Tashkilot ishiga qarshi borish (Sabotaj) - bu tashkilot faoliyatiga
bilib turib qarshi borish, oqibatda tashkilot qandaydir maqsadlarga erishishi imkonsiz boʼladi.
Tashkilot ishiga qarshi borish quyidagicha guruhlanishi mumkin:
- tashkilot obroʼsini tushirish, masalan maʼlum bir xizmatlar sifatini
yomonlashtirish yoki boshqacha yoʼl bilan zarar yetkazish;
- tashkilot xodimlariga nisbatan notoʼgʼri qarorlarni qabul qilish va shu yoʼl bilan ish unumdorlini kamaytirish;
- aloqalarni uzish, yomonlashtirish, yoki har xil usullar bilan biznes boshqaruvga toʼsqinlik qilish. Masalan, bozor sharoitida raqobatchi tomon oʼzida ustunliklar hosil qilish uchun shunday usullardan foydalanishi mumkin;
- xavfsizlik tizimlariga zarar yetkazish, xavfsizlik tizimlarida ojiz qismlarni yaratish, buning natijasida tashkilot aktsiyalariga zarar yetishi mumkin;
- izlarni yashirish yoki soxta izlarga olib borish, tergov ishlarini olib borish uchun toʼsqinlik qilish;
- qimmatli qogʼozlar bozorida manipulyatsiya ishlarini amalga oshirish natijada negativ holatni yaratish;
- tashkilotdan yoki maʼlum bir xodimlardan qasd olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |