11.1-rasm. Konni qazib olish ketma-ketligi sxemasi.
- loyihalangan eritmaga o'tkazish ekspluatsion bloklar (IEB), ularning raqamlanishi (1) va joylashishi (shimol;sh): 2 - birinchi navbatda qazib olinadigan konning maydoni: 3 - zavodning ishlab chiqarish ishchi maydoni ; 4 - tajribaviy-sanoat qurilmasi ishchi maydoni; 5,6 - nasos stansiyalari birinchi va ikkinchi navbatga mos ravishda; quvur o'tkazgichlar; 7 - birinchi navbatda bosim hosil qiladigan; 8 - birinchi navbatda bosim hosil qilmaydigan yer osti usulida eritmaga o'tkazish; 9,10 - mos ravishda
loyihalangan bosim hosil qiladigan va bosim hosil kilmaydigan; 11 - mahsulotli eritmalarni harakatlanish yo'nalishi
200
LOYIHALASH UCHUN DASTLABKI MA'LUMOTLAR
Loyihalashning har qaysi bosqichi uchun kerak asosiy ma'lumotlar tarkibi doimiy bir xil bo'ladi. Faqatgina ularning tushuntirish darajasini o'zgarishi mumkin. Oxiriga kelib esa, kerakli ma'lumotlar sifatinigina loyihalash bosqichlarini aniqlab bera oladi.
Asosiy ma'lumotlarning doimiy holatida va o'zgarmas hajmida, ularning ishonchliligi va sifati, loyihalash bosqichlarining o'zgarishiga qarab, ketma ket ravishda konning ishlab chiqarishdagi ishlash holatiga qarab mukammalasha borishi kerak.
Bu holatda asosiy ma'lumotlarning sifatini aniqlashda asosiy ko'rsatkichlari bo'lib, bir tomondan ularni qayt etishda ta'sir ko'rsatadigan tabiiy va texnik faktorlar bo'lsa, ikinchi tomondan tajribadagi ma'lumotning qayt etilgan va hisoblangan holatiga yaqinligi ko'rsatkichlari kiradi.
YOTEO’ korxonasini loyihalashdagi asosiy ma'lumotlarni birinchi yaqinlashtirishni 5 ta asosiy guruhlarga : qoplovchi va xalaqit qiluvchi tog’ jinslari hamda eritmalarning iqtisodiy-geografik, geologik, gidrogeologik, fizik holatlariga ko'ra xususiyatlariga ajratish mumkin.
Iqtisodiy-geografik guruh o‘z ichiga: ob-havo, gidrografiya, kon joylashgan joy relefi, transport aloqalari, energiya, suv, yoqilg'i bilan ta'minlanish darajasi, qazib olinayotgan xom ashyo narxi va unga bo'lgan talab xaqqidagi va boshqa ma'lumotlarni qamrab oladi. Bu ma'lumotlarning asosiy vazifasi yangi barpo etiladigan korxonani, shu korxona quriladigan hududning iqtisodiy strukturasiga va umuman xalq xo'jaligida o'rnini to'g'ri joylashtirish ishlari uchun kerak bo'lishidir.
Geologik ma'lumotlar guruhi kon atrofini o'rab turgan joy haqida quyidagi asosiy ma'lumotlarni: joyning geologik tuzilishi, undagi ruda tanalari formlari, ularning joylashuv o'rni, ulardagi asosiy metall va boshqa foydali komponentlarning miqdori, tarqalish qonuniyati, qoplovchi va xalaqit beruvchi tog’ jinslarining litoligik, minerologik tarkibi, konning rudali va rudasiz qismlarining kesimdagi bog'liqligi hamda metallning taxminiy zahirasi haqidagi kerakli ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Geologik ma'lumotlar, asosan, konni tanlab eritsh uchastkasi va bloklariga ajratish, ularning o'lchamini aniqlash, ularda ish olib borish ketma-ketligini aniqlash, texnologik skvajinalar tuzilishini aniqlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Ular yana konni ochish sxemasi va ishlash tizimi uchun hamda shaxta
201
stvollari soni, qavat balandligi, blok o'lchami va boshqa o'lchamlarni aniqlash uchun kerak.
Gidrogeologik asosiy ma'lumotlarda ruda va xalaqit beruvchi rudalarni o'tkazuvchanlik, yer osti suvlarniing statik sathi, suv gorizontlarining soni, ularnig tarqalishi va o'zaro bog'liqligi, suv talab qilish joylari va suv jo'natish joylari hamda boshqa joy haqidagi ma'lumotlar majmuasinini o‘z ichiga oladi.
Bu ma'lumotlar, agar konni ochishda so'ruvchi va jo'natuvchi texnologik skvajinalar ishlatiladigan bo'lsa, ularning joylashish sxemasini tanlash va debitini aniqlash, tanlab erituvchi eritmaning tarqalish maydonini aniqlash hamda shularni bilgan holda gorizontlarning suvli yoki suvsizligiga qarab, ularga bloklarda mahsuldor va ishchi eritmalarni jo'natish va boshqarish, shu eritmalarning yer qa'rini ifloslantirish darajasini aniqlash va shu orqali suvli gorizontdagi yer osti suvlarini himoya qilishda ishlatiladi.
Konning yon bag'ridagi tog’ jinslarining fizik xossalari, geologiyasini razvedka qilish orqali aniqlanadi. Undan tashqari bilish kerak bo'lgan xossalar ham mavjud bular, jinslarning zichligi va hajmiy massasi, umumiy va ayniqsa foydali g'ovaklilik, yoriqlilik, siqiluvchanlik, mustahkamlik, rudali va rudamas qatlamning granulometrik tarkibi, ularning portlashga oid xossalari,
maydalanish va boshqalardir.
Foydali qazilma konni YOTEO’ usuli bilan ochishni loyihasini tuzish hamda ishga tushirishda eng kerak bo'ladigan ma'lumotlar bu rudalarning hamda eritmalarning texnologik xossalaridir. Ularga misol qilib, asosiy tanlab eritib olinadigan komponent, kompleks hosil qiluvchi, sirt aktiv modda va ularning konsentratsiyasi, ba'zi bir komponentlarning maksimal ruxsat etilgan miqdori va ularning qayta jo'natiladigan eritma tarkibidagi miqdori, har xil jinslar uchun tanlab eritish rejimi va boshqa ma'lumotlarni aytib o'tsak bo'ladi.
Bu guruhda boshqalaridan farqli o'laroq faqat YOTEO’ usuli uchun kerak bo'ladigan ma'lumotlar keltirib o'tilgan va ular geotexnologik asosiy ma'lumotlar deyiladi va quyidagilar hisoblanadi:
har xil turdagi ruda va jinslardagi eritmalarda metall konsentratsiyasinining o'zgarish qonuniyati va uning ajratib olinishining vaqtga hamda tanlab eritishning tezligi va filtrlanish uzunligiga bog'liq o'zgarish qonuniyati;
har xil turdagi ruda va jinslar uchun tanlab eritishda komponentlar bo'yicha erituvchi eritmaning solishtirma sarfining vaqtga, jarayon tezligiga va filtratsiya masofasiga bog'liq o'zgarish qonuniyati;
har xil turdagi ruda va jinslarning gorizontlari uchun alohida hamda texnologik skvajinaning filtr oldi zonalarida tanlab eritish jarayonida
202
gidrogeologik xususiyatlarning (filtr koeffitsienti, o'tkazuvchanlik, foydali g'ovaklilik) jarayon o'zgarish qonuniyatlari bog'liqligi.
Geotexnologik asosiy ma'lumotlar va boshqa ma'lumotlar jamlanib, konni ochishdagi asosiy parametrlar hisobi-kitobini asoslash uchun ishlatiladi. Loyihalash ishlarining borish jarayoni vaqtida bu ma'lumotlarning aniqligi va to'g'rilik darajasi ham ortib boradi. O'tkazuvchan qatlamli konlarni o'zlashtirishda bu ma'lumotlar aniqlilishi quyidagilar bilan asoslanishi kerak:
TED bosqichi uchun dala tadqiqotlari (YOTEO’ uchun foydali qatlamni tadbiq etish) tanlab eritish va tanlab eritish eruvchilarining harakat qonuniyatlari va metallni konning uchaskasida birlamchi razvedka payti foydali qatllamdan ajratib olish vaqti bilan. Dala tadqiqotlariga qo'shimcha ravishda, laboratoriya tekshirishlari namunadagi material andozasiga qarab bajarilishi kerak;
TEO bosqichi uchun konning muayyan bir necha bo'laklaridagi (bloklarida) ekspluatatsion texnologik skvajinalar to'rida tajriba ishida ishlatilishi mumkin bo'lgan qazib olish tizimi uchun asosiy texnologik elemntlari, TED ni biror bir qismini tuzishda ishlatiladi;
TP bosqich uchun konning uchastkasi qazib olish tizimiga qarab tajriba-ishlab chiqarish TEO bo'limiga muvofiq bajariladi.
RCH bosqichi uchun birinchi darajali bu, tadqiqotlar natijasida kon uchastkalari bo'laklari (bloklarda) tajriba-ishlab chiqarish qismini barpo etish kerak. Kengaytirish ishlari TRP qismga muvofiq tajriba-ishlab chiqarish qismini barpo etish kerak.
RCH bosqich uchun tadqiq etilayotgan va boshqaruv bloklarini qurilishning, birinchi va keyingi ketma-ketligi hamda ularning oldingi bloklarga qarab joylashtirishiga qarab barpo etilishi kerak.
LOYIHA ISHLARINING TARKIBI
Har qaysi sanab o'tilgan bosqichlardagi loyihalash ishlari avvalombor kon sxemasi va tizimini tanlab ochishdan boshlanadi. Qatlamlari o'tkazuvchan bo'lgan konlarni ochish sxemalari quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: texnologik skvajinalar joylashish sxemasi, ularning bir-birlariga ulash ketma- ketligi, ularning ish rejimi va ishlab bo'lgan konning qismlarini tugatish ishlari.
Tanlab olingan sxemadan kelib chiqib, qazib olish va qayta ishlash komleks ishlanmalari, eritmani transportirovka qilish tizimi va YOTEO’ korxonasining boshqa qismlarini asoslash asosiy geotexnologik ko'rsatkichlar hisoblashdan kelib chiqadi. Bularning natijasida ishchilar soni, materiallar, energiya, uskuna hamda mashina va mexanizmlarga bo'lgan talab aniqlanadi.
203
Oxirda esa iqtisodiy hisoblash ishlari, qazib olish tizimini asoslash, konni va konning ba'zi qismlari qurilishini asoslash ishlari amalga oshiriladi.
YOTEO’ usulini loyihalashdagi o'ziga xosliklaridan biri bu ochish usuli va asosiy geotexnologik ko'rsatkichlar bilan bog'liqligidir.
Ochish tizimini tanlashda birinchi bajariladigan ishlardan biri bu texnologik skvajinalar joylashish sxemasini tanlashdir. Bu tizimni tanlash ishning eng kerakli vazifasi bo'lishiga qaramasdan texnologik skvajinalarni tanlashning yaxshi usuli hali topilmagan.
Texnologik skvajinalar joylashish tizimini bajarish ishlari 2 bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqichda texnologik skvajinalar joylashtirishning bir necha variantlari ishlab chiqiladi va u bir muncha ishlash talablariga va tabiiy sharoitga mos keladi va ular yordamida asosiy geotexnologik ko'rsatkichlari hisoblanadi. Va bu variantlardan kelib chiqib 2-3 variantlarni tanlab eng talabga muvofiqi olinadi (ularga misollar 11.2 chizmalarda ko'rsatib o'tilgan) va ular asosida yanada yaxshiroq hisob-kitob ishlari olib boriladi.
Asosiy geotexnologik ko'rsatkichlarga, mahsuldor eritma tarkibidagi metall konsentratsiyasi, texnologik skvajinalarning umumiy debiti, so'ruvchi texnologik skvajinalar debiti, bir vaqtda ishlovchi texnologik skvajinalar, erituvchi va oksidlovchining konsentratsiyasi va sarfi, ishchi texnologik skvajinalarning ko'tarilib tushish balandliklari. Yaqinlashtirilgan hisoblash ishlari quyida ko'rsatilgan.
Metallning eritmalardagi konsentratsiyasi, to‘g‘rirog‘i ularning butun ishlatilish vaqtidagi umumiy metallning o'rtacha qiymati bu formula bo'yicha hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |