78-rasm. Qoquvchi patning tuzilish sxemasi:
1-pat o'qi, 2-pat yelpig'ichi, 3-pat tanasi, 4-birinchi tartibdagi tolachalar, 5- ikkinchi tartibdagi tolachalar, 6-ilmoqchalar.
Pat tanasining ichki qismi g‘ovak o‘zak ЬДап to‘lgan bo‘lsa, qalam uchining bo‘shlig‘ida bir-biriga kirib turgan nozik shox qalpoqchalar bor. Bu qalpoqchalar o'sayotgan yosh patni qon bilan ta’minlagan o'lik pat so‘rg‘ichlaridir. Pat yelpig‘ichining har biri talaygina uzunchoq uch qirrali plastinkalar —birinchi tartibdagi tolachalardan hosil bo'lgan. Bu tolachalarga undan ham mayda ikkinchi tartibdagi tolachalar o‘mashgan. Har qaysi ikkinchi tartibdagi tolacha uchida mikroskopik ilmoq- chalar bo'ladi. Bu ilmoqchalar ikkinchi tartibdagi boshqa tol achalar ilmog‘iga ilashib oladi. Yelpig‘ichlari bo'lgan katta yirik patlami kontur patlar deyilib, voyaga yetgan qush gavda shaklini shu kontur patlar belgilaydi. Ulardan ayrim guruhlari maxsus nomlangan, masalan: dum usti patlari, quloq qoplag'ich patlari, qanot usti qoplag'ich patlari. Qanot chetidan chiqqan katta patlar qoquv patlari deb ataladi. Qoquv patlari uch
turli bo'ladi: panjalarda bo‘ladigan birinchi tartibdagi qo quv patlari yoki katta qoquv patlari va bilakka birikadi gan ikkinchi tar-tibdagi qoquv patlari yoki kichik qo quv patlari hamda yelka suyagiga birikkan uchinchi tartib dagi qoquv patlari (79- rasm).
79-rasm. Qanot skeletida qoquv patlarining joylanishi:
1-birinchi tartibdagi qoquv patlari, 2-ikkinchi tartibdagi qoquv patlari, 3- uchinchi tartibdagi qoquv patlari, 4-qanotcha.
Tuzilishi tipik qoquvpatnikiga o‘xshash va murtak holicha saqlangan birinchi barmoqdagi to‘p-to‘p patlar qanotcha deb ataladi. Uchish vaqtida ma’lum darajada rullik vazifasini bajar adigan katta dum patlari yo‘naltiruvchi patlar yoki rul pat- laridir.
Pat kaptar gavdasini boshidan oxirigacha qoplab ohnasdan, balki terining ma’lum qismlari - pteriliylardagina bo'ladi, shu qismlar orasida patsiz joylar — apteriylar ham bor (80-rasm).
Kichkina va yumaloq boshining uchidagi tumshuq asosan suyakdan tashkil topgan bo'lib, uning ustini shoxsimon mod- dali qin qoplab olgan. Qushlarning tumshug'i oziqlanish xa- rakteriga qarab turli- tuman shaklda tuzilgan bo'ladi. Tumshug'i ustki va ostki tumshuqdan iborat. Ustki tumshug'ining asosida burun teshiklari bor. Kaptar, to'tiqushlar va kunduzgi yirtqich qushlarning tumshuqusti asosidagi voskovitsa sezuvchi tana- chalarga boy, bo'rtib chiqqan yumshoq teri bilan qoplangan.
Katta ko'zlari boshining ikki yoniga o'rnashgan bo'lib, ustki va pastki qovoqlar hamda ko'zining oldingi burchagida pirpi- ratuvchi yumgich pardasi bor. Ko'zlarining orqasida va bir oz pastroqda shakli o'zgargan kontur patlar bilan qoplangan tash qi quloq kanalining teshigi joylashgan bo'lib, u quloqning nog'ora pardasiga borib taqaladi. Nog'ora parda orqali ajralib turgan o‘rta quloq yoki nog'ora bo'shlig'i og'iz bo'shlig'i bilan ingichka yevstaxiev nayi orqali qo'shiladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun nog'ora pardani nina bilan teshib, undan qil o'tkazilsa, uning uchi og'iz bo'shlig'idan chiqadi. Og'iz burchaklarini qaychi bilan kesib, tumshuqni yon to- monlarga qayirib qo'ying va og'iz bo'shlig'ining tuzilishi bi lan tanishib chiqing. Og'iz bo'shlig'ida uchi ingichka til joy lashgan bo'lib, uning orqa qismi ovqatni yutishga yordam beruvchi o'simta popukchalar bilan qoplangan. Tilning tubi- da atrofi uchta tog'ay bilan o'ralgan hiqildoq joylashgan. H iq ildo qda n keyin halqum joylashgan b o 'lib , undan qizilo'ngach boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |