Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona



Download 1,22 Mb.
bet47/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Meksika davlat turizmi


Meksika davlati Shimoliy Amerikaning Janubiy-Farbiy qismida joylashgan. Hududi 1958.2 ming kv. km. ga teng Tinch okeani va Kaliforniya qo‘ltig‘idagi qator orollar ham uning hududiga kiradi. Aholisi 94.0 mln. kishidan iborat. Poytaxti Mexiko. Mexikoda 20 mln. dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Yirik shaharlari Gvadalahara. Monterrey. Puebla. Leon. S‘yudad–Xuares. Aholisining 55% ispan-hind metislari. (1910-yilning 16 sentyabrigacha Ispaniya mustamlakasi bo‘lgan. 16 sentyabr Meksikaning «milliy bayrami» hisoblanadi. chunki shu yili Ispaniya asoratidan holi bo‘lib mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tdi). 29% mahalliy xindular va yevropaliklarning ajdodlaridan iborat. Rasmiy tili-ispan tilidir.
Meksikani tog‘lar mamlakati. deb atash mumkin. chunki Meksika hududining yarmi dengiz sathidan 1000 m. balandlikda joylashgan. Uning tabiiy boylik zahiralari juda katta bo‘lib. bu sohada Lotin Amerikasida birinchi o‘rinda turadi. SHuning uchun ham turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarga ega mamlakat.
Meksika qadimiy va boy madaniyatga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. U yerda dunyoga mashhur asori – antiqalar nihoyatda ko‘p. muzey va kutubxonalarda qadimiy ko‘rgazma va qo‘lyozmalar saqlanib qolgan.
Meksikada avtomobilsozlik. elektronika va elektrotexnika yetakchi sohalardan hisoblanadi. Mamlakatda yiliga 390-400 ming avtomobil‘ ishlab chiqariladi. Mamlakatda transport vositalari yaxshi rivojlangan. 26.5 ming km. temir yo‘l. 237 ming km. avtomobil‘ yo‘llari mavjud.
Dengiz flotlari Tinch va Atlantika okean qirg‘oqlarida joylashgan. Mamlakatda 53 ta aeroport bo‘lib. Meksika shaharlari va yetakchi davlatlar bilan havo aloqalari o‘rnatilgan. Yalpi milliy mahsulot 728.2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Meksikada turizm sohasi faoliyati ham ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan chet el valyuta tushumlarining 10%i turizm sohasiga to‘g‘ri keladi.
Xorijiy turistik tashriflar bo‘yicha Meksika davlati Amerika qit‘asida AQSH va Kanadadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. 2000 yilda Meksikaga 20 million 641 ming xorijiy turistlar tashrif buyurgan. bu ko‘rsatkich 1999 yilga nisbatan 5.0% o‘sishni tashkil etgan. 2001 yilda 2000 yilga nisbatan xorijiy turistlar tashrifi 4.0%ga kamaygan.
2002 yilda 19.7 mln. chet el turistlari tashrif buyurgan 2001 yilga nisbatan 0.7% ga tashriflar sonini kamayishi kuzatilgan.
Meksika turizm bozorini asosan AQSH. Kanada. Yevropa Ittifoqi davlatlari. Markaziy Amerika. Osiyo va Tinch Okeani hududidagi mamlakatlar ta‘minlaydi.
Meksika aholisining turmush tarzi nihoyatda notekis. Barcha daromadlarning 45%i 10% aholi qo‘lida to‘plangan. 69% aholi nochor ahvolda yashaydi. Meksika mamlakatida umuman. ko‘pgina ijtimoiy masalalar o‘z yechimini kutmoqda. SHuning uchun ham mamlakatda chetga chiqish va ichki turizm kam rivojlangan. Biroq mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar va turistik resurslar mavjud.
Meksika mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarning 2.7%i. Amerika mintaqasiga qilingan tashriflarning 17.1%i Meksika mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar
tashrifi 0.7% ga kamaygan.
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 1.9%i. Amerika mintaqasi tushimlari bo‘yicha 7.8% ni tashkil qilgan.
2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 5.4% ga o‘sganligi kuzatilgan.
Har bir xorijiy tashrif Amerika mintaqasida o‘rtacha 995 AQSH dollarini tashkil qiladi. Meksika davlatida esa 2002 yilda har bir xorijiy tashrif 452 AQSH dollarini tashkil etgan. Bu Meksikada turizm industriyasini. servis xizmatlarini yaxshi rivojlanmaganligidan dalolat beradi.
Meksika O‘zbekiston respublikasini 1991 yil 26- dekabrda tan oldi va 1992 yil 16 martidan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi siyosiy. iqtisodiy va madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish