2. Kesim ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlagan ergash gap bo'lib, u bosh gap bilan birgalikda kesim ergash gapli qo'shma gapni hosil qiladi: Uch og'a-ini botirlarning eng yaxshi fazilati shuki, ular xalqdan ajralib qolishni istamaydilar. Kesim ergash gaplar bosh gapga -ki bog'lovchisi, o'rin-payt va bosh kelishigidagi shu, kimsan olmoshlari yordamida bog'lanadi. Ba'zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorlagin.
3. To'ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan to'ldiruvchini izohlagan ergash gapdir. To'ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gapni tashkil etadi. To'ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga -ki bog'lovchisi, shart mayli qo'shimchasi -sa yordamida bog'lanadi. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo'lmaydi. Kimda gumoning bo'lsa, uni ko'zdan qochirma.(O.) Bosh gap tarkibida shuni, shunga, shundan kabi to'ldiruvchilar qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |