilayotgan zarra va qipiqlarni kuchiga bardosh berish uchun to’siqlar etarli darajada mustahkam bo’lishikerak.

Ayrim mexanizmlarda, qurilmalarda jumladan mashinalarda uzatish tasmalari va zanjirlarida to’siq panjaralari sharikli mahkamlangan bo’ladi.


Vaqtinchalik to’siqlar ishlab chiqarishda asosan qo’zg’aluvchan ishlarda foydalaniladi. Vaqtinchalik to’siq qurilmalari sifatida olib yuriladigan panjaralar, yengil yog’och devorlar va boshqalardan foydalaniladi. Bunday tipdagi qurilmalarga misol sifatida elektr payvandi ish joyini to’siqlari, chuqurliklarni (quduq, transheya) to’siqlari va boshqalarni keltirish mumkin. To’siq qurilmalarini konstruksiyalari uskuna va texnollogik jarayonlar xususiyatlaridan kelib chiqib tayyorlanadi. Ular qattiq karkasdagi quyma yoki payvandlangan, panjara, shitlar, to’rlar ko’rinishida tayyorlanishi mumkin. Mexanizmlarda kuzatishni talab etmaydigan xavfli zonalarda to’siqlar butun metallardan, plastmassadan, yog’ochlardan tayyorlanishi mumkin. Agar to’siq orqasidagi uskunalarni yig’ma birliklari yoki detallarini tuzatish talab etilsa to’siqlar panjara, turlar yoki shaffof (organik shisha, tribleks va boshqalar) materiallar ko’rinishda tayyorlanadi.
Himoya vositalari unga texnik xizmat ko’rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo’lishikerak. Zarur hollarda himoya vositalari ishini nazorat qilish uchun ular avtomatik qurilmalar bilan ta’minlanishi mumkin. Zamonaviy mexanizmlardan qurilmalarda hamda texnologik liniyalarda ishlarni xavfsizligi to’siq, xavfdan saqlovchi qurilmalari va signal, masofadan boshqarish sistemasi, individual himoya vositalardan foydalanish va himoyalovchi vositalar sozligini muntazam nazorat qilishini ta’minlanadi.
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, уa’ni mehnat xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta’siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko‘pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish. Mashina va mexanizmlar ayrim elementlardan tashkil topgan bo'lib, bu qismlar detaJ deb ataladi. Masalan, bolt, gayka, vint, tishli g'ildirak, shkiv, val, porshen klapan va boshqalar.
MASHINA VA MEXANIZMLARNING Insonning hayotiy-faoliyatida doimiy yoki vaqtincha ZONALARI xavfli omillar XAVFLI yuzaga keladigan joy xavfli zonalar dеb ataladi. Insonga, xavfli omillar bevosita u bilan muloqotda bo‘lish orqali yoki belgilangan masofadan kam masofada yaqinlashilganda ta’sir etishi mumkin. Xavfli zonalar mashinalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlari atrofida, yuk ko‘tarishtushirish mashinalarining ishlash vaqtida ko‘tarilgan yuk atrofida yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa, katta tezlikda aylanuvchi yoki harakatlanuvchi mexanizmlar ish kiyimini yoki sochni o‘rab ketishi ehtimoli mavjud joylar xavfli hisoblanadi. Xavfli zonalar o‘lchami doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli xavfli omillardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqishda xavfli zonalar o‘lchamini aniqlash va hisobga olish talab etiladi.
Zveno qanday murakkab shaklga ega bo'lishidan, tarkibidagi detallarning sonidan qat'iy nazar mashina va mexanizmlar nazariyasi fanida ular oddiy bir sxematik shaklga keltirib olinadi. Ana shu oddiy sxematik shakl zvenoning shartJi befgisi deb ataladi. Shartli belgilar zvenoning vaziyati va o'lchamlarini buzmaydigan qiIib qabul qilinadi. Mashina qismlarida qo'zg'almas (korpus, tayanch) va qo 'zg'aluvchan, harakat qiladigan zvenolar bo 'ladi. Qo'zg'almas detallarning hammasi bir butun deb qaralib, qo 'zg'a/mas zveno deyiladi. Bitta yoki bir butun bo' lib harakat qiladigan detallar qo 'zg 'aluvchan zveno deyiladi.

mexanizmlarning loyihasiga ularning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarini hisobga olgan holda xavfsizlik talablari o‘rnatiladi. Umumiy holda mashina va mexanizmlar loyihasiga qo‘yilgan xavfsizlik talablariga quyidagilarni kiritish mumkin: mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlariga himoya to‘siqlari o‘rnatilgan bo‘lishi; mexanizm yoki detallar yuzalari o‘tkir qirrali, notekis bo‘lmasligi (texnologik jarayon talabi bo‘yicha tayyorlangan detallar bundan mustasno); mashinaning o‘lchamlari xavfsiz va qulay transport holatini ta’minlashi; boshqarish azolari qulay bo‘lishi; kabinalarda ishchi uchun qulay va komfort sharoit bo‘lishi; tegishli yoritilganlik jihozlari bilan ta’minlanishi; tegishli nazorat asboblari, ishonchli tormoz qurilmalari, signalizatsiya tizimi bo‘lishi va b. Shuningdek, mashina va mexanizmlarning ayrim mexanizmlariga ham
XAVFSIZLIKNI TA’MINLOVCHI TEXNIK VOSITALAR Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash asosan quyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi:
а) texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyor- lash;
b) xavfdan himoyalanishning muhandis-texnik vositalaridan foydalanish;
d) xavfsiz texnologik jarayonlarni tatbiq etish;
e) ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitish;
f) xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlar amalda birgalikda qo‘llanilgаndаginа ijobiy natijalarga to‘liqroq

• Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog‘liq holda xavfli faktorlardan himoyalanish usullari ikki xil: faol va passiv turlarga bo‘linadi.


• Faol himoya xavfli faktorlarni hosil bo‘lishini yoki uning ta’sir darajasini kamaytirishga уo‘naltirilgan bo‘ladi.
• Passiv himoya xavfli faktorlarni insonga ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat bo‘lib, u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalardan foydalanish уo‘llаri orqali amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar jumlasiga to‘siqlar, saqlash qurilmalari, blokirovkalash moslamalari, signalizatsiya, masofadan boshqarish jihozlari va tormoz qurilmalari kiradi. Тo‘siq qurilmalari o‘zining tuzilishi jihatidan soddaligi va ishonchliligi sababli mashina 112 va mехаnizmlarning xavfli zonalaridan himoyalashda keng qo‘llaniladi. Ular xavfli faktor bilan inson orasida ishonchli
• Тo‘siqlar konstruktiv tuzilishiga va ishlatilish funksiyasiga ko‘rа doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Doimiy to‘siqlar mashina yoki mexanizmlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, uzatmalar qutisi, tishlashish muftasi va tormoz qurilmalarining korpuslari doimiy to‘siqlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, doimiy to‘siqlar qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas ko‘rinishda ham bo‘ladi. Qo‘zg‘almas to‘siqlar ish vaqtida ishchini xavfli faktorlardan ishonchli himoya qiladi, ular faqatgina mashinani ta’mirlash yoki unga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtlaridagina, ya’ni mashina ishlamayotgan, xavf уo‘q bo‘lgan paytlardagina yechib olinishi mumkin. Bunday to‘siqlar o‘rnatilgan
• Qo‘zg‘aluvchan to‘siqlarni esa qo‘shimcha jarayonlarni, jumladan, ish asboblarini almashtirish, ishlov beriladigan buyumni o‘lchash, rostlash ishlarini bajarishda yengil yechib olish yoki boshqa tomonga surib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Vaqtinchalik to‘siqlar asosan nostatsionar ishlarni bajarishda ishlatiladi. Qo‘zg‘aluvchan to‘siqlarga ko‘chma to‘siqlar, pardalar va ekranlarni misol qilish mumkin: Bunday to‘siqlarga elektr payvandchining ish joyi to‘siqlari, quduqlar, o‘ralar, chuqurliklar oldiga o‘rnatilgan to‘siqlar misol bo‘lishi mumkin.
• Тo‘siqlarning tuzilishi va materiali o‘rnatiladigan mexanizmning konstruktiv xususiyatlari hamda texnologik jarayon talablariga bog‘liq holda tanlanadi. Ular quyma yoki payvand shaklda, раnjаrа yoki to‘r shaklida bo‘lishi mumkin. Texnologik jarayon borishini kuzatish talab etilmaydigan xavfli zonalarga o‘rnatiluvchi to‘siqlar metalldan, plastmassadan yoki yog‘ochdan tayyorlanadi. Agar texnologik jarayon talabi bo‘yicha xavfli zonada
• Blokirovkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarning o‘ta xavfli zonalarida xavfsizlikni oshirish maqsadida to‘siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham foydalaniladi. Blokirovka – bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab tu- ruvchi vositalar va uslublar majmui hisoblanadi. Кo‘pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks holda ishlatilsada, xavfsizlik to‘liq ta’min-lanmaydi. Chunki, ko‘pgina baxtsiz hodisalar ishchining e’tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi. Masalan, har qanday mashina yoki traktorni o‘t oldirishdan oldin uzatmalar qutisi ajratilgan holda bo‘lishi shart, aks holda turli ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Yoki mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalariga o‘rnatilgan to‘siqlar ta’mirlashdan so‘ng ishchining loqaydligi tufayli o‘rnatilmay qolishi natijasida ish vaqtida xavtli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Blokirovka qurilmalari ana shunday holatlarning oldini olish

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish