282
61-rasm. Shaxs mehnat faoliyatini tushuntirishning muhim beshta omili
Shunday qilib, yuqorida sanab o’tilgan omillar mehnatning subyekti bo’lmish shaxsni
ishga undovchi va mehnat operasiyalarini muvaffaqiyatli bajarishga psixologik jihatdan
hozirlovchi psixologik shart-sharoitlardir. Ular kompleks tarzda odamni mehnat faoliyatiga
safarbar qiladi va mehnatga munosabati xarakterini belgilaydi.
Ma’lumki, tevarak-atrofimizni qamrab olgan olamdagi iqtisodiy obyektlar, jarayonlar,
munosabatlarning rivojlanishi va o’zgarib borishi iqtisodiyot va psixologiya fanlari o’rtasidagi
bog’lanishni tobora oydinlashib borishiga xizmat qilmoqda. Bunday bog’lanishlarni, ularning
ilmiy tadqiqotlari ko’lamining kengayib borayotganligidan ham kuzatish mumkin.
Bir
tomondan
, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy va psixologik
fanlarning nafaqat yaqinlashuvi, balki qo’shilishi, bir-birining mohiyatiga kirib borishi sodir
bo’lmoqda.
Ikkinchi
tomondan
– individual, guruhli va jamoaviy psixologiyaning xo’jalik
jarayonlariga, iqtisodiy amaliyotga hamda sohadagi boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga
ta’siri keskin kuchayishi kuzatilmoqda.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va munosabatlarning shakllanish darajasiga e’tibor
berib qarasak, psixologiya borgan sari ko’proq iqtisodiyotga kirib borayotganligi,
to’ldirayotganligi, yo’naltirayotganligi hamda uning katta-kichik ko’lamdagi voqyeliklarining tub
negiziga aylanib borayotganligi sezilmoqda. Afsuski, bu holat iqtisodchilarning ham,
psixologlarning ham ilmiy tadqiqotlari predmeti sifatida izlanishlar ko’lamini kam miqyosda
qamrab olmoqda. Insonning iste’molchi va iqtisodiy foyda izlovchilar sifatidagi xulqida
kuzatiladigan psixologik xususiyatlar
Adam Smit va Alfred Marshal
lardan boshlab to
Jon
Keyns
gacha bo’lgan “iqtisodiy nazariya”ning klassik namoyondalari asarlarida aks etgan
bo’lsa-da, iqtisodiyot fani hozirgacha psixologiya bilan yonma-yon turib, uning ichiga
kirishmagan. Psixologiya fani esa, o’zining ong va psixika xususidagi ilmiy asoslangan
qarashlarini saqlagan holda, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish,
iste’mol qilish, shuningdek, boshqaruvni tashkil etish jarayonidagi iqtisodiy xulqni
o’rganishga hamda ilmiy jihatdan tadqiq qilishga endigina kirishdi.
Iqtisodiyot va psixologiya fanlarining o’zaro mutanosiblashuvi hamda umumiy tadqiqot
predmetlarining aniqlanishuvi natijasida “Iqtisodiy psixologiya” deb nomlangan yangi soha
yaratilib, hozirda o’zining qaror topish va shakllanishini bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda. Iqtisod va psixologiyani ilmiy nuqtai nazardan qiziqtiradigan obyektiv predmeti
bir-biriga yaqin: ikkisi ham
subyekt xulqi
ni kuzatadi. Bunda iqtisodchilarni subyektning bozorga
bo’lgan munosabatlari qiziqtirsa, psixologlarni esa, uning faoliyatga bo’lgan individual
reaksiyasi va hissiy kechinmalari qiziqtiradi. Har ikkisi ham bilim manbaiga suyangan holda ish
ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: