Tabiat burchagidagi ish. Tarbiyachi bog’ hovlida tabiat burchagini tashkil qiladi: akvarium o’rnatadi, bolalar kuzatishlari va parvarish qilishlari lozim bo’lgan bir necha xona o’simliklarini olib keladi. Yozda tarbiyachi bolalarning o’simlik va hayvonlar haqidagi bilimlarini aniqlash hamda konkretlashtirish ishini davom ettiradi. Guruhdagi mashg’ulotlar tabiat burchagi va yaqin atrof tabiatdagi mashg’ulot va maqsadli sayrlar bilan almashinib turadi
Agarda sayrlar vaqtida bolalar mushuk yoki kuchukni ko’rib qolsalar, bu holda bolalarning shu hayvonlarning harakterli xususiyatlari, xatti - harakatlari bilan tanishtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |