Tayanch so’z va iboralar:
Eksperiment, laboratoriya eksperimenti, ishlab chiqarish eksperimenti, dala sinovlari, oddiy esperiment, eksperiment metodologiyasi, eksperiment reja dasturi, eksperiment metodikasi, omillar soni, vosita, ko’rgazmali shakl, mehnat talablilik, sub’ektiv ta’sir, kuzatish daftari.
Nazorat savollari
Eksperiment tadqiqotlar deganda nima tushuniladi?
Eksperimentning qanday turlari mavjud.
Laboratoriya eksperimenti haqida tushuncha bering.
Ishlab chiqarish eksperimentining xususiyatlari qanday ?
Eksperiment metodologiyasining bosqichlarini izohlang.
Eksperimentning reja-dasturi va unig tarkibiy qismlari.
Eksperiment metodikasi deganda nima tushuniladi?
Eksperimentning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Omillar soni haqida nimalar bilasiz?
Eksperiment natijalarini namoyish etishning ko’rgazmali shakli.
Eksperiment tadqiqotlar o’tkazishning asosiy qoidalari.
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini rasmiylashtirish, xulosalar chiqarish va amaliyotga joriy etish
O`lchashlar natijalarini grafik tasvirlash
Emperik formulalarni tanlash
Nazariy-eksperimental tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish.
Hisoblash eksperimenti
O’lchashlar natijalarini grafik tasvirlash
Grafik tasvir eksperiment natijalari haqida ko’rgazmali tasavvur beradi, tadqiq etilayotgai jarayonning fizik mohiyatini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi, funktsional bog’liklik tavsifini aniqlaydi va unga nisbatan minimum yoki maksimumni belgalaydi.
O’lchash (yoki kuzatish) natijalarini grafik tasvirlash uchun ko’pincha koordinatalarning to’g’ri burchakli sistemasidan foydalaniladi. X o’q bo’ylab faktor qiymatlari x1, x2, . . ., xn Y o’q bo’ylab esa unga mos chiqish parametrlarining chiqish qiymatlari u1, u2, . . ., un (1- rasm) qo’yiladi.
Agar x1, u1,; x2, u2,;. . .,; xn, un nuqtalar kesmalar bilan birlashtirilsa, bunda siniq egri chiziq 1 hosil bo’ladi, u eksperiment ma’lumotlari bo’yicha yqf(x) funktsiya o’zgarishini tavsiflaydi. Bu siniq egrini barcha eksperiment nuqtalari yaqinidan o’tuvchi bir tekisdagi egri chiziq 2 approkslaydi.
Ba’zan 1 ... 2 grafada nuqtalar egridan keskin uzoqlashadi. Bu holda avval hodisaning fizik mohiyati tahlil qilinadi. Agar yqf(x) funktsiyasining bunday keskin sakrashi uchun asos bo’lmasa, bunda chetga chiqishni qo’pol xato yoki adashish deyish mumkin.
yqf(x) eksperimental funktsiyasi grafik tasviriga koordinata to’rini tanlash jiddiy ta’sir etadi. Ular bir tekis yoki bir tekismas bo’lishi mumkin. Bir tekis koordinata to’rlarida ordinata va abstsissalar bir tekis shkalaga ega bo’ladi.
Bir tekismas koordinata to’rlaridan eng ko’p tarqalgani yarim logarifmik (3- rasm, a), logarifmik (3-rasm, b) ehtimoliylardir. Ulardan turli sabablarga ko’ra foydalaniladi. Xususan, yarim logarifmik, logarifmik koordinata to’rlaridan, odatda, omillar va (yoki) chiqish parametrlarining o’zgarish intervali katta bo’lganda foydalaniladi. Bundan tashqari, ular ko’plab egri chiziqli funktsiyalarni to’g’rilaydi.
1- rasm. Bog’liqlik grafik tasviri yqf(x): 1- bevosita o’lchamlar natijasi bo’yicha egri chiziq; 2- approkslovchi bir maromdagi egri chiziq
Grafiklarni chizishda quyidagi amaliy mulohazalarga amal qilish lozim:
- koordinata to’ri va grafik masshtabni to’g’ri tanlash kerak. Masshtab qancha katta bo’lsa, grafikdan olinadigan qiymat aniqligi shuncha yuqori bo’ladi. Biroq, grafiklar, qoidaga ko’ra, 200x150 mm hajmdan oshib ketmasligi kerak;
- koordinata o’qlari bo’yicha masshtabni grafik tor yoki keng bo’lib qolmaydigan qilib tanlash kerak;
- grafikni millimetrli qog’ozga chizish maqsadga muvofiq.
2- rasm. Yarimlogarifmik (a) va logarifmik (b) koordinata to’rlari
Do'stlaringiz bilan baham: |