Ammo ayrim turkiy tillarda unlilar uygunligining buzilish tendensiyasi kuzatiladi. Bu, ayniqsa, chuvash tilida yaqqol ko‘rinadi. Chuvash tilida affiksal bo‘g‘inlar, ko‘pincha, unlilar garmoniyasi qonunga bo‘ysunmaydi. Masalan, chuvash tilidagi ko‘plik affiksi -sem orqa qator va old qator o‘zaklarga ham bir xil darajada birikadi: їvъlъmzem (mening o‘g‘illarim), lajazem (otlar), ammo issem (ish), inezem (sigirlar). Ayrim chuvashcha so‘zlarda orqa qator unlilar old qator unlilarga aylangan: xil (qish)
Do'stlaringiz bilan baham: |