II bob. Qirg'iz tili fonetikasining o'ziga xos xususiyatlari 2.1 Qirg'iz tili fonetikasining shakllanishi va o'rganilish tarixi Qirgizlar – Orta Osiyoda yashovchi turkiy xalqlarning biri bolib, Qirgiziston Respublikasining asosiy xalqini tashkil etadi. Ularning ayrim guruhlari Ozbekiston hamda Tojikistonda, shuningdek, Xitoyning janubi-garbi-dagi togli tumanlarda (115 ming kishi), Afgonistonda (10 ming kishi) yashaydi. Qirgizlarning umumiy soni 2 mln. 280 ming kishi. Dini – musulmon (sunniylar). Hozirgi qirgizlar avvallari (1917-yilgacha) «qora-qirgizlar», «bulutlar» deb nomlangan. Qirgizlarning etnogenezi qadimgi xun, dinlin, sak, usun qabilalari bilan bogliqdir. Songra qirgiz xalqi tarkibiga mahalliy turkiy va eroniy tilli qavmlar, qarluqlar, uygurlar, keyinchalik mogul qavmlari, XVI–XVII asrlarda esa ayrim qozoq-nogoy qavmlari kirgan. Qirgizlar alohida xalq bolib XVI asr boshida Tyanshanda vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |