Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


I  1. “Keys stadi” metodi ta’lim texnologiyasi sifatida



Download 280,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana07.04.2022
Hajmi280,79 Kb.
#534104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

1. “Keys stadi” metodi ta’lim texnologiyasi sifatida. 
Keys metodi (ingl. Case method - keys-metod, Case-study – keys stadi, aniq 
vaziyat metodi, vaziyatli tahlil metodi) - real iqtisodiy, ijtimoiy va biznes 
vaziyatlarning tavsiflaridan foydalangan holda o‘quvchilarda aniq ko‘nikmalarni 
shakllantirish texnikasidir.
2
O‘quvchilar vaziyatni tahlil qilishlari, muammo 
mohiyatini tushunishlari, mumkin bo‘lgan yechimlarni taklif etishlari va ularning 
eng yaxshilarini tanlashlari kerak. Keyslar real vaziyatga yaqin bo‘lgan 
materiallarga asoslanadi. Aniq vaziyatlar metodi (“Case-study” metodi) o‘yinli 
bo‘lmagan imitastion faol o‘qitish metodlari qatoriga kiradi. “Case-study” 
metodining maqsadi − o‘quvchilar guruhining umumlashgan kuchi bilan ishning 
aniq holatidan kelib chiqadigan vaziyatni, ya’ni aniq ish jarayonida namoyon 
bo‘ladigan “Case” tahlil qilish, amaliy yechimlarini ishlab chiqish va ularni 
taqdimot etishdan iborat. Jarayonning tugashi taklif etilgan variantlarni baholash va 
ularning ichidan eng samaralisini tanlashdir. 
“Case-study” metodi quyidagilarni nazarda tutadi: 
1. Keysni o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘rganish va muhokama qilish. 
2. Muhokama jarayoni yechimga qaraganda muhimroq tamoyiliga rioya etish. 
“Case-study” metodi ishlab chiqilgan joy Garvard universiteta (AQSh) hisoblanadi. 
Dastlabki keysdan 1870-yili Garvard universitetining huquq maktabi o‘quv 
jarayonida foydalangan. Ushbu metod 1920-yildan e’tiboran Garvard biznes 
2
http://www./ Ziyouz.com.


maktabida joriy qilingan. Garvard biznes maktabi o‘qituvchilari biznes yo‘nalishida 
o‘qiyotgan aspirantlarning dasturiga mos darsliklar mavjud emasligini tezda 
tushundilar. Ularning ushbu muammoni hal etish bo‘yicha qabul qilgan birinchi 
qarorlari biznes bo‘yicha yetakchi amaliyotchilardan intervyu olish va bu menejerlar 
nima bilan shug‘ullanganliklari, shuningdek, ularning faoliyatiga ta’sir etadigan 
omillar haqida to‘la-to‘kis hisobot yozishdan iborat bo‘ldi. Tinglovchilarga tanishish 
va mustaqil hamda jamoaviy ravishda muhokama mobaynida yechimini topish 
uchun real tashkilot faoliyatida vujudga kelgan aniq bir vaziyatning tavsifi berilgan. 
Dastlabki tanlangan keyslar 1925-yili Garvard universitetining biznes haqidagi 
hisobotlarida chop etilgan. Universitet amaliyotida “Case-study” metodi
1980- yillardan e’tiboran iqtisod va biznes fanlarini o‘qitish 
amaliyotida qo‘llanilib kelinmoqda va kundan kunga uning tarafdorlari soni 
ko‘paymoqda. 
Hozirgi kungacha Garvard biznes maktabi keyslardan ta’lim sohasida 
foydalanish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi va ularni muhokama qilishga o‘quv 
vaqtining 90 foizi ajratiladi. XX asrning 50-yillaridan e’tiboran biznes-keyslar 
G‘arbiy Yevropada keng tarqaldi. Keyslarni to‘plash va ta’lim muassasalariga 
tarqatish bo‘yicha sardor 1973-yili 22 OTM tashabbusi bilan yaratilgan The Case 
Clearing House of Great Britain and Ireland hisoblanadi. 1991-yildan uning nomi 
European Case Clearing House (ECCH) deb yuritiladigan bo‘ldi. ECCH 
dunyoning turli davlatlarida joylashgan keyslarni taqdim etuvchi va foydalanuvchi 
tashkilotlar bilan aloqada bo‘lgan notijorat tashkilot hisoblanadi.
Bugun ta’limda “Case-study” metodi yetakchi o‘rinni egalladi, undan 
xorijning biznes-ta’lim amaliyotida faol ravishda foydalanilmoqda va 
o‘quvchilarga tipik muammolarni hal etish malakalarini o‘rgatishda eng samarador 
metodlardan biri hisoblanadi. Masalan, Garvard biznes maktabi, “Case-study” 
metodi biznesga o‘qitishda ustuvor ahamiyatini yo‘qotmagan holda o‘quv 
vaqtining qariyb 90 foizini aniq keyslarni tahlil qilishga ajratadi. Garvard metodi 
bo‘yicha vaziyatli o’qitish − bu videomateriallardan, kompyuter va dasturiy 
ta’minotdan foydalangan holda tashkil etiladigan tinglovchilarning jadallashtirilgan 
treningidir. Garvard yoki boshqa ixtiyoriy biznes-maktabning o‘rtacha statistik 
o‘quvchisi o‘zining o‘qish davrida yuzlab keyslarni ishlab chiqadilar.
Hozirgi vaqtda ikkita: Garvard (Amerika) va Manchester (Yevropa) mumtoz 
“Case-study” maktablari mavjud. Birinchi maktab doirasida metodning maqsadi 
yagona to‘g‘ri yechimni izlashga o‘rgatish bo’lsa, ikkinchisiniki − muammoni hal 
etishning ko p yechimli variantini ko‘zda tutadi. Ushbu metod biznes o‘qitishda eng 
samarali deb topilgan, lekin u pedagogika, tibbiyot, yurispridensiya va boshqa 
fanlarni o‘qitishda ham samara berishi mumkin bo‘lgan metod o‘quvchilarni ingliz 
tiliga o‘qitishda ham o‘zining samarasini bergan.


Yaxshi keys quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak: 
– qo‘yilgan vazifaning maqsadga aniq mos kelishini; 
– mos qiyinchilik darajasiga ega bo‘lishni; 
– iqtisodiy hayot yo‘nalishlarining bir nechtasini namoyish etishni; 
– juda tez eskirib qolmaslikni; 
– o‘tilayotgan fan mavzusi orqali yechim topish imkoniyatining mavjudligini; 
– tahliliy fikrlashni rivojlantirishni; 
– munozara uyg‘otishni; 
– bir nechta yechimga ega bo‘lishni. 
Ifodalash shakli bo’yicha: qog‘oz keyslar; videokeyslar, multimedia keyslar. 
O‘lchami bo‘yicha: to‘la keyslar (o‘rtacha 20-25 bet) bir necha kun 
mobaynida jamoa bo‘lib ishlashga mo‘ljallangan va o‘z yechimining taqdimotini 
jamoaviy ishlab chiqishga qaratadi; qisqa keyslar (3-5 bet) bevosita darsda 
ishlashga mo‘ljallangan va umumiy munozara, deb qaraladi.
Murakkablik darajasi bo’yicha: maktabgacha tarbiya muassasalari 
tarbiyalanuvchilari uchun keys, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun keys, umumiy 
o‘rta ta`lim maktablari o‘quvchilari uchun keys, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari o‘quvchilari uchun keys, bakalavrlar uchun keys, magistrlar uchun 
keys bo‘lishi mumkin. Bunday metoddan foydalaniladigan mashg‘ulotlarda 
o‘quvchilar turli vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar va jamoada ishlashni, vaziyatlarni 
tahlil qilishni, qarorlar qabul qilishni, mustaqil fikrlashni, o‘z-o‘zlarini tanqid 
qilishni va baholashni, ijodiy fikr yuritishni o‘rganadilar. 
“Case-study” metodining g‘oyasi (vaziyatli o‘qitish metodi) yetarlicha sodda: 
1. Metod fanlardan bilim olishga mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘yilgan savolga 
yagona javob emas, balki unda bir necha javob bo‘lib, ular o‘zaro haqiqatligi 
darajasi bo‘yicha raqobatlashishlari mumkin, bunda o‘qitish vazifasi an’anaviy 
sxemadan butkul farq qiladi va yagona emas, balki muammoli maydonda ko‘p 
haqiqatlarni hamda yo‘nalishlarni qamrab olishga qaratilgandir. 
2. O‘qitish urg‘usi tayyor bilimlarni olishga emas, balki ishlab chiqarishga, 
o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikda ijod qilishiga qaratiladi. Ana shu yerda 
“Case-study” metodining an’anaviy metodlardan tubdan farqi – bilim olish 
jarayonida, o‘quvchi boshqa o‘quvchi va o‘qituvchi bilan muammoni muhokama 
qilishda teng huquqliligidadir. 
3. Metodni qo‘llashning natijasi nafaqat bilim olish, balki kasbiy faoliyat 
malakalarini egallashdir. 
4. Metodning texnologiyasi quyidagidan iborat: aniq qoidalarga. 
5. Vaziyatli tahlilning samarasi nafaqat bilim olish, balki o‘quvchini qadr-qimmat, 
kasbiy holat, hayotiy yo‘l-yo‘riq, o‘ziga xos kasbiy dunyoni sezish va 
dunyoni o‘zgartirish tizimini rivojlantirishdan iborat. 


6. “Case-study” metodida an’anaviy o‘qitishning “quruqligi”, materialni 
bayon etishning his-tuyg‘uli bo‘lmaganligi kabi muqsonlari, his-tuyg‘u, ijodiy 
raqobat va hatto keys muhokamasidagi teatr spektaklidagiga o‘xshab ketadigan 
kurash jarayoni orqali tuzatiladi. 
“Case-study” metodi – nazariy bilimlarni amaliy masalalarni yechishga 
qo‘llash imkoniyatini beradigan quroldir. Metod o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga 
o‘rgatib qolmasdan, eshita bilish ko‘nikmasini shakllantirish va turli-tumanlik 
nuqtayi nazarni hisobga olish hamda o‘z fikrini asoslab berishga o‘rgatadi. Ushbu 
metod orqali o‘quvchilar tahliliy va baholash malakalarini takomillashtirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar, jamoada ishlashga va qo‘yilgan muammoning eng 
ratsional yechimini topishga o’rganadilar.
3

Download 280,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish