41-rasm. Suyakli baliqlarning gomotserkal dum suzgichi sxemasi: 1 - d u m u m u r tq a s i , 2 - d u m su z g ic h shu’lalari.
Topshiriqlar: Zog'ora baliq skeletining asosiy bo‘limlari: umurtqa pog'onasi, bosh skeleti, juft va toq suzgich qanotlar skeletlari va kamarlari tuzilishini o'rganib bo‘lgach, quyidagi rasmlami albomga chizib oling: 1. Zog'ora baliq bosh skeletining uzunasiga va yon tomondan ko'rinishi; 2. Miya qutisining ensa bo'limi; 3. Visseral skeletining yontomondanko'rinishi; <
4. Yelka kamari va ko'krak suzgich qanotskeletlari; 5. Chanoq kamari va qorin suzgich qanotskeletlari; 6. Tana bo'limi umurtqasining oldingi tomondanko'rinishi; 7. Dum bo'limi umurtqasining oldingi tomondanko'rinishi; 8. Uchta dum umurtqasining uzunasiga kesimi; 9. Dum suzgichining skeleti;-,- 10. Zog'ora baliqning to'liq slt&fcti (yonidan ko'rinishi).
8-mashg‘ulot. SUYAKLI BALIQLAR SINFI VAKILLARINI ANIQLASH
Kerakli materiallar va jihozlar:suyakli baliqlarning spirtda fiksirlangan kolleksiya materiallari; vannacha, pinset, preparoval ninalar, qo‘l lupasi.
Mashg'ulotning maqsadi: 0 ‘zbekistonda tarqalgan va kafedrada fiksirlangan holda saqlanayotgan baliqlarni aniqla-
gichlar asosida sistematik holatini aniqlash.
Ishning mazmuni: baliqlar (Pisces) katta sinfi tog'ayli baliqlar (Chondrichthyes) va suyakli baliqlar (Ostichthyes)
sinflariga boiinadi.
Tog‘ayli baliqlar sinfiga 650—700 ga yaqin tur kiradi va bu sinf plastinka jabralilar (Elasmobranchii) hamda yaxlit boshli- lar (Holocephali) kenja sinflarga boiinadi.
Suyakli baliqlar sinfiga 20000 dan ortiq tur kiradi va ular quyidagi 4 ta kenja sinfga bo‘linadi: tog‘ay-suyakli baliqlar (Chon- drostei), shuia qanotli baliqlar (Actinopterygii), ikki xil nafas oluvchilar (Dipnoi) va panja qanotlilar (Crossopterygii). Bu ken ja sinflar ichida turlarining ko'pligi va geografik tarqalishi jihati dan shuia qanotlilar kenja sinfi birinchi o‘rinda turadi, ya’ni suyakli baliqlar sinfiga kiruvchi baliq turlarining 95 foizini tashkil etadi. 0 ‘zbekistonda suyakli baliqlarning 77 ta turi uchraydi.
Quyida 0 ‘zbekiston suv havzalarida keng tarqalgan va ama liy hamda ilmiy ahamiyatga ega boigan suyakli baliqlar sinfi vakillarining sistematik holati aniqlagichlar asosida keltiriladi.
Suyakli baliqlarni aniqlashda quyidagi oichamlardan foy dalanish tavsiya etiladi (42-rasm).
1. Tanasining uzunligi- tumshugining uchidan dum suz-gich qanotining asosigacha boigan masofa.
2. Tanasining umumiy uzunligi — tumshugining uchidan dum suzgich qanotining uchigacha boigan masofa.
3. Boshining uzunligi — tumshugining uchidan jabra
qopqogining keyingi qirrasigacha boigan masofa.
70
4. Tumshug‘ining uzunligi- tumshugining uchidan ko‘zining oldingi qirrasigacha boigan masofa.
5. Orqa va anal suzgich qanotlarining uzunligi - shu qanotlarining oldinggi va oxirgi qirralari o'rtasidagi masofa.
6. Ko'krak va qorin suzgich qanotlarininguzunligi —qanotlarining asosidan uchigacha boigan masofa.
7. Dum bandining uzunligi - anal suzgich qanotining asosidan dum suzgich qanotining asosigacha boigan masofa.
8. Antidorsal masofa - tumshugining uchidan orqa suz gich qanotining birinchi shuiasigacha boigan masofa.
9. Postdorsal masofa - orqa suzgich qanotining keyingi
asosidan dum suzgich qanotining asosigacha boigan masofa (vertikal chiziq bo'ylab).
10. Tanasining eng baland qismi - orqasining eng ba land nuqtasidan qornining eng past nuqtasi orasidagi masofa.
11. Boshining balandligi - boshining tanaga qo'shilgan joyi.
12. Orqa va anal suzgich qanotlarining balandligi - eng uzun shuialarijiing uzunligi bilan o'lchanadi.
13. Ko'z orqasidagi bo'shliq — ko'zning keyingi qirrasi dan jabra qopqog'ining keyingi qirrasigacha oichanadi.
14. Boshining yo'g'onligi (qalinligi) — boshining eng keng qirralari orasidagi masofa.
15. Ko'zlar orasidagi masofa yoki peshonakengligi — ko'zlaming ichki qirralari orasidagi masofa.
1-orqa suzgich qanoti, 2-yumshoq y o g ii suzgich qanoti, 3-dum suzgich qano ti, 4-anal suzgich qanoti, 5-qorin suzgich qanoti, 6-ko‘krak suzgich qanoti, 7-yon chizig‘i, 8-tanasining uzunligi, 9-tanasining eng baland qismi.
O'zbekiston suv havzalarida tarqalgan ayrim baliqlarvakillarinianiqlashjadvali 1 (2) Dum suzgich qanoti geterotserkal tipda. Tumshug‘i
rostrum bilan tugaydi. Tanasining ustki qismi “juchka” deb ataladigan besh qator yulduzsimon tangachalar bilan qoplan gan.