Umurtqalilar


27-rasm. Zog'ora baliqning tashqi tuzilishi: 1-jabra qop qog‘i, 2-bunin teshigi, 3-yon chizig‘i, 4 -ko‘krak suzgich qanoti, 5-



Download 15,32 Mb.
bet26/155
Sana18.02.2022
Hajmi15,32 Mb.
#453096
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

3 7

27-rasm. Zog'ora baliqning tashqi tuzilishi:


1-jabra qop qog‘i, 2-bunin teshigi, 3-yon chizig‘i, 4 -ko‘krak suzgich qanoti, 5-


qorin suzgich qanoti, 6-anaI teshigi, 7-orqa suzgich qanoti, 8-anal suzgich qanoti, 9-dum suzgich qanoti, 10-og‘iz teshigi.


Bu organ tangachalami teshib o‘tgan qator qora teshik- lardan hosil bo‘lgan. Teshiklaming oxirgi uchi nerv uchlari bilan yon chizig'i joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yon chizig'i suv sharoitidagi o'zgarishlarni qabul qiladi. Zog'ora baliqning dum suzgichi boshqa suyakli baliqlarniki singari gomotserkal tipda, ya’ni sirtdan simmetrik, ichki tomondan esa asimmetrikdir. Og'zi boshining uchki qismida joylashgan bo'lib, suyak jag'lar bilan o'ralgan. Yumaloq ko'zlarida qovoq­ lar yo'q. Boshining ustki tomonida, ko'zining oldida bir juft burun teshigi bor, ulardan har qaysisi ko'ndalang teri ko'prikcha (to'siq) bilan oldingi va keyingi qismga bo'linadi. Zog'ora baliqning burun teshiklari og'iz bo'shlig'iga ochilmaydi (bu­ run teshigiga nina tiqib sinab ko'ring).

Baliqni yorib ichki tuzilishini o‘rganish


Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning qornini tepaga qilgan holda chap qo'lga olib, qaychi bilan qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko'ndalangiga kichik kesik hosil qiling.
Qaychining o'tmas (to'mtoq) uchini kesilgan teshikka kir- gizib, qorin tomonining o'rtasidan og'izgacha kesing (bunda ichki organlarga zarar yetkazmaslik kerak).
Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog'onasiga (ichki bo'shliqning ustki devoriga) qadar ko'ndalangiga kesing. Kesikdan hosil bo'lgan tana devorini ko'tarib, umurtqa pog'onasi bo'ylab bosh tomonga qarab ke- sikni jabra qopqog'igacha davom ettiring va hosil bo'lgan par- chani tanadan ajratib oling.
Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyak­ lari hamda terisining tuzilishini o'rganing. Qopqoq ostidagi jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va Petri


shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog'oz qo‘yib, jabra ravoqlari tuzilishini o‘rganing. Baliqning og‘ziga cho'p tiqib, cho‘pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil qiling. Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va dumidan nina bilan sanchib baliqni idish tubiga yopishtiring.
So‘ngra idishga yorilgan baliqni ko‘madigan miqdorda suv quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ulami ko‘zdan kechirishni osonlashtiradi). Yorilgan baliq yuragini ajratib olib, Petri shisha idishdagi suvga solib ko'rib chiqing. Yurakning och qizg‘ish qorinchasi va to‘q qizg‘ish yurak old bo'lmachasini toping. Barmogingizni tekkizib, yurak qorinchasi devorining yurak old boimachasi devoriga nisbatan zichroq va qalinroq ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini o'rganish uchun uni og'iz bo'shlig'i, halqumi, qizilo'ngachi, oshqozon va ichak boiimlari, jigari, o't pufagi va oshqozon osti bezlarini topib, sinchiklab ko'rib chiqing. Suzgich pu- fagini chiqarib olib, uning shakli va tuzilishini o'rganing.
Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan chiqadigan nervlami toping. Baliq bosh miyasini ochib ko'rish uchun boshni chap qoiga olib, bosh suyagining tepasini en- sadan ko'zga qarab, to bosh skeleti bo'shlig'i ochilguncha oikir skalpel bilan tarashlang. Bosh skeleti bo'shlig'i och kulrang ko‘pik (moy tomchilari) bilan toigan boiadi. Uni pipetkadan suv tomizib yuving. So'ngra pinset bilan ko'z ol- didagi va ular o'rtasidagi suyaklami olib tashlang. Hosil boigan preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko'rib chiqing. Tayyor preparatdan ham foydalanib, baliqning bosh miya boiimlari bilan tanishib chiqsangiz boiadi.
Bu ishlar bajarib boiingach, ichki organlar tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib chiqing (28-rasm).



Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish