Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar


Yangi yil mo’jiza yaratmaydi. Insonlar shu bayram bahona bir – birlariga mo’jiza tuhfa etadi… Shu sabab ham bu bayramni boshqacha yaxshi ko’rsak kerak



Download 126,15 Kb.
bet33/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
QATRALAR

Yangi yil mo’jiza yaratmaydi. Insonlar shu bayram bahona bir – birlariga mo’jiza tuhfa etadi… Shu sabab ham bu bayramni boshqacha yaxshi ko’rsak kerak.

QORBOBO HAM YOSH BO’LADIMI?

-Biz Qorboboni maktab – bog’chada ko’rardik, xolos. Bolaligimizda biror marta uyga Qorbobo kelganini eslolmayman…

- Bayramning ertasi kuni bosh uchimizda bittadan olma va xurmo bo’lardi. Qorbobo yarim kechasi, uxlab yotganimizda kelib qo’yib ketgan deyishardi, biz ham sodda bo’lganmiz – da, ishonardik…

-Eh, nimasini aytasan! Halitdan bolalarim «Qorbobo keladimi uyga?» deb har kuni ishdan kelishim bilan so’rashadi…

- Eng qizig’ini, aytaymi sizga, aka? «nega nuqul yosh bolalar Qorbobo bo’lib keladi, axir Qorbobo – bobo bo’lishi kerak – ku?!» deyishadi…

Ikki aka – uka shaxmat donalariga boqqancha suxbatlashishar, sochlari duv oqargan, bir umr ustalik qilgan otalari esa ularni kuzatib o’tirardi…

Ota doim Qorbob bo’lishni orzu qilgan. Garchand bo’ylari baland, kelishgan, ayni Qorbobodek basavlat bo’lsada, uni hech bu rolga taklif etishmasdi. Axir tovushi juda past chiqardi… Bora – bora bor ovozidan ham ayrildi. Sovg’alarni boshqalarga imo – ishora bilan ulashishi… G’alati edi – da…

Shaxmatda qaysi o’g’lining qo’li baland kelsa, o’sha bilan musobaqalashishi kerak bo’lgan ota o’rnidan turdi. Bolalarni yana besh daqiqa kutishni, o’yin natijasi hal bo’lish arafasida ekanligini imo – ishora bilan ko’rsatishgandi, ota yillar davomida uni tark etmagan tabassum bilan javob qaytardi.

Yangi yil kuni Qorboboga aylandi. Kichik qizi Qorqiz bo’ldi. Nevaralari xuddi haqiqiy Qorboboni ko’rgandek quvnashdi. Axir haqiqatan u haqiqiy edi – da. To kichkintoylar sovg’aga berilgan o’yinchoqlarni o’ynab charchashmaguncha, mehmonxonaning har burchagida uxlab qolmaguncha Qorbobo archa yonida qimirlamay o’tirdi…

UYDAGI ILK BAYRAM

Shishib turuvchi kurtkasining qalpog’ini boshiga kiyib olgan, gupillab yog’ayotgan qor parchalari yuziga urilayotgan, tanigan – ytanimagan kishisiga ovozini barilla qo’yib «Yangi yilingiz bilan!» deyayotgan, yoshi o’ttizdan oshib, qirqqa borib qolgan kishi iyi tomon shoshilardi. U birinchi marta, ha, ilk marta uyida Yangi yilni qarshilayapti… To’g’ri bolaligida uyda bo’lardi. Ammo uning bolaligi bolalik bo’lmagan. Tabiiyki, Tangi yil ham tatimagan. Texnikumni bitirganidan beri har Yangi yil ishxonasida navbatchilik qiladi. Eng qizig’I, o’z hohishiga ko’ra! Axir bayram kunni ishlagan kishiga ikki barobar haq to’lashadi.

-O’rtoqlari bilan ichib, mast – alast ko’chada daydib yurguncha ishda tinchgina kutib olsin! Bizni telefonda tabriklasa ham, xafa bo’lmaymiz! – onasining so’zlari edi bu.

Uylangach, ayoli birinchi yili xafa bo’ldi – yu. Keyingi yil u ham qaynonasidek fikrladi…

Bora – bora esa o’zi ham shunga ko’nikdi. Ayniqsa, nayram kuni «Shu yil farzandli bo’linglar» degan tilakdan qocha boshladi. O’zi ham, ayoli ham ma’yus tortib qolardi – da… Yaxshisi, ishxonada, tinchgina, issiq pechka yonida, ayoli pishirib bervorgan taomlardan yeb o’tirgani ma’qulmi? Bayram nimani ham o’zgartoirib berardi? Bir kunda o’tadi – ketadi… Bu yog’I xizmatchilik…

Bu gal esa o’z xohishi bilan navbatchilikni topshirdi. Ha, o’n kun oldin shaxsan kirib rahbarini ogohlantirdi. Hayron bo’lgan boshliqqa «Qizim aytdi», dedi. Boshliqning hayrati yanada oshdi.

Sakki yil kutgan qizi hali maktabga chiqmagan. Lekin bir shirin, bir shirin, ayniqsa, dadasining quchog’iga otilganida.

«Menam Yangi yilni dadamning ishxonasida kutaman», dedi – yu, otasining ko’nglini eritib yubordi… Hozir tortni olib bersa, ustiga shmchalarni yoqishadi – da, ota – bola birga puflashadi.



Yer yuzidagi insonlar bir – birga begona deya nazar solmasa, mudom tinchlik hukm surardi. Keling, shu fikrga amal qilishni oiladan, mahalladan boshlaylik. Atrofimizdagi yaqin – uzoq insonlarga mehr oqibat ko’rsataylik…

QO’SHNINING ILTIFOTI

Oilamizda qiz farzand yo’qligi uchun to’rt aka – uka rosa tortishardik. Ro’zg’or ishlari ustida – da, albatta. Onam kun bo’yi ishda bo’lardi. Ertalab hamma yumushlarni tayinlab, hatto, qay birini qaysimiz qilishimiz kerakligini aytib ketardi. Lekin maktabdan qaytgach – men ukamga buyruq berish bilan kunni kech qilardik. Qo’shnimizning qizi Risolat opa to’polonimizni eshitib, bizga iltifot ko’rsatarmidi yo kattalr hazillashganidek akamda ko’ngli bormidi, hovlimiz oldini o’zlarinikiga qo’shib supurib qo’yardi. Hammamiz alohida uy – joy qilib ketdik. Ota – onam ham dunyodan o’tishdi. Baraka topgur (onam shunday duo qilardi) Risolat opa ham mahallamizga kelin bo’ldi. Yaqinda ukam uyni otamdan keyin o’z nomiga o’tkazishi kerakligini aytib qoldi. Uchalamizni roziligimiz kerak ekan. Aslida, ukam bu ishni ikki yildan beri hayoliga ham keltirmagandi. Xijolat tortganmi,ammo vaqtida hujjatlarni rasmiylashtirmasa, jarima solinarkan… Biz uch akasi esa shaytonning qutqusiga uchdik. «Otamdan katta hovli qoldi», deya ulush talab qila boshladik. Hatto, mahalla raisiga uchrashishgacha boribmiz, a? Bir kuni ukam bilan dangal gaplashib olish uchun ota uyimga borayotsam, Risolat opa bilan yuzma – yuz keldik. Opamdek bo’lib qolgan, so’rashdim.

-Akrom, Uxh aka – uka ham uy – joyli bo’lsangiz. Ukangiz hali oyoqqa turib qolmagan. Shu katta hovlining eshigi doim sizlarga ochiq tursa, nega endi mehr – oqibatni unutib, uy talashyapsizlar? – dedi onamdek dona – dona qilib gapirib.

Negadir, ilk bor qilayotgan ishimiz uchun mulzam tortdim. Ukamning uyiga kirdim – u roziligimni aytdim. Kelinning «Ovqat suzayotgandim», deyishiga ham qaramay, akalarimnikiga yo’l oldim…

O’ZBEKONA RAQS

Bolalik yillarim tuman kutubxonasiga kin ko’chalardan o’tib borilardi Balki shu sabab ham u yerda o’quvchilarni uchratavermagandirman. Shevamizda juda chiroyli va ravon gapiradigan Nadejda opaning meni ko’rishlari bilan ko’zlari chaqnab ketardi. Odatda, kitoblarni ham o’zi tanlab berar, keyin taassurotlarim haqida so’rashni ham unutmasdi. Koreys millatiga ayol qachon borsam, o’g’liga «Alpomish»ni o’qib berayotganiga guvoh bo’lardim. O’g’li o’ziga umuman o’xshamasdi, Qorako’z, qoraqosh bola.

Maktabda bir gap eshitib qolib, hammasini tushundim.

-Oyi, Nadejda opa, bolasini asrab olgan, a?-dedim oyim bilan somsa tugayotib.

- Yo’q, - oyim men tomonga bir qaradi – yu, yana xamirlarni tekis qilib yoyishda davom etdi.

- Maktabda eshitdim – ku, o’zlarining farzandi bo’lmagach, asrab olishgan ekan. O’shanda mahalladoshlari bolasiga o’yinchoqlar, kiyim – kechaklar olib chiqib berishgan ekan, - dalillar keltirishga o’tdim.

Biroq oyim gapimni inobatga olmadi., yo’q, deya qat’iy aytdi – da, boshqa bunaqa gap – so’zlarga uchmasligimni tayinladi. Endi tushunayapman, onam bu gap tildan – tilga o’tib, Hakimbekning qulog’iga yetishini istamagan.

Yaqinda Hakimbekning to’yi bo’ldi. Nedejda opaga mehrim bo’lakcha bo’lgani uchun qaynonamdan bolalarimga qarab turishni iltimos qildi. Borsam, Madejda opa adras ko’ylak kiyib olgan. Umr yo’ldoshi ham qo’llari ko’ksida mehmonlarni kutayapti. Hofiz milliy qo’shiqlarni kuylay boshlaganida, doim to’ylarda «Sizlardek o’ynay olmayman, azizlar», deya o’zini chetga tortadigan Nedejda opa shunday chiroyli xirom ayladiki, ko’z uzolmay qoldim.

-Uch oydan beri raqs to’garaklariga qatnashib o’rganibdi. O’g’limni uylantirsam, qudalarim bilan raqs tushishim kerak, deya – dedi yonimda o’tirgan xola havas – la davraga qarab.

KO’CHADA O’TINCHI, UYDA SULTON

Qadimda bir o’tinchi bo’lgan ekan. U tog’lardan o’tin terib kelib, shaharda sotib xotini va o’g’illarini boqardi. O’g’illlar esa o’tinchining farzandi ekanligidan or qilishardi. «Otamiz o’tinchi», deb birovga aytisholmasdi. Oshna-og’aynilar davrasida ulardan otalari nima ish qilishini so’rashsa, aytgani uyalishar, ko’pincha yok’gon gapirishardi. O’tin ko’tarib ketayotgan otalarini ko’chada ko’rib qolishsa, borib yordam berish o’rniga o’zlarini olib qochishar, «Bizni o’tinchining o’g’li deb o’ylashmasin», deyishardi.

O’tinchining xotini esa oqila, itoatgo’y ayol edi. U doim eri uyga kelishini sabrsizlik bilan kutar, charchab qaytganida shirin so’zlar bilan kutib olar, darrov qo’liga suv quyib, sochiq tutardi. O’tinchilik asboblarini esa yuvib, tozalab joy – joyiga qo’yardi. Darrov dasturxon yozib, eri bir – ikki piyola choy ichguncha ovqat suzi kelardi. Topib kelgan pulini bir hamyon tilla olgandek sevinib olar, «Bugun doimgidan ham ko’p pul topib kelibsiz», derdi. Ba’zida o’tinchi «Bugun kamroq pul topdim» desa ham «Hafa bo’lmang, barakasini bersin. Bugun kamroq topgan bo’lsangiz, ertaga ko’proq pul topasiz», deb uning ko’nglini ko’tarardi.

Bir kuni o’g’illari onasidan so’rashdi:

-Onajon, otamiz bir oddiy o’tinchi bo’lsa, nega uyga kelganida buncha girdikapalak bo’lasiz?

- Rost, otamiz kelishi bilan xizmatiga shaylanasiz, - o’rtancha o’g’il so’z qo’shdi.

- Hatto otamizning oyoqlarini o’ingiz yuvib qo’yishingizni tushunmaymiz, - dedi kenja o’g’il.

- Biz otamiz o’tinchiligidan uyalamiz, - deyishdi bir ovozdan.

Bunga jaoban ona:

-Eh, soddagina bolalarim-a, Otalaring ko’chada o’tinchi, uyda esa otalaring Sulton! – dedi…

O’RNAK

O’g’il keksayib qolgan otasini mehmon qilish istagida shaharning osoyishta tamaddixonalaridan biriga olib keldi.



«Buyuk otalar hayrat to’la nigohini yulduzlardan uza olmayotgan jajji farzandlarini yelkalariga o’tqazadilar – da, ularni yulduzlar sari yanada yaqinroq olib chiqadilar». Har gal otasiga qaraganida mana shu fikr hayolidan o’tadi.

Ovqatlanish mahali beixtiyor kaftlari qaltirayotgan otaning qoshig’idagi ovqat to’kilib, kiyimlariga sachrar, hijolatdan qizarib ketgan otaxon o’g’liga yumshoq nigohlarini tikar, o’g’il esa xotirjam jilmayar, sachragan taom dog’larini zudlik bilan artib qo’yar edi. Ularga yonma – yon o’tirgan stoldagilar, jumladan, uch o’smir yigit qurshovida ovqatlanayotgan kishi va uning rafiqasi bu manzarani zimdan kuzatib turishardi.

Ota – o’g’il ovqatlanib bo’lkishgach, o’g’il otaning qo’llaridan tutib yuvinish xonasiga boshladi, otasining kiyimini non hamda ovqat dog’laridan tozalab , qo’llarini yuvishga yordamlashdi, dadasining bosh kiyimini to’g’irlab qo’ydi.

Yuvinish xonasidan chiqishgach barshaning e’tibori ularda edi.

Ota – o’g’il yemakxonani tark etayotganida qo’shni stolda farzandlari bilan o’tirgan kishi ortlaridan yetib keldi.

-Siz bu yerda nima qoldirib ketayotganingizni bilasizmi? – so’radi u o’g’ildan.

-Yo’q, hech narsamiz qolib ketayotgani yo’q – stolga ko’z yugurtirgnicha javob qaytardi o’g’il.

-Qodirib ketayapsiz, huda ham qimmatnarsa qoldirip ketayapsiz. Siz har bir o’g’il va otaga, menga va mening farzandlarimga o’rnak qoldirib ketayapsiz, do’stim! Otangizga meng rahmat! – u kishi o’gilning qo’lidan mahkam siqqanicha minnatdor nigohda boqdi.




Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish