Taqrizchi: ”Matematik tahlil“ kafedrasi o’qituvchisi
Xayitbayev S.
Urganch Davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti “Matematik tahlil” kafedrasi matematika yo‘nalishi
195-matematika yo’nalishi talabasi Sabirov Shahzodning “Ehtimolning aksiomatik ta’rifi ” mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
Ushbu kurs ishida “Ehtimolning aksiomatik ta’rifi ” mavzusi o‘rganilgan bo‘lib, bunda ehtimolning klassik, statistik va aksimatik ta’rifi hamda elementar hodisalar fazosi va ular ustida amallar mavzulari to’la yoritilib berilgan. Jumladan, ushbu mavzular misollar yordamida keltirilgan bo’lib, ular to’laligicha yechib ko’rsatilgan.
Mazkur kurs ishida mavzuga doir formulalar va teoremalar isbotlari bilan keltirilgan. Ba’zi muhim xossalar to’liq bayon qilib ko‘rsatilgan. Geometrik ehtimollik haqida ham batafsil keltirilgan.
Talaba Sabirov Shahzod ”Ehtimolning aksiomatik ta’rifi “ mavzusidagi kurs ishi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kurs ishini bajarishga qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi. Mazkur kurs ishini www.ziyonet.uz internet tarmog‘iga joylashtirilishiga tavsiya qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |