Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona



Download 1,22 Mb.
bet110/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Namangan –Kosonsoy – Mug’tepa - Namangan. Bu ekoturistik rayonga viloyatning Kosonsoy tumanining 500-2000 m gacha ko‘tarilgan hududlari Yettikon -Qo‘qimboy tog‘ oldi hududlari va adirlar kiradi. SHimoldagi tog‘ va tog‘ etaklari o‘ziga xos geologik tuzilishga

ega.Kosonsoy tumani dengiz sathidan 800m balandda joylashgan tog‘li hudud ekoturizm ob‘ektiga mos. Agroturizm ob‘ekti bo‘lib paxtachilik, donchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik rivojlangan qishloq rayonlarini olish mumkin. SHaharlarda miloddan oldingi II-I asrlarda barpo etilgan Kushon davlatining poytaxti bo‘lgan Mug‘tepa, XV-XVI asrlarda mashhur bo‘lgan Mahdumi A‘zam Kosonsoy maqbarasi, XVIII asrdagi Yusufxon Eshonto‘ra majmualarida ekoturizmni tarixiy turizm bilan birga olib borish imkoniyatini yaratadi. Kosonsoy sanatoriyasi kompleksi, madaniyat va istiroxat bog‘i, o‘lkani o‘rganish muzeyi, xunarmandchilik markazlari, Kosonsoy havzasining ikki sohilidagi oromgoxlar, dam olish maskanlari, madaniy ma‘rifiy markazlari,salqin va kishi ruhiyatini yaxshilovchi buloqlar va atrofidagi jozibali tabiat kompleks ekoturistik marshrutlarni tashkil etishga ko‘maklashadi .

    1. Namangan – Chortoq – Mamay - Nanay. Namangan shahridan boshlanadigan yo‘nalish marshruti dastlab, Chortoq tumanidan oqib o‘tuvchi Chortoqsoyning har ikki yonbag‘iridagi Chortoq, Gulshan, Bolalar sog‘liqni qayta tiklovchi dam olish maskanlari va oromgohlar, shifobaxsh mineral buloqlar, madaniyat va istiroxat bog‘lariga sayohatlar amalga oshiriladi. Marshrutda sayyohlar Baliqliko‘l majmuasi, Zirkmozor, Bibi Naima Sutli bulog‘iga, Qandiyontepa, Oqtomtepa, Dumaloqtepa, Ko‘kyortepa, Julontepa, Qo‘rg‘ontepa kabi bir qator ziyoratgohlarga, tarixiy-arxeologik yodgorliklarga va tabiiy yodgorliklarini ko‘rish imkoniyatlari mavjud. Tashkil etilgan marshrutning ikkinchi bosqichi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Mamay va Nanay qishloq hududlariga rejalashtirilib, sayyohlar O‘ng‘or tog‘idagi bir qator g‘orlar, qoyali tog‘lar va Podshootasoy daryo havzasida tashkil etilgan dam olish maskanlarida tunashlari mumkin. Turistlar sayohat davomida turizmning rafting, shop, ekstremal va ekoturizm kabi turlaridan foydalanishlari tavsiya etiladi. Jumladan, Ko‘ksaroy sihatgohi 1967 yilda tashkil etilgan dam olish maskaniga 2500-3000 nafar turistlar tashrifi kuzatilmoqda. Hozirgi kunda turistlar uchun 100 ga yaqin zamonaviy turar joylar,100x50 hajmdagi suzish havzasi va 100x60 hajmdagi sport maydoni, 500 kishiga xizmat ko‘rsatadigan ovqatlanish shoxobchasi, san‘at saroyi, fotostudiya, tibbiyot maskanlari, savdo va bozor shaxobchalari, bolalar sport maydonchalari, servis xizmati, otda, tuyada sayr qilish uyushmasi, kashtanzor, chinor, archa, terak, yong‘oq, olma, olxo‘ri, nok kabi bog‘larni, dorivor va shifobaxshlik hususiyati yuqori bo‘lgan ziziforaning endemik 2 turini ko‘rishimiz mumkin.

  1. Sirdaryo o‘ng sohili tekislik ekoturistik rayondagi marshrutlar:

    1. Namangan-To’raqo’rg’on-Axsikent-SHaxant-Namangan: Sirdaryoning o‘ng sohili tekislik ekoturistik rayoning mazkur marshrutida turistlar To‘raqo‘rg‘on markazi orqali Axsikent tarixiy-arxeologik majmuasi, SHaxant davolanish maskanlari bo‘ylab sayohatlar amalga oshiriladi.

Farg‘ona vodiysining poytaxti bo‘lgan Axsikent Sirdaryoni o‘ng sohilida joylashib, 400 ga maydonidan iborat. Bu tarixiy shahar aholisi o‘z davrida 200 ming kishiga yetgan [11;24-b.]. Savdo markazi, xonaqoxlar, 4 ta himoya qo‘rg‘oni-tepaliklar, madrasa, majmua, harbiy mashg‘ulot o‘tkazadigan maydon, oziq-ovqat va qurol aslaha saqlaydigan yer osti omborlari, hammom, xon saroyi, bog‘lar ichki va tashqi sayyohlarni hozirda ham jalb etmoqda. Tarixiy turizimni o‘zida mujassam etgan Axsikentning sharqiy tomonidan Sirdaryo havzasi oqib o‘tishi hisobiga qal‘aning suvga tutash joylarida yemirilishi, 1960 yildagi zilzila Axsikentni xaroba holatiga keltirgan. Hozirgi paytda bu tarixiy yodgorlik davlat dasturiga binoan qayta ta‘mirlash, tiklash, muzeylar qurish, atrofini ko‘kalamzorlashtirish, bog‘larga aylantirish va turistlarni jalb qilish maqsadida qayta ko‘rib chiqilmoqda. Axsikentdan 2 km shimoli sharqda 40 mingdan ortiq aholi yashaydigan SHaxant qishlog‘ida shifobaxsh mineral buloqlar va balchiqdan foydalangan holda yurtimizning barcha viloyatlaridan salomatlikni tiklash maqsadlarida sayyohlar turizmning nozoturizm turini rivojlantirmoqda [40;24-b.]. Undan mevali va manzarali bog‘lar, hiyobonlar, ko‘l va favvoralar, zoopark filiali, ovqatlanish shohobchalari, savdo va maishiy xizmat uylari, sport, dam olish maskanlari, Xo‘ja Axmad Vali tarixiy yodgorliklari ham mavjudligi turizmning eko-nozo–ekstremal–tarixiy kompleks turlarini yanada rivojlantirish imkoniyatini beradi. To‘raqo‘rg‘on tumanida G‘oyibnazar va Palasbon ota tarixiy yodgorliklari, Kaptarxona qishlog‘idagi Umar Shayx Mirzoning ramziy qabri, Mahdumi A‘zam Kosoniy avlodiga mansub
bo‘lgan Abdulmoniy maqbaralari viloyatning tarixiy qadamjoylari ro‘yxatiga kiritilgan.


    1. Download 1,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish